1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 49
2 Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 180 3 Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 51 4 Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 181
27 27 Shunday qilib, musulmonlar qurultoyida milliy taraqqiyot g’oyalariga tayanuvchi o’ziga xos milliy davlatchilik shakllantirildi. Tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo’ldi. Hokimyatni esa Ta’sis syezdi chaqirilgunga qadar Turkiston Muvaqqat Kengashi (Tarkibi 12 kishidan iborat bo’lib, 4 o’rin yevropalik millat vakillariga berildi) va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi (Tarkibi 54 kishi bo’lib, 18 o’rin Yevropalik millat vakillariga beriladigan bo’ldi) qo’lida bo’lishi ta’kidlandi. Turkiston muxtoriyatining tashkil qilinganligi o’lka xalqlarini ruhlantirib yubordi. 1917 yil 1 dekabrda Namangan uyezdida 100 mingga yaqin kishi ishtirok etgan namoyish bo’lib o’tdi. Unda namoyishchilar bayroqlariga “Yashasin muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!” deb yozilgan so’zlar hilpirab turar edi 1 . 6 dekabrda Toshkentdagi Jome’ masjidida 60 ming kishi, 7 dekabrda Qo’qon shahrining 42 jamoat tashkilotlari vakillarining qo’shma majlisida Yangi tuzilgan muxtor hukumatni qo’llab-quvvatladilar 2 .
hamyurtimiz, yangi shakllantirilgan Milliy majlis a’zosi Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev to’g’risida alohida to’xtalib o’tishimiz lozim. Namanganning peshqadam taraqqiyparvar ulamolaridan biri Sayyid Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev 1871 yil Namanganda ziyoli oilasida tavallud topadi. Uning otasi Sayyid G’ozixon Namanganning eng ko’zga ko’ringan mudarrislaridan biri bo’lib, shariat qozisi lavozimida ishlagan. Namanganda G’ozixonning o’z bosmaxonasi bo’lib, unda islom diniga oid bo’lgan ilmiy, falsafiy asarlarni chop ettiradi. Sayyid Nosirxonto’raning ilg’or fikrli kishi bo’lib yetishishida oiladagi ma’naviy muhitning ta’siri katta bo’ldi. Nosirxonto’ra madrasadagi o’qishini tamomlagach, chet mamlakatlarga tahsil olish uchun chiqib ketadi. Bag’dod, Dehli, Hijoz va Kobul shaharlarida tahsil ko’rdi, islom asoslarini yanada chuqurroq o’rganib, 1912 yil yana o’z Vataniga qaytib keladi. U chet mamlakatlarda yashagan vaqtida mamlakatning taraqqiyoti uchun qiziqa boshladi. Tehron va Hijoz kabi shaharlarda sodir bo’layotgan keskin siyosiy o’zgarishlar, Turkiyadagi Yosh turklar harakatidan qattiq ta’sirlanadi. O’sha paytlardayoq uning qalbidan Vatani Turkistonning ravnaqi haqidagi fikrlar muhim o’rin olgan edi. Namanganga qaytgach, shahar qozisi lavozimida ishladi. Otasining bosmaxonasi orqali Farg’ona jadidlarining islohotchilik g’oyalarini tarqatishda yordam berdi. 1916 yil O’zgan, Kosonsoy va Namanganda bo’lib o’tgan xalq qo’zg’alonlarini ham qo’llab-quvvatladi. 1917 yil fevral inqilobidan keyin Nosirxonto’ra ijtimoiy-siyosiy faoliyatida keskin o‘zgarishlar boshlandi. Turkistondagi demokratik jarayonlarda uning alohida o’z o’rni bor. U 1917 yil 10 aprelda bo’lib o’tgan Turkiston O’lkasi Ijroiya Komitetlari delegatlarining syezdida ishtirok etib, aholining barcha tabaqalarini, barcha millatlarni qo’lga kiritilgan ozodlikni asrab qolishga, hurriyat bergan imkoniyatlardan unumli foydalanishga da’vat etadi 3 . Turkiston Muhtoriyatining asosiy tashkilotchilaridan biri aynan Nosirxonto’ra edi. atoqli jadid Ashurali Zohiriyning bergan ma’lumotlariga ko’ra, “…agar Nosirxonto’ra Turkiston musulmonlarining IV-favqulodda qurultoyini chaqirish ustinda jon kuydirmaganda edi, balkim bu qurultoy chaqirilmay qolishi mumkin edi…” 4 . U Qo’qonda chaqirilgan o’lka musulmonlarining IV-favqulodda syezdida saylangan Milliy Majlisga a’zo va hukumat maorif noziri lavozimlariga saylanadi. Muhtoriyat ag’darilgach, Nosirxonto’ra o’zining milliy-ozodlik g’oyasidan voz kechmagan holda yashirin faoliyat ko’rsatishga o’tdi.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling