19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
- VARIANT- 1. ALMASHLAB EKISHNI tuproq unumdorligiga ta'siri-
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-var.2. BEGONA ÒTLARNING tarqalishi va kòpayish yòllari
18- VARIANT- 1. ALMASHLAB EKISHNI tuproq unumdorligiga ta'siri-Almashlab ekishda o’tmishdosh ekin muhim ahamiyatga ega. O’tmishdosh ekin deb, muayyan dalada oldingi yillarda ekilgan ekin turlariga aytiladi.Sug’oriladigan yerlarda barcha ekinlar uchun beda eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Beda o’simligi katta agrotexnik va xo’jalik ahamiyatiga ega. 1.Tuproqning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, donador holatga aylantiradi, chunki uning ildiz tizimi kuchli rivojlangan.2.Serbargliligi, tuproq yuzasini Quyosh qizdirishidan saqlab, butun o’suv davrida tuproq yuzasiga tuzlarning ko’tarilishini to’xtatadi, bu jihatdan meliorativ tadbirni o’tkazdi. 3.Yer osti suvlari sathining pasayishiga olib keladi, chunki bu o’simlik massasi orqali gektariga 12-15 ming m3 suv bug’lantiradi, biologik drenaj rolini uynaydi, zaharli tuzlar kamayadi.4.Ildizda tugunak bakteriyalar rivojlanib azot to’plasa, ildiz qoldig’ida ham 2-2,5% gacha azot to’playdi. Ikkalasi hisobiga har gektarida 500-600 kggacha azot to’plashi mumkin. 5.Bedapoyada gumus miqdori ko’payadi, 3-yillik bedapoyaning 20-25 sm da 8-15 t/gacha gumus ko’payadi. Bu hisobda tuproqning barcha xossalari, ayniqsa suv balansi yaxshilanadi.6.Beda ildizi chirishi bilan tuproqda harakatchan fofor miqdori oshadi.7.Beda vilt va boshqa kasalliklarni kamaytiradi.8.Beda mineral o’g’itlarning samaradorligini oshiradi.9.Beda yuqori mahsuldorli yem-xashak ekinidir. U oqsil va karotinga boydir. G’o’za vilt bilan kasallangan maydonlarda almashlab ekishning bo’laklangan 2:4:1:3, 2:4:1:2, 2:3:1:2 tizimlari tavsiya etildi (birinchi raqam-beda, ikkinchi raqam- g’o’za, uchinchi raqam-don yoki yem-xashak ekinlari, to’rtinchi raqam- g’o’za). Bedani birinchi yili don ekinlari, makkajo’xori, bilan aralashtirib ekish tavsiya etiladi.
Meliorativ jihatdan noqulay bo’lgan yerlarda 1:3:4; 1:3:5; shamol eroziyasi yoki qumli tuproqlarda 3:3; 3:4; 3:3:1 tizimlari qo’llanilgani maqul. 18-var.2. BEGONA ÒTLARNING tarqalishi va kòpayish yòllari- Begona o’tlarning ko’payishi va tarqalishi. Begona o’tlarga qarshi kurashda avvalo ularning ko’payishi, tarqalishi, yani dalalarni ifloslantiruvchi manbalarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar asosan urug’lari bilan ko’payadi. Ko’p yillik begona (g’umay, ajiriq, qamish, salomalaykum, qo’ypechak, yantoq, kakra kabi) o’tlar urug’lari va vegetativ organlari poya bulaklari, bachki ildizi va ildiz poyalaridan ham ko’payadi. Begona o’tlarning urug’lari shamol, suv, go’ng, hayvonlar, qushlar va urug’lik bilan tarqaladi. Qamish, ilon o’t, oq bosh, bo’z tikan, qushqo’nmas va boshqalarning urug’lari asosan shamol yordamida tarqaladi, chunki ularning urug’larida turli moslamalar (zontiksimon, parashyutsimon uchmalar, qanotchalar va boshqalar) bor. Ular shu moslamalari yordamida havoga bemalol ko’tariladi va havo oqimi, shamolning yo’nalishi bo’yicha uchib yuradi.Shuvoq, quytikan, sho’ra kabi begona o’tlar o’suv davrining oxirida kuzda yumaloq shar shakliga kiradi va ildiz bug’zidan uziladi, natijada, ular shamol yordamida keng dalalar buylab yumalab yurib yo’l-yo’lakay urug’ini to’kib ketadi.A.Juraqulov (1987) malumotlariga ko’ra, begona o’tlar shamol yordamida eng ko’p oktyabr va noyabr oyilarida tarqalishi kuzatilgan. Ajiriq, g’umay qamish kabi begona o’tlarning ildizpoyalarining qishloq xo’jalik mashinalarining ishchi organlariga ilashib tarqalishi ham mumkin. Ana shu o’tlar bor joylarda diskli boronalarda boronalash ildiz poyalarini mayda bo’laklarga bo’linishi va bir qancha, yangi o’simliklar paydo bo’lishiga olib keladi. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling