19-variant Loyihaning sifat menejmentining mohiyati. Investitsiya loyihalarini boshqarishning xorij tajribalari. Investitsiya loyihasining texnik, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari


Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash


Download 41.71 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi41.71 Kb.
#234173
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- oraliq 19-variant

Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash.

Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o’rinlarda TIA (TIH) deb ataladi) - investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashqiliy va moliyaviy-iqtisodiy echimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati.

Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – bu investitsiya loyihasi bo’yicha uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va samara berishga qaratilgan kompleks hisob-tahlil xujjatlar, ya’ni asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, smeta-hisob, baholash va boshqa bir qancha ko’rsatkilarni qamrab olgan xujjatlar to’plamidir.

Loyihani moliyalashtirish to’liq yoki qisman byudjet yoki byudjetdan tashqari fondlar, vazirliklar va uyushalarning markazlashtirilgan resurslari, davlat korxonalarining o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash majburiy tarzda amalga oshiriladi.

Loyihani moliyalashtirish boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, investitsiyaning samaradorligi to’g’risidagi, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash zarurligi yoki zarur emasligi to’g’risidagi qarorni investorlarning o’zlari mustaavishda belgilaydi.

Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash loyihadan oldingi injener-konstruktorlik, texnologik va qurilish qarorlari, muqobil variantlarni taqqoslash va tanlab olingan aniq loyihani asoslash ishlarini bajarishni taqazo etadi. Bu jarayonda loyihaning ihtisodiy (tijorat va moliya) samaradorligi, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlar (ekologik) chuqur va har taraflama o’rganib chiqiladi.

Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash investorlar (kreditorlar)ga qurilayotgan korxona (ob’ekt) moliyaviy jihatdan barqaror va to’lovga qobiliyatligini asoslash uchun ishlatiladi va ular tomonidan kiritiladigan mablag’lariga to’lovlarni (dividend yoki foiz) o’z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo’lishi asoslanadi. Odatda texnik-iqtisodiy asoslash ishlari loyihachi tashkilotlar tomonidan buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi. Shartnomaga byurtmachi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy asoslashning talablari ilova qilinadi.



Investitsiya loyihasi bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Investorlar shu ma’lumotlar tahliliga asoslangan holda loyihaga mablag’larni investitsiya qilish yoki qilmaslik to’g’risida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Loyiha bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tijorat, texnik, tadbirkorlik va boshqa xavf-xatarlarni o’rganib chiqish nuqtai-nazaridan tuzilgan bo’lishi va kelajakda bunday xavf-xatarlar korxonaning samaradorligiga ta’sir qilmasligi yoki juda ham kam miqdorda ta’sir qilishini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak.
Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling