19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var-3-savol. Yer yuzasi (tuproq usti)dan sug’orish


Download 143.49 Kb.
bet7/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
шахига

64-var-3-savol. Yer yuzasi (tuproq usti)dan sug’orish. Qishloq xo‘jalik ekinlarini egatlab sug‘orishda, sug‘orish sifati egatga beriladigan suvning miqdori, egat uzunligi, egat chuqurligi, egatning kengligi, dalaning nishablik darajasi va suvchining mahoratdan kelib chiqib aniqlanadi. Egatlab sug‘orishda tuproqning namlanish dinamikasi muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi va namlikning harakati quyidagi rasmda ko‘rsatilganicha kechadi Dehqonchilik amaliyotida tuproq sathidan sug‘orish usuli (egatlab, pol olib, bostirib) juda keng tarqalgan bo‘lib, muhim 94 ahamiyatga egadir. Sug‘oriladigan dalaning o‘lchami sug‘orish tizimining joylashishi va dalaning tekisligiga bog‘liq bo‘ladi. Joyning nishabligiga ko‘ra, muvaqqat sug‘orish tarmoqlari ko‘ndalang yoki bo‘ylama chizmalarda joylashtiriladi. Shunga ko‘ra, daladagi o‘q ariqlar, muvaqqat tarmoqlar, ular orasidagi masofalar va suv sarfi har xil bo‘ladi. Egatlab sug‘orish texnikasi elementlariga egatning uzunligi, egatdagi suvning miqdori, egatni jihozlash, qator orasining kengligi, egat chuqurligi kabi ko‘rsatgichlar kiradi. Sug‘orish texnikasi elementlarining noto‘g‘ri tanlanishi tuproqning ortiqcha nam bilan ta’minlanishini yoki yetarli darajada nam bilan ta’minlanmasligiga, o‘g‘itlarning yuvilib ketishi va oqova sathining ko‘payishiga olib keladi. Shuningdek, suvdan foydalanish koeffitsiyenti va suvchining ish unumdorligi kamayib ketadi. Shu sababdan, sug‘orish texnikasi elementlarini to‘g‘ri tanlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmog‘i zarurEgatga oqizilayotgan suv miqdori tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, nishablik, qator orasi kengligi va egat uzunligiga qarab 0,1 dan to 2,5 m/s ga qadar bo‘ladi. Egatlarga suv oqizish uchun o‘q ariq yoki muvaqqat ariqdagi suv sathi sug‘oriladigan dala yuzasidan 5–10 sm baland bo‘lishi kerak. Egatlarga suv tarash qog‘oz, egiluvchan shlanglar, chim, sifon-naylar yordamiga amalga oshiriladi

6


63-var.1-savol. Tuproq unumdorligi va uning turlari.Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog’liqdirO‘simlik o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan, zararli organizmlardan tozalangan tuproq madaniylashgan tuproq deyiladi. Tuproq biologik, kimyoviy va fizikaviy usullarda madaniylashtiriladi. 14 Biologik usul – bunda tuproqdagi organik moddalarning sintezlanishi va chirishini boshqarish, serhosil, navdor, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy sharoitga moslashgan ekin navlarini ekish, almashlab ekishni joriy etish, bakterial o‘g‘itlarni qo‘llash kabi tadbirlar amaiga oshirilishi lozim. Kimyoviy usul – bunda tuproqlarga har xil mineral, o‘g‘itlar solinadi, ohak, gips va boshqa moddalar qo‘llanilib, tuproqda o‘simlik oson o‘zlashtiradigan holatdagi moddalar miqdori ko‘paytiriladi. Fizikaviy usul – bunda yerga fizik-mexanik ta’sir etiladi, ya’ni yerga har xil ishlovlar beriladi, tuproqning tuzilmali bo‘lishi va uning havo, issiqlik, suv va boshqa omillarini boshqarishda o‘tkaziladigan tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi. Tuproq unumdorligi va madaniylik darajasi undagi chirindi, mikroorganizmlar miqdori, tuproq muhiti, donadorligi, tuzilishi, haydalma qatlam qalinligi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi. 1.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling