19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
-var.2.Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha.-
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20- VARIANT-1.Tuproqning havo rejimini boshqarish usullari.
21-var.2.Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha.-Dehqonchilik tizimi xo’jalikni boshqarish tizimining tarkibiy va ajralmas qismi bo’lib, u doimiy bo’lmaydi. Binobarin, kishilik jamiyatining rivojlanishi asosida tuzumlarning o’zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan u ham o’zgaradi, yani dehqonchilik tizimining kelib chiqishi va rivojlanishi jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyet qilishiga va ishlab chiqarish munosobatlariga bog’liq.Qishlok xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy hamda agromeliorativ tadbirlar majmuasiga dehqonchilik tizimi deyiladi.Qishlok xo’jalik ishlab chiqarishi halq xo’jaligining boshqa sohalariga qaraganda tabiiy va iqtisodiy sharoitga qat’iy bog’liq, chunki respublikamiz xududi keng va sharoiti ham xilma-xildir. Shuning uchun dehqonchilikni respublikamizning hamma yeri uchun bir xilda yaroqli bo’lgan qandaydir yagona tizim asosida rivojlantirish mumkin emas. Bunday yagona tizim yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko’ra uch turga: ibtidoiy, ekstensiv va intensivga bo’linadi. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga quruq va bo’z yer tizimi, partov yer tizimi; ekstensiv tizimiga esa shudgorlash tizimi kiradi. Intensiv tizimiga fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga asoslangan tuproq unumdorligini oshirishni va ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishni taminlaydigan hozirgi tizimilar kiradi. Osiyo sharoitida sug’orish, nam to’plash va namlikni saqlashga qaratilgan yerga ishlov berish tizimi va boshqalar eng asosiy omil hisoblanadi. Tuprog’i unchalik unumdor bo’lmagan, namlik yetarli bo’lgan rayonlarda hamda sug’oriladigan dehqonchilikda, ayniqsa, mineral o’g’itlar qo’llashda, ortiqcha kislotali va ishqorli tuproqlarda esa kimyoviy mileorasiya, ortiqcha nam saqlanadigan sharoitda zaxni qochirish va quritish tadbirlarining ahamiyati katta.
20- VARIANT-1.Tuproqning havo rejimini boshqarish usullari.- Ekinlardan yuqori hosil olishda tuproqda qulay havo rejimini yaratish eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Buning uchun yerni chuqur va sifatli shudgorlash, chizellash, boronalash, kultivasiyalash kabi agrotexnika tadbirlaridan keng foydalanish mumkin. Yerni chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning haydalma qatlami tuzilishini tubdan o’zgartiradi, umumiy va nokapillyar kovaklikni oshirib, kapillyar g’ovakligini kamaytiradi. Yerning haydalma qatlami qancha qalin va madaniylashgan bo’lsa tuproqning havo rejimi uchun shuncha qulay sharoit vujudga keladi.Ekinlarni egatlab, tuproq ostidan sug’orishning yomg’irlatib yoki bostirib sug’orishga nisbatan, tuproqning havo rejimiga tasiri kamroq bo’ladi. Almashlab ekish dalalarida ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish ham yerni organik moddalar bilan boyitish, dalalarga vaqti-vaqtida qator oralari ishlanadigan ko’p yillik dukkakdosh ekinlar ekish, ulardan ko’kat o’g’it sifatida foydalanish tuproq havo rejimini yaxshilashda asosiy omillardan hisoblanadi. O’simliklar ildizi nafas olganda ajralib chiqadigan SO2 bir qancha mineral moddalarning eruvchanligini oshiradi. Bu esa o’simliklarning yaxshi oziqlanishiga yordam beradi. Tuproq havosida karbonat angidrid ko’paysa, undagi fiziologik jarayon aktivligi sustlashadi, o’simliklar ildizining nafas olishi qiyinlashadi, urug’larning unishi sekinlashadi, mikrobiologik faoliyat to’xtaydi. Tuproq havo rejimining uning strukturasiga, namligiga, ishlov berilishiga va suv rejimiga bog’liqligi. Tuproqdagi havo miqdori uning umumiy g’ovakligiga va tuproqdagi oraliq hamda bo’shliqlarni suv bilan qay darajada to’lganligiga bog’liq. Tuproqning havo o’tkazish qobiliyati uning havo o’tkazuvchanligi deyiladi. Tuproqning havo o’tkazuvchanligi uning mexanik tarkibiga va donadorligiga bog’liq. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling