19-variant 1-topshiriq quyidagi savollarni to’liq yoriting


“Qonun”, “qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmun-mohiyati


Download 25.68 Kb.
bet2/5
Sana29.03.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1306234
1   2   3   4   5
Bog'liq
115963 answer Yuldasheva 19-variant (1)

2. “Qonun”, “qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmun-mohiyati.
Ta‘lim qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir.
Qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu xodisalar va jarayonlar o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv jarayonining harakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o’qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz.
Ta`lim tamoillari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
Ta`lim tamoyillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.
O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
3.Ta’limning umumiy va xususiy qonuniyatlari.
So’ngi yillarda davriy nashrlarda va ilmiy jurnallarda tadqiqot mavzusiga doir bir qator maqolalar xam chop etilgan bo’lib, ularda didaktik prinsiplarning ayrim jixatlari yoritib berilgan. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
-Didaktik qonuniyatlar.
-Gnoseologik qonuniyatlar.
-Psixologik qonuniyatlar.
-Kibernetik qonuniyatlar.
-Sotsiologik qonuniyatlar.
-Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, , muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi (1-ilovaga qarang). Ushbu mutafakkirlarimizning quyidagi tamoyillarni ilgari surganini ko’rishimiz mumkin:
Al-Xorazmiy (757-850 yillar)
-Mustaqillik (ijodiy faollik);
-kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlik, ketma-ketlik;
Al-Kindiy (800-871 yillar)
-o’qitishning ilmiyligi va ongliligi;
-anglash faoliyatini faollashtirish;
-mantiqiy fikrlash;
-k´rgazmalilik;
-tizimlilik, ketma-ketlilik va hokazolar
Al-Forobiy (870-950 yillar)
- amaliy va nazariy bilimlar ning hayot bilan bog’liqligi
- ilmiy bilimning qulayligi (anglashning ilmiy metodi);
- mantiqiylik va ketma-ketlik;
- ilmiylik, ko’rgazmalilik, tizimlilik (kuzatish va tajriba);

Al-Beruniy (973-1050 yillar)
-o’quvchilarni ilmiy ma’lumot bilan qurollantirish;
-ilmiy amaliyot;
-tajriba va kuzatish;
-o’qishning qulayligi (yaqindan uzoqqa, ma’lumdan no’malumga va boshqalar)
Alisher Navoiy (1441-1501 yillar)
-bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;
-onglilik, faollikni rivojlantirish;
-muntazamlilik;
-materialni bayon etishning qulayligi;
-o’qitishni insonparvarlashtirish;
-inson rivojlanishininng ko’p tomonlamalililigi va boshqalar.

Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling