1918-yil oxirida u boshchilik qilgan guruh Samarqand viloyatida qizil askarlarga qarshi hujum boshlagan. 1921-yildan Turkiston milliy birligi siyosiy tashkiloti koʻrsatmalari asosida ish olib borgan


Download 15.18 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi15.18 Kb.
#1088058
Bog'liq
ochildov


Ochilbek, Ochil dev (taxminan 1883, Samarqand yaqinidagi Qoʻshtamgʻali qishlogʻi — 1923.10.5, Kitob atrofidagi Varganza qishlogʻi) — Samarqand viloyatida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. Oʻzbeklarning nayman urugʻidan boʻlgan. Samarqand va Toshkentdagi jadid maktablarida tahsil olgan. Gʻuzor beki Sayd Akram toʻra (Buxoro amiri Olimxonnnng amakisi) xizmatida boʻlib, harbiy ishni oʻrgangan.
1918-yil oxirida u boshchilik qilgan guruh Samarqand viloyatida qizil askarlarga qarshi hujum boshlagan. 1921-yildan Turkiston milliy birligi siyosiy tashkiloti koʻrsatmalari asosida ish olib borgan. Validiy uning qarorgohida boʻlib, bolsheviklarga qarshi kurashga gʻoyaviy rahbarlik qilgan (1922). Ochilbek boshchiligida 10 ta qoʻrboshi (Kattaqoʻrgʻonda Qoraqulbek, Urgutda Hoji Abdulqodir, Jizzax atrofida Maʼmur Niyozbek va Toʻrabek, Matcho bekligida Asrorxon, Nusratshoh, Hamidbek, Oʻratepada Xolboʻtabek va boshqalar) va 4000—5000 yigit faoliyat koʻrsatgan. U Samarqand viloyatidagi boshqa yirik qoʻrboshi — Bahrombek (vafoti 1922) bilan hamkorlikda harbiy hara-katlarda qatnashgan. Ochilbekning hujumlari oqibatida Samarqand—Zarafshon hududidan Matcho togʻlari etaklariga qadar boʻlgan joylarda sovet xrkimi-yati agʻdarilgan. 1923-yil may oyining boshlarida Ochilbek oʻz guruhi bilan Shaxrisabzdagi vatanparvarlarga yordamga borgan. Kitob atrofida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan, uning omon qolgan (130 yigit) dastasiga Ziyovuddin boshchilik qilgan.
Axmad Zaki Validiyning yozishicha Ochilbek 1921 yildan boshlab Turkiston milliy birligi tashkiloti ko’rsatmalari asosida faoliyat ko’rsatgan. Jasurligi uchun xalq orasida Ochildov, Ochildev nomlari bilan mashxur bo’lgan.
Turkistonda sovet rejimiga qarshi harakat Samarqand qiloyatiga xam keng tarqaldi. Bu yerdagi kurashga Ochilbek , Baxrombek , Hamroqulbek kabi yirik qo‘rboshilar boshchilik qildilar . Milliy vatanparvar kuchlar mahalliy xalq ishonchini oqlash uchun xalqni islom va shariat dushmanlari bo‘lgan bolsheviklarga qarshi kurashga chorlagan. Masalan, Samarqand uezdidagi nufuzli qo‘rboshilardan bo‘lgan Bahrombek va Ochilbeklar targ‘ibot va tashviqotni keng yo‘lga qo‘yishi natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganlar. Shunday holat vujudga kelganki, sovet hukumati ularga qarshi kurashda aytarli yutuqlarga erisha olmagan. Aksincha, aholi qurolli harakat guruhlari tomoniga o‘tib, ularga ommaviy ravishda har tomonlama yordam ko‘rsata boshlagan.
«Milliy ittihod» tashkilotining Samarqand viloyatidagi sho‘basi qurolli harakatning taniqli rahbarlari bo‘lgan Ochilbek, Bahrombek, Hamroqulbek kabi qo‘rboshilar bilan yaqin aloqada bo‘lib, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turgan. Tashkilot sovet hokimiyatiga qarshi kurashda qo‘rboshilar guruhlari bilan mustahkam aloqada bo‘lgan. 1920 yildan 1923 yilgacha Samarqand viloyatida Ochilbek qo‘rboshi boshchiligidagi yirik qurolli guruh faoliyat olib borgan bo‘lib, uning guruhida yigitlar soni 5000 dan ortiq bo‘lgan. Bektosh Narzullaev 1921 yildan 1923 yilgacha Ochilbek qo‘rboshining kotibi vazifasini bajargan. Mirzaxo‘ja O‘runxo‘jaev Ochilbek qo‘rboshining do‘sti bo‘lgan. Taxminan 1922 yilda qurolli harakat namoyandalari xalqni qo‘zg‘alonga chorlovchi varaqalarni Samarqand shahri va boshqa joylarda yopishtirib chiqishgan.Sovetlarga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatgan. Mintaqadagi qurolli harakatlarni sovet rahbariyati o‘ta qattiqo‘llik va zo‘ravonlik bilan bostirishga harakat qilgan. Sovet hokimiyati tomonidan Samarqanddagi qurolli harakat ham harbiy yo‘l bilan bostirilib, aksariyat qo‘rboshilar qatag‘onga uchragan
Download 15.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling