1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 57
2 O’sha joyda 3 Протоколы Сьезда делегатов Испольнительных Комитетов Туркестанского края. -Т.: Туркестанских ведомостей, 1917. –№. 2. –С. 6 4 Эрктурк М.Х. Саййид Носирхонтўра // Турон тарихи. -Т.: 1994. –№ 3. –Б. 21
28 28 Milliy ozodlik uchun jangovor kurash olib borgan Farg’ona istiqlolchilarining g’oyaviy rahnamosiga aylandi. U mahfiy ravishda Omon Polvon, Jonibek qozi va Rahmonqul qo’rboshilarning faoliyatlarining markazlashtirish harakatida bo’ldi. Nosirxonto’ra “Milliy Ittihod” tashkilotining Namangan filialiga a’zo bo’lib, bu tashkilotning yacheykasini Kosonsoy shahrida tashkil etadi. Shermuhammadbek Nosirxonto’rani o’ziga pir deb e’lon qilgan va ushbu markazdan doimo Farg’onadagi sovet qo’shinlarining ahvoli to’g’risida ma’lumotlar olib turgan 1 .
Muxtoriyatining Maorif Noziri bo’lganligi uchun qamoqqa oladilar. 1924 yil qamoqdan qaytib kelgach, ko’p o’tmay uni Sovetlarga qarshi faoliyati uchun yana qamoqqa oladilar va Orenburgga 5 yilga surgun qildilar 2 . 1938 yil iyul oyining boshlarida uni Sovetlarga qarshi faoliyati uchun yana hibsga oladilar. Shu yilning 3-sentabrida maorifchi, diniy olim, tarixchi, siyosatchi, millatparvar siymo Sayyid Nosirxonto’ra Andijon turmasida vafot etdi 3 . Sayyid Nosirxonto’ra kabi barcha Farg’onalik jadid namoyandalari millatni taraqqiyot sari boshlash uchun turli yo’nalishlarda faol harakat qildilar. Xalqni zulmatdan qutqarishning turli yo’llarini izladilar. Bu boradi ular maktab-maorif, teatr, adabiyot, matbuotdan keng foydalanishga, siyosiy tashkilotlar tuzib, o’lkaning siyosiy hayotida faol ishtirok etishga urindilar. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sovet hokimyatidan farqli o’laroq, Turkiston muhtoriyati qonuniy asosda tashkil etilgan milliy hukumatimiz hisoblanib keng musulmonlar ommasi va demokratik kayfiyatdagi yevropalik aholining vakolatini olgan edi. Biroq Turkiston muhtoriyati 1918 yil 19 fevralda sovet hokimyati tomonidan ag’darilib tashlandi. Muhtoriyat hukumati a’zolaridan Hidoyatbek Yurali Agayev, Mirodil Mirzaahmedovlar qatl etilgan, tasodifan omon qolganlari qamoqqa olingan. Mustafo Cho’qayev olovli xalqalardan chiqishga muvaffaq bo’lgan. Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev Namanganda, S. Gersfeld Samarqandda, Obidjon Mahmudov Buxoroda qo’lga olinadi. Tarixiy xujjatlarning guvohlik berishicha Qo’qonda shahrida 10 000 dan ziyod kishi 4 , Marg’ilon shahrida 7000, Andijonda 6000, Namanganda 2000, Bo’zqo’rg’on va Qo’qonqishloqda 4500 kishi halok bo’lgan, 180 dan ortiq qishloq yondirilgan 5 .
harakatlar qatnashchisi, sovet davlat arbobi D. Manjara bunday deb yozadi: “Milliy siyosatda yo’l qo’ygan xatolarimiz tufayli Qo’qon muxtoriyati vujudga keldi… Uni yo’qotish paytida yana bir xatoga yo’l qo’ydik” 6 . Haqiqattan ham yosh sovet davlatining bu xatolari o’zbek xalqi uchun juda qimmatga tushgan, katta qurbonlar berilgan, ammo, baribir oradan salkam bir asr o’tgach o’zimizning milliy hukumatimizni shakllantira oldik. Mazkur bobni xulosa qilib yakunlaydigan bo’lsak biz birinchi o’rinda xalqimizni siyosiy qarashlarini rivojlantirib, o’lkada butun dunyoviy ilmlarni keng tarqalishiga hizmat qilgan ma’rifatparvar jadid namoyandalarini harakatlari haqida beg’araz fikr bildirishni lozim topdik. Albatta mamlaktimiz tarixida bunday jamoat arboblari juda ko’p bo’lgan, lekin xalqimiz boshiga og’ir kunlar tushgan bu davrda qo’rqmasdan siyosiy faoliyat olib borib xalqni birlashtirishga uringan va uni uddasidan ham chiqib Turkiston muxtoriyatini tashkil etganligi ularning katta
1 Ражабов Қ. Жадид-истиқлолчилик ҳаракатининг ғоявий раҳнамолари. Ўзбекистон тарихи: янги нигоҳ. Жадидлар ҳаракатидан миллий мустақилликка қадар. –Т.: Элдинур. 1998. –Б. 13 Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling