Tadqiqot manbalari. Tadqiqotning asosiy manbalari bo`lib, O`zbekiston Respublikasi
Markaziy Davlat arxivi (O`zR MDA), O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi (O`zR
PDA), O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati arxivi (O`zR MXXA), viloyatlardagi
joriy arxivlarda saqlanayotgan arxiv materiallari, vaqtli matbuot nashrlari materiallari, turli
davrlarda yozilgan dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar to`plamlari hizmat qiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- biz o`z tadqiqotimizda mavjud ma`lumotlarga tayangan holda tahlillar bilan boyitdik;
- o’zbek davlatchiligi taraqqiyot bisqichlarida siyosiy partiyalarning takomillashib borishi
bilan bog’liq ilmiy maqola va adabiyotlar tahlillar asosida solishtirildi;
- davlatchiligimiz tarixida muhim voqea hisoblangan Turkiston muxtoriyatining tashkil
topishida siyosiy partiyalarning bevosita ishtiroki qay darajada ekanligi hamda bu siyosiy
tashkilotlarni Turkiston o’lkasi hayotida qanday o’rin tutishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |