19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-VAR-2-savol. Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi


Download 143.49 Kb.
bet10/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Bog'liq
шахига

62-VAR-2-savol. Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi. Dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, egat olish, motigalash kabi agrotexnika tadbirlari ko’p qo’llaniladi. Bunday yer asosan 3-15 sm chuqurlikda ag’darib yoki ag’darmay yuza yumshatiladi. Tuproq yuzasini yumshatish, mayda kesakchali donalar hosil bo’lishi, yerni begona o’tlardan tozalash, tekislashda bu tadbirlarning ahamiyati katta. Bunda, ekin sifatli eqilishiga, ko’chatlar to’liq bo’lishiga, o’simliklar yaxshi o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Boronalash. Yerni yuza yumshatish, tuproqni mayin qilish hamda haydalma qatlam havosi almashinishini yaxshilash uchun yer boronalanadi. Borona-yerni ekin ekishdan oldin ishlashda almashtirib bo’lmaydigan quroldir. Boronada qatqaloq yumshatiladi, ekilgan ekinlar urug’i va solingan mineral o’g’itlar tuproqqa aralashtiriladi-ko’miladi va qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladigan yerlar yumshatiladi va xokazo ishlar bajariladi. Bundan tashqari, yer boronalanganda yuzasi tekislanadi, begona o’tlar yo’qotiladi va bug’lanish kamayib, nam yaxshi saqlanadi. Boronalar uch turga bo’linadi: Og’ir borona- bitta tishiga 1,6-2,0 kg og’irlik tushib, yerni 7-10 sm chuqurlikda yumshatadi. O’rtacha borona- bitta tishiga 1,1-1,5 kg og’irlik tushib yerni 4-6 sm chuqurlikda yumshatadi.Yengil borona- bitta tishiga 0,6-1,0 kg og’irlik tushib, yerni 2-4 sm chuqurlikda yumshatadi. Mayda urug’larni va o’g’itlarni tuproqqa aralashtirishda hamda yoppasiga ekilgan (arpa, bug’doy va boshqa) ekinlar qalinligini siyraklatishda boronalashni soatiga 5-6 km tezlikda amalga oshirish kerak.

62-VAR- 3-savol. Sug’orish usullari va texnikasi. Sug‘orish usullariga qo‘yiladigan talablar: - Butun sug‘oriladigan dala bo‘yicha suvni bir tekisda taqsimlash va o‘simliklar ildizi tarqalgan faol qatlamni zarur miqdorda namlash. -Berilgan suv tuproqni zichlamasligi, qatqaloq vujudga kelmasligi, o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga hamda mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qilmasligi kerak. - Suvni tuproqning tub qatlamlariga shimilib ketishiga, bug‘lanishiga va oqovaga chiqib ketishiga yoi qo‘ymasligi zarur. - Sug‘orishni zarur muddatda o‘tkazish uchun doimo tayyor holda bo‘lishlik. - Sug‘orishning mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga mos bo‘lishligi. - Kam mehnat va mablag‘ talab qiladigan bo‘lishi kerak. Hozirgi paytda sug‘orish uchun to‘rt usuldan keng foydalanilmoqda: 1. Yer ustidan sug‘orish. 2. Yomg‘irlatib sug‘orish. 79 3. Tuproq ostidan sug‘orish. 4. Tomchilatib sug‘orish. Yer ustidan sug‘orishda, suv egatlar va taxtalar (marzalar) orqali o‘simliklarga yetkaziladi. Egatlar orasidagi masofa 60-70 sm dan oshib ketmasligi kerak. Egatlarning chuqurligi 14-20 sm gacha bo‘ladi. Egatlarning uzunligi sug‘orish me’yoriga va sug‘orishning davomiyligiga, tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga bog‘liq Bo’ladi. Bunda yerning nishabligi bo‘yicha uzunasiga kengligi 7,2- 8,4 m (ekish seyalkasini ikki marta yurish kengligi) bo‘lgan marzalar (uvatlar) olinadi, marzalarning balandligi 25-35 sm, marzalar oralig‘iga 3-4 sm dan 10-12 sm gacha suv beriladi.
3-var.1-savol. Tuproq unumdorligi va uning turlari.
Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog’liqdir.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling