61-var 1-savol. Tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari.Tuproqning suvga bo’lgan talabini ifodalovchi xususiyatlarining barchasi tuproqning suv xossalarini tashkil etadi. Tuproqning asosiy suv xossalari-nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’tarish kobiliyati (kapillyarligi), tuproqning suv bug’latish xususiyati va boshqalardir. Tuproqning nam sig’imi. Tuproqning malum miqdorda o’ziga suv singdirish va ushlab turish qobiliyati uning nam sig’imi deyiladi. Tuproqning nam sig’imi maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va to’lik nam sig’imlariga bo’linadi. Maksimal gigroskopik nam sig’imi deyilganda - tuproq zarrachalari molekulalarining tortish kuchi natijasida uning sirtida ushlanib turgan suv miqdori tushuniladi. Kapillyar nam sig’imi. Tuproqning kapillyar kovaklarida ushlanib turgan suv miqdori tushiniladi. Kapillyar nam sig’imi kapillyar g’ovaklar hajmiga va kapillyarlarga namlikni kelib turishiga bog’liq bo’ladi. To’liq nam sig’imi. Tuproqning kapillyar va nokapillyar kovaklari va hamma bushliqlari tamomila suv bilan tuyingan holdagi namlikka aytiladi. To’liq nam sig’imi tuproqning maksimal suv sig’imini ifodalaydi va kuchli yog’inda yoki yer meyoridan ortiq bostirib sug’orilganda, suvning biror tomonga sizib ketishi qiyinlashganda yoki umuman suv chetga chiqib ketmaganda vujudga keladi. Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati. Kapillyar kuchlar tasirida tuproqning suvni yuqoriga qarab ko’tarish xossasidir. Suv o’tkazuvchanlik va suv ko’tarish tezligi sm/sek, sm/min va sm/soat, mm/soatlarda ifodalanadi. Tuproqdagi kovakliklarning o’lchami 8 mm atrofida bo’lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7, qumlik tuproqlarda 2,5-3,0 m, og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi.
61-VAR-2-savol. Dehqonchilikning ekstensiv tizimi. Ekstensiv dehqonchilik siymosida haydaladigan yerlarning hammasiga yoki kup qismiga go’ng solinadi, begona o’tlardan tozalanadi va yumshatiladi. Bunga dehqonchilikning shudgor tizimi kiradi. Tuproq unumdorligi inson tomonidan boshqariladigan tabiiy omillar hisobiga tiklanadi. Doimiy ravishda yumshoq holda saqlanadigan dalalarda oziq moddalar va nam to’planadi. Dehqonchilikning shudgor tizimi lalmikor rayonlarda muhim ahamiyatga ega. Dehqonchilikning shudgorli tizimida tashlab qo’yilgan partov yerga ishlov berib begona o’tlar yo’qotiladi. Natijada, bir yildan so’ng yana ekin ekish imkoniyati tug’iladi. Dastlabki davrda ikki dalali shudgor-don almashlab ekish qo’llanilgan. Yani, yerga bir yil toza shudgor sifatida ishlov berilgan, ikkinchi yili donli ekinlar ekilgan. Keyinchalik bu tizimi ikki daladan uch dalaliga aylantiriladi. Bunda har dalaga ikki yil g’alla (birinchi yili kuzgi, ikkinchi yili esa bahorgi g’alla) ekinlari ekilib, uchinchi yili esa ekilmay shudgorga qoldirilar edi. Dehqonchilikning ko’p dalali o’t tizimida yerlarning yarmidan ko’pi tabiiy yaylov va ko’p yillik o’tlar bilan band bo’lgan. Qolgan qismiga don ekilgan. Yani qo’yidagicha o’xshash bo’lgan: 1-6 dala ko’p yillik o’tlar, 7 –dala zig’ir, 8-dala toza shudgor, 9-dala javdar, 10-dala bahorgi ekinlar, 11-dala toza shudgor, 12-dala javdar, 13-dala bahorgi ekinlar, 14-dala toza shudgor va 15-dala javdar. Bu tizim XX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida yog’in sochin ko’p bo’ladigan Yevropa mamlakatlarida, qisman Boltiq bo’yi, Ukraina va Belarussiya respublikalarida qo’llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |