19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var.3. ĞÒZANI suģorish rejimi-G'O'ZANI SUĢORISG REJIMI-


Download 143.49 Kb.
bet4/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
шахига

18-var.3. ĞÒZANI suģorish rejimi-G'O'ZANI SUĢORISG REJIMI-G’o’zani sug’orish rejimini iqlim, tuproq, gidrogeologik, tashkiliy-xo’jalik sharoitlar, o’simlikning biologik xususiyatlari kabi omillar belgilaydi. G’o’zani sug’orish uning suvga bo’lgan munosabatiga ko’ra o’sib rivojlanish davrlariga muvofiq amalga oshiriladi. G’o’zani gullash fazasigacha bo’lgan davrda o’simlikda 8–10 tagacha hosil shoxlari va ildiz tizimi shakllanadi. Bu jarayonni mo’tadil kechishi uning sug’orish rejimini qay darajada to’g’ri belgilanishi va ta’minlanishiga bog’liq: o’tkaziladigan sug’orishlar g’o’zani jadal o’sib ketishiga sabab bo’lmasligi, gullash fazasini o’z vaqtida boshlanishi hamda o’simlik tupining quyi yaruslaridagi hosil tugunlari va ko’saklarni deyarli to’liq saqlanishini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. G’o’zani juda erta va katta me’yorlarda sug’orish tuproq haroratini pasayishiga sabab bo’ladi, tuproq ortiqcha zichlashib ketadi, uning havo va oziq rejimlari yomonlashadi, tuproqda kechuvchi mikrobiologik jarayonlar susayadi. Sug’orish o’z muddatidan kechiktirilib o’tkazilsa hosil tugunlari ko’plab to’kilib ketadi, o’simlikning yer ustki organlarini o’sishi sekinlashadi, natijada ko’saklar kech shakllanadi va hosil kechki bo’lib qoladi. Shimoliy iqlim mintaqasidagi sizot suvlari chuqurda yotgan yerlarda g’o’za gullashgacha bir marta, markaziy mintaqada ikki va janubiy mintaqada 2–3 marta sug’oriladi. Sizot suvlari 1–2 m chuqurlikda yotgan o’tloqi tuproqlarda bir marta sug’orish kifoya qilsa, 1 mgacha chuqurlikda joylashgan tuproqlarda esa ekin sug’orilmaydi yoki gullashga yaqin bir marotaba sug’oriladi. Sizot suvlari
2 m gacha chuqurlikda yotgan bo’z-o’tloqi tuproqlarda g’o’za yengil qumoq tuproqlarda 600–700 va og’ir qumoq tuproqlarda 800–900 m3/ga me’yorda 1 marta sug’orilishi kerak.



14-varIANT-1.TUZLARNI O'SIMLIKLARGA TA'SIRI -Tuzlarning o’simliklarga ta’siri turlicha bo’ladi. Tuzlar o’simliklarning bioximik, fiziologik funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintiz jarayonlarini buzadi.Tuz ta’sirida o’simliklarda fotosintiz kamayadi va buning natijasida quruq modda to’planishi susayadi. Shuning uchun ham sho’r tuproqlarda yetishtiriladigan ekinlarning bo’yi kalta, bargi va shohlari kichik bo’lib qoladi.O’simliklarda fotosintez jarayonining kamayishi tuproqdagi tuzlarning tarkibiga bog’liq.Sulfat-xlorid tuzlari bilan sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfat bilan sho’rlangan tuproqlarga nisbatan quruq modda kam to’planadi va bunda o’simliklarning rivojlanishi ancha orqada qoladi. Tuzlar o’simliklarning hujayralariga ham ta’sir qiladi.Masalan, xlorli tuzlar bilan sho’rlangan yerlarda o’simliklarda galossukkulentlik alomati rivojlanadi, ya’ni o’simlik xujayrasi kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, ular ancha yo’g’onlashadi, o’simliklarni suv so’rishi va ajratishi susayadi.Sulfatli tuzlar bilan sho’rlangan tuproqlarda o’simliklarda kseromorfizm alomatlari ko’zga tashlanadi (https://fayllar.org/ishni-taqsimlash-14-13-12-11.html), ya’ni o’simlik xujayralari kichiklashadi (https://fayllar.org/1-undan-qancha-olsangiz-kattalashadi-qancha-qoshsangiz-kichikl.html), barg tomirlari ko’payadi, natijada transpiratsiya intensivligi ortadi.Tuzlar o’simlikning suv rejimini ham buzadi (https://fayllar.org/daryolar-suv-rejimining-elementlari.html), tuproqning sho’rlanganlik darajasi ortishi bilan uning suv sarflash qobiliyati kamayib boradi. Masalan, vegetatsiya davomida kuchsiz sho’rlangan yerlarda bir tup go’za 156,1 kg suv sarflagan bo’lsa, kuchli sho’rlash yerdagi go’za 92,35 kg suv sarflagan.
Tuproqda sho’rlanish darajsi ortishi bilan urug’larning nam tortishi kuchi juda sekinlashadi (https://fayllar.org/uy-qanday-qilish-kerak.html), shuning uchun ham sho’r yerlarda urug’larning unib chiqishi qiyinlashadi.

Tuzlar ta’sirida o’simlik hayotida mineral oziqlanish jarayoni buziladi. Ya’ni o’simlikning tanasida Ca, K, oltingugurt kamayib ularni o’rnini xlor, natriy, magniy egallab oladi, natijada o’simlik zaharlanadi.


Kuchli sho’rlangan yerlarda o’simlik organlarida xlor 2-3 marta, Na-5-10 marta oshib ketadi. Natijada o’simliklarning o’sishi sekinlashib (https://fayllar.org/ii-bob-sekretsiya-bezlari.html), bargi so’liydi, bujmayib qoladi (https://fayllar.org/1-amaliy-mashgulot-mavzu-qishloq-xojalik-hayvonlarini-eksterer-v2.html), rangi sarg’ayadi, tuz dog’lari paydo bo’ladi va to’kiladi. Tuzlarning zaharli ta’siri natijasida ekinlar yaxshi unib chiqmaydi (https://fayllar.org/3-mavzu-tuproqning-suv-va-havo-rejimlari-hamda-ularni-boshqari.html), sekin o’sadi va rivojlanadi (https://fayllar.org/test-botanika-saidaxmatov-alisher.html), pishishi kechikadi (https://fayllar.org/yechilishi.html), sifati buziladi. Buni paxta misolida ko’rishimiz mumkin.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling