19-variant Loyihaning sifat menejmentining mohiyati. Investitsiya loyihalarini boshqarishning xorij tajribalari. Investitsiya loyihasining texnik, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari


Ishlab chiqarish ish joylarida texnik inspektsiya


Download 41.71 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi41.71 Kb.
#234173
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- oraliq 19-variant

Ishlab chiqarish ish joylarida texnik inspektsiya.

Ish o’tkazish joylarida texnik inspektsiya jami loyihaga oid omil xisoblanadi.

quruvchilar javobgarligi shundaqi, qabul qilingan jixozlarni loyiha sifatiga ta’sir etuvchi defeqt yuqligini aniqlash. quruvchilarning ishi sifat qoniqarsizlikni saqlash oxirgi zinasi (zveno) hisoblanadi. Agarda ish o’tkazish joylarida material yoki jixozlarda defektlar aniqlansa, unda inspektor defektlarni oldini olishi lozim. Yuq qabuli vaqtida ham markerovkasini tekshirishi kerak.

Materiallarni saqlash buyicha qurilish maydonida ishlovchi mutaxassislar javob berishadi.

qurilish guruh tarkibiga malakali inspektorlar kirish kerak. Odatda ular svarka sifatini, sinashni buzilishsiz o’tkazilishini, shuningdek elektrik va aylanuvchan jihozlar o’rnatilishini tekshirishadi.

Ma’lum bo’lishicha, ko’p tomonlama, masalan, tashkiliy-iqtisodiy va loyiha menedjer masalasi bo’yicha talab darajadagi sifat ko’rsatkichini ta’minlaydi, bunday sharoitda loyiha boshqarilishini uslubiga ega bo’lgan holda tartibga solish mumkin.

Kerakli darajadagi sifat ta’minoti masalasi butun loyihani hayotiy davrini tuzadi. Har bir o’zining bosqichida masalani maxsus echimi o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu bo’limning masalasi bo’lib – loyihani bir nechta uslubiyat asosida boshaqarishda qancha uslub defektsiz amalaga oshirilishini aniqlash hisoblanadi.

Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish konsepsiyasi tamoyillari:

sifat - loyihaning ajralmas butun bir elementi;

sifat – ishlab chiqaruvchining emas, iste’molichining gapi;

sifat darajasiga kafolati manzili bo’lishi kerak;

sifat darajasini yuqoriligini yangi texnologiya ta’minlaydi;

sifat darajasini yuqoriligiga faqat ishchilar mehnati orqali erishishi mumkin;

faqat natijasini tekshirishdan ko’ra, jarayonni tekshirish samaralidir;

sifat siyosati korxona siyosatini butun bir ajralmas qismi bo’lib qolishi kerak.


2. Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini asosan kapital eksporti-importini milliy va xalqaro darajada rag’batlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. BXIlarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o’z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog’liq. Shunisi xarakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.

Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:

moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash;

nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish.

Bu borada yirik kapital eksporteri-importeri bo’lmish AQSH tajribasi juda muhimdir. AQSHning BXIlarni tartibga solish siyosati ikki darajada amalga oshiriladi: federal, hamda mahalliy (shtatlar, okruglar, shaharlar). Federal tartibga solish deganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan cheklashlar tushuniladi. Bunda milliy havfsizlik masalasi birinchi o’ringa ko’tariladi. AQSH prezidenti amerika firmalarining qo’shilishi, yutilib ketilishi va sotib olinishi jarayonlarini (agar bunda firma faoliyati ustidan nazorat xorijiy investor qo’liga o’tsa) to’xtatib qo’yish huquqiga ega.

Mahalliy darajada sug’urta biznesi va qishloq xo’jaligi erlarini sotishni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Trestlarga qarshi qonunlarni davlat organlari tomonidan qo’llanilishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda mahalliy ma’muriyatning xorijiy investorlar faoliyatini tartibga solish imkoniyatlari katta emas. Investitsiyalarni rag’batlantirish tajribasi ko’proqdir. AQSHga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim mexanizmlaridan biri–xorijdagi vakolatxonalardir. Ular investitsiyalarni u yoki bu shtatga jalb etilishiga ko’maklashadilar (Yaponiyaning o’zida shunday vakolatxonalardan 40 tasi faoliyat ko’rsatmoqda).

AQSHning alohida shtatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: soliq imtiyozlari; korxonani qurayotgan yoki modernizatsiyalashtirayotgan xorijiy investor uchun bozordagi stavkalardan pastroq darajada qarzlar va subsidiyalar ajratish; kasbga o’qitish va bandlikka ko’maklashish; transport tarmog’ini takomillashtirish; er uchastkasining qurilishi uchun tayyorlash; tekinga foydalanish uchun er uchastkasini ajratish va boshqalar.

Halqaro investitsiyalarni tartibga solish bo’yicha muhim amaliy hujjatlardan biri–Osiyo-Tinch okeani hamkorligi tashkiloti doirasida ishlab chiqilgan xorijiy investitsiyalarning “ko’ngilli kodeksi”dir. Kelajakda Umumjahon savdo tashkiloti (UST) tomonidan foydalanilishi mumkin bo’lgan ushbu “kodeks” da quyidagi investitsion tamoyillar qayd etilgan:

transparentlik;

donor-mamlakatlarga nodiskriminatsion yondashuv;

xorijiy investorlar uchun milliy rejim;

investitsion rag’batlarni sog’liqni saqlash, havfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan mos tushishi;

savdoni va kapital qo’yilmalar o’sishini chegaralovchi investitsiyalarga bo’lgan cheklovlarni minimallashtirish;

investitsiyalarni ekspropriatsiya qilinishidan voz kechish (bunda ijtimoiy maqsadlar uchun va milliy qonunchilik doirasida, nodiskriminatsiya asosida, xalqaro huquq qoidalariga amal qilgan holda va etarli va samarali kompensatsiya to’lanishi sharti bilan ekspropriatsiya amalga oshirilishi mumkin);

ro’yxatdan o’tkazilish va konvertatsiyalashuvning ta’minlanishi;

kapitalni olib chiqishdagi to’siqlarni yo’qotish;

ikki marotaba soliqqa tortishni bekor qilish;

retsipient mamlakatning milliy qonunchiligiga, ma’muriy tartib va qoidalariga xorijiy investorning amal qilishi;

investitsion loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xorijiy mutaxassislarni mamlakatdan chiqishiga va vaqtincha tashrif buyurishiga ruxsat berish;

maslahatlar va muzokara yoki arbitraj yordamida kelishmovchiliklarni bartaraf etish.

Xorijiy investitsiyani o’z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy va tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o’tgan. O’zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi qonunining 11- moddasida shunday yozilgan: Respublika hududida o’z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini O’zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq normalari asosida beriladi. Agar O’zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya sharoitlarini yomonlashtirsa, o’n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul qilingan qonunchilik shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq qonunchilikni o’zgartirmaydi. O’zbekiston Respublikasi davlat organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur etkazadigan huquqiy normativlarni qabul qilgan taqdirda, investorlarga etkazilgan zarar shu organlardan sud orqali undiriladi.

3. Investitsiya oldi fazasi natijasi bo’lib, investitsiya loyihasining kengaytirilgan biznes - rejasi hisoblanadi.

Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’iy nazar uning ajralmas qismidir. Ilg’or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish tashkili va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy – boshqaruv va moliya muammolarini hal qilish biznes rejada aks etishi kerak.



Biznes – reja – bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi.

Biznes – reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa muammolar bo’yicha maslahatlar kerak bo’lsa, bu ishga boshqa soha mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.

Odatda bunday rejalar 1-3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar bo’yicha batafsil, keyingi yili – choraklar bo’yicha, keyinchalik yil bo’yicha hisoblanadi.




Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling