Erkin turistik zonalarda marketingni tashkil etish


Download 132.26 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi132.26 Kb.
#164674
Bog'liq
turizm


  1. Erkin turistik zonalarda marketingni tashkil etish.

  2. O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish mexanizmlari.

  3. O‘zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonuni.


1-savolga

Turistik korxonada marketing xizmati


Tarixiy Shunday bo’lib kelganki, necha un yillik mobaynida marketing bo’limi sotish bilan Shug’ullanuvchi oddiy bo’limdan kompaniya faoliyatining muhim funksional sohasiga aylangan.

Marketing firma ichidagi rivojlanishida odatda uning oltita bosqichga ajratiladi:



  1. bosqich. Sotish bilan Shug’ullanuvchi oddiy bo’lim.

  2. bosqich. Yordamchi marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo’limi.

  3. bosqich. Marketingning mustaqil bo’limi. 4 bosqich. Marketingning zamonaviy bo’limi. 5 bosqich. Samarali marketing kompaniyasi.

Turistik korxonada marketing vazifalarni bajaruvchi bo‘limlar

Marketing firma ichidagi rivojlanishida odatda uning oltita bosqichga ajratiladi:

1 bosqich. Sotish bilan Shug’ullanuvchi oddiy bo’lim. Dastlab korxonalarda savdo xodimlarini boshqarish vazifasini o’taydigan rahbar lavozimi kiritiladi. Agar korxona marketing tadqiqotini yoki reklama kompaniyasini o’tkazish niyatida bo’lsa, u boshqa kompaniyalarning mutaxassislariga murojaat qilar edi.

Prezident





Savdo xodimlari



Boshqa marketing vazifalari (yollanma xodimlar)


Turistik korxonaning oddiy savdo bo‘limi


2 bosqich. Yordamchi marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo’limi. Kompaniya kengayishi natijasida, savdo jarayonini murakkablaShuvi bilan birga u ayrim marketing vazifalarini yaratish yoki kuchaytirishga majbur bo’ladi. Masalan, turfirma unda bo’lgan xizmatlar doirasini kengaytirishga qaror qiladi: avval u bozordagi haridorlarning salohiyati, ularning ehtiyojlarini o’rganish uchun marketing tadqiqotini o’tkazishi zarur. Undan keyin, yangi xizmatni tavsiya etish uchun reklama kompaniyasini tayyorlashi kerak. Bu vazifalarni bajarish uchun mutaxassislar: marketing tadqiqotlari bo’yicha menejer va reklama menejeridan foydalanish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, bu vazifalarni hamda boshqa marketing vazifalarni bajaruvchi marketing bo’yicha direktor lavozimi tashkil etilishi mumkin.

Prezident




rahbari




Savdo xodimlari



Marketing bo’yicha direktor Boshqa

marketing xizmatlari

(yollanma xodimlar)

Turistik korxonada marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo‘limi


3 bosqich. Marketingning mustaqil bo’limi. Firma kengayib borib, marketing tadqiqotlar, yangi tovarlarni yaratish, reklama va savdoni rag’batlantirish, xizmat ko’rsatishni yaxshilashga qo’shimcha mablag’larni ajartishga imkoni paydo bo’ladi. Ayni o’sha vaqtda, savdo bo’limining rahbari, odatdagidek, savdo xizmatini boshqarishga vaqtini va resurslarni tuplaydi. Asta-sekin firma rahbari marketing vazifasini mustaqil bo’limga ajratib olish maqsadga muvofiq bo’lar edi degan fikrga duch bo’ladi. Bu bosqichda savdo va marketing har xil funksiyalar bo’lsa ham, ammo bir-biri bilan uzviy bog’langan.

Prezident





Savdo xodimlari



Boshqa marketing vazifalari (yollanma xodimlar)

Turistik korxonasida marketingning mustaqil bo‘limi





Marketing bo’limi



Savdo bo’limi




Ishlab chiqarish va sotish strategiyasini yaratish



Sotish

Rahbariyat uchun axborotni tayyorlash

Servis xizmatining sifatini ta‘minlash

Korxona asosiy tarkiblarning harakatlarini muvofiqlashtirish

Savdo faoliyatini ma‘muriyat tarafdan

ma‘qullash



Ilgariga siljitish

Axborotni tayyorlash

Servis va turizm sohasi korxonasida marketing va turizm bo‘limlarining asosiy maqsadlari


Kuchlarning bunday taqsimlanishi korxona rahbariga kompaniyaning imkoniyatlarini va muammolarni yanada muvozanatli baholashga imkon beradi. Tahmin qilaylik, firmada savdo hajmi asta-sekin pasayib bormoqda, korxona rahbari muammo yechimini qidirmoqda. Savdo bo’limining rahbari savdo xodimlarni ko’proq jalb qilishga, ularning ish haqini oshirishga, savdoning tadqiqotini o’tkazishga, «kim ko’proq sotadi» degan musobaqani o’tkazishga, savdo vakillarini malaka oshirish kurslariga yuborishga yoki savdoni rag’batlantirish maqsadida tovarlar narxini pasaytirish kabi takliflarni kiritadi. Ammo marketing bo’limining rahbari bozordagi bo’lgan vaziyatni mustaqil tahlil qilish kerak. Kompaniya kerakli segmentlarga xizmat qiladimi? Kompaniya xizmatlari yoki tovarlarga hamda raqiblar mahsulotiga bo’lgan maqsadli iste‘molchilarning qarashlari o’zgarganmikan?

  1. bosqich. Marketingning zamonaviy bo’limi. Marketingning mustaqil xizmatining savdo bo’limi bilan birgalikda faoliyat yuritishi eng asosiy kamchilikka ega bo’ladi. Harakatlar tarqoqligi savdoni samarali tashkil qilishga xalaqit beradi, ikkita rahbar o’rtasida ziddiyatlar vujudga keladi, chunki ulardan har bittasi korxona mahsulotini sotishda yetakchi o’rin egallamoqchi bo’ladi. Bu tizimning asosiy kamchiligi Shundaki, ularning vazifalari mustaqil amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, zamonaviy marketing asosida marketing va savdo bo’limiga rahbarlik qiladigan direktor lavozimi tayinlanadi. Unga qandaydir marketing vazifalari, hamda savdo menejerlari bo’ysinadi (rasm 10.5).

  2. bosqich. Samarali marketing kompaniyasi. Firma faol marketing bo’limiga ega bo’lishi mumkin, ammo bozorda mag’lubiyatga uchrashi mumkin. Hamma narsa haridorlar ehtiyojlariga bo’lgan munosabatga, kompaniyadagi boshqa bo’limlarning marketing ma‘suliyatini o’z zimmasiga olishiga bog’liq. Qachonki barcha xodimlar o’z ishchi o’rinlari bilan ular, eng avvalo, firma tovarlarini sotib oladiganlarga minnatdor bo’lishini ongli ravishda tushunsa, faqat Shunda samarali marketing to’g’risida gapirish mumkin. U yoki bu marketing tashkiliy tarkibining samaradorligi korxona xodimlariga bevosita bog’liq. Bu yerda faqat ularning kasbiy tayyorgarligi emas, balki ma‘suliyat me‘yori ham hisobga olinadi.

Prezident



Savdo xodimlari



Boshqa marketing

vazifalari

(yollanma xodimlar)

Marketingning zamonaviy bo‘limi – samarali marketing kompaniyasi


6 bosqich. Jarayonlar va natijalarga asoslangan kompaniya. Ko’pgina zamonaviy kompaniyalar tashkiliy tarkibni yana o’zgartirib, uni bo’limlarga emas, balki asosiy jarayonlarga mos xolda to’g’rilaydi. Bo’limlarga ajratilgan tashkilotni biznesning yangi mahsulotlarni yaratish, haridorlarni jalb etish va saqlab qolish, buyurtmalarni qayta ishlash va mijozlarga xizmat ko’rsatish kabi asosiy vazifalarni bajarish uchun tusiq bo’ladi deb hisoblaydilar.

Bu maqsadlarga erishish uchun kompaniyada marketologlar va savdo bo’limning faol ishtirok etuvchi mutaxassislar aralash komandasi tashkil qilinmoqda. Ular komanda yoki komandalarga hamda marketing bo’limining rahbariga buysindilar (rasm 10.6). Har bitta komanda vaqti-vaqti bilan bo’limlarga o’z a‘zolari faoliyati to’g’risida hisobot berib boradi. Marketing bo’limlari xodimlarning o’qishi, ularni yangi komandalarga tayinlanishi, ular ishini umumiy baholashda javobgar bo’ladilar.



2-savolga

Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida

Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank):

Toshkent viloyatining Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi chegarasi doirasida “Chorvoq” erkin turistik zonasini (keyingi o‘rinlarda – erkin turistik zona) tashkil etish;

erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

erkin turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;

hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish;

transport vositalarining arzonligini ta’minlash, hududda transport harakatining yangi (poyezd, elektropoyezd, avtobus), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarini kengaytirish, uning to‘xtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;

turistlar xavfsizligining qo‘shimcha sharoitlarini, shu jumladan, turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, mintaqa hududiga keluvchi turistlar haqida yagona ma’lumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yo‘li bilan yaratish;

erkin turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta’minlash;

energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

3. Belgilansinki:

erkin turistik zona erkin iqtisodiy zona hisoblanadi;

Erkin turistik zona va erkin turistik zona ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari, shu jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va ular ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi;

erkin turistik zonaning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.

4. Toshkent viloyatining erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda – ma’muriy kengash) zimmasiga erkin turistik zona bo‘yicha ma’muriyatchilik funksiyalari yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili hamda Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti direktori ma’muriy kengash tarkibiga kiritilsin.

5. Toshkent viloyati hokimligi ma’muriy kengash, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda tashkil etilayotgan erkin turistik zonaning aniq chegaralarini belgilasin.

Belgilansinki, erkin turistik zona Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi doirasida yaxlit hudud ko‘rinishida, shuningdek, alohida hududlar ko‘rinishida belgilanishi mumkin.

6. Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddatda erkin turistik zonaga kiruvchi hududlar chegaralarini belgilash, shuningdek, “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.

7. Quyidagilar:

Erkin turistik zonaning bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi etib – Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;

energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan (quyosh, shamol, geotermal) foydalangan holda muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish, shuningdek, erkin turistik zonaning ekologiyasini saqlash uchun zamonaviy tozalash inshootlari va issiqlik bilan ta’minlash obyektlarini qurish bo‘yicha bosh loyiha, bosh pudratchi va foydalanuvchi tashkilot etib – “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ;

erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyiha tashkiloti etib – “ToshkentboshplanLITI” DUK belgilansin.

8. “ToshkentboshplanLITI” DUK olti oy muddatda xalqaro maslahatchilarini jalb qilgan holda erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda ma’muriy kengash bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:


O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Erkin turistik zona hududida yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun kiritsin;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun haq to‘lash, erkin turistik zonaning ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi asosida erkin turistik zonaning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun kapital qo‘yilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, ma’muriy kengash bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga erkin turistik zonada amalga oshirish va joylashtirish uchun loyihalarni tanlash mezonlari bo‘yicha takliflar kiritsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) erkin turistik zonada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasi ochilishini ta’minlasin.

Belgilansinki:

Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi mablag‘larini qayta moliyalashtirish O‘zmilliybank, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATB tomonidan amalga oshiriladi;

kredit liniyasi doirasida xorijiy valyutadagi kreditlar 2 yillik imtiyozli davr, 2 foiz qo‘shilgan 6 oylik LIBOR va bankning 0,5 foiz miqdoridagi marjasiga teng bo‘lgan foiz stavkasi bilan 7 yilgacha muddatga taqdim etiladi;

Jamg‘arma kredit liniyasi mablag‘lari zamonaviy import jihozlari va texnologiyalarini xarid qilish uchun investitsiya loyihasi qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan summada ajratiladi.

11. O‘zmilliybank, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATBga:

Erkin turistik zona hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida 100 foizgacha bank ulushi bilan, shu jumladan, banklarning tegishli investitsiya kompaniyalari orqali ishtirok etish;

Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy banklar va boshqa investorlar – yuridik va jismoniy shaxslar (shu jumladan, xorijiy), davlat va nodavlat jamg‘armalar, korxona va tashkilotlarning grantlari, kredit liniyalari va investitsiyalarini, beg‘araz moliyaviy yordamlarini hamda tijorat banklarining kreditlarini jalb qilish huquqi berilsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda erkin turistik zona hududida intellektual transport, geoinformatsiya tizimi va boshqa shu kabilarni nazarda tutuvchi xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oylik muddatda turistlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin, bunda erkin turistik zonaning tibbiyot muassasalari, xususan sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini muassasalari bilan ta’minlanishiga, ularning zamonaviy jihozlar va yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishiga alohida e’tibor qaratsin.

14. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga Toshkent – Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi (va ortga) yo‘nalishi bo‘yicha, zarur holda yangi qulay yo‘nalishlarni joriy etgan holda, kombinatsiyalashgan yo‘lovchi tashish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ–2916-son qarori bilan tashkil etilgan Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda maishiy chiqindilarni erkin turistik zona hududidan eng yaqin chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga olib chiqib ketishni tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rsin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi, O‘zmilliybank bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Chorvoq erkin turistik zonasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda ularni ma’muriy kengash va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R.Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
3-savolga

Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan qarorlar.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi 220-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 58-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi”;

2) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi.

Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi”;

3) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin iqtisodiy zonaning maqomi:

uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin;

uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi.

Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish to‘g‘risidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi”;

4) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o‘z ichiga oladi”;

5) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.

Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.

Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning o‘rni, shuningdek boy berilgan foyda hamda yetkazilgan ma’naviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak”;

6) 10-moddaning:

birinchi qismi “Erkin iqtisodiy zona” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

ikkinchi qismidagi “yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar)ning” degan so‘zlar “yuridik va jismoniy shaxslarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 11-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yo‘li bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi”;

8) 12-moddaning ikkinchi qismidagi “bojxona xizmati” degan so‘zlar “bojxona organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“14-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar

Erkin iqtisodiy zona hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanadi”;

10) 15-moddaning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;

11) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin iqtisodiy zonaning budjeti erkin iqtisodiy zonaning Ma’muriy kengashi (bundan buyon matnda Ma’muriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida bo‘lgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi”;

12) 18-moddaning:

nomidagi “iqtisodiy zonadan” degan so‘zlar “erkin iqtisodiy zonadan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

matnidagi “Nizomda” degan so‘z “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

13) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasining tegishli sug‘urta organlari va chet el sug‘urta kompaniyalari tomonidan” degan so‘zlar “qonun hujjatlariga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

14) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin iqtisodiy zonaning faoliyati Ma’muriy kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Erkin iqtisodiy zona direksiyasi (bundan buyon matnda direksiya deb yuritiladi) erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organidir”;

15) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ma’muriy kengash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.

Ma’muriy kengashga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga to‘g‘ri kelgan taqdirda, Ma’muriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi”;

16) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ma’muriy kengash:

alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;

erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi;

erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qo‘shimcha shartlar belgilaydi;

erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Ma’muriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Ma’muriy kengashning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari erkin iqtisodiy zona hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi uchun majburiydir”;

17) 23-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Erkin iqtisodiy zona chegaralarida joylashgan davlat mulki obyektlari (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasidagi qaroriga ko‘ra operativ boshqarish yoki xo‘jalik yuritish huquqi asosida Ma’muriy kengashga topshirilishi mumkin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari Ma’muriy kengashga topshirilgan yer, suv, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar va obyektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi”;

18) 24 va 25-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“24-modda. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi

Direksiya yuridik shaxs bo‘lib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.

Direksiya:

alohida huquqiy tartibotning amal qilishini ta’minlaydi;

Ma’muriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlaydi;

erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradi;

ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi, shuningdek tarixiy-madaniy boyliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi.

Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Direksiya yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xo‘jalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyati qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish

Erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada ro‘yxatdan o‘tadi.

Erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi paytida uning hududida xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar direksiyaga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasini taqdim etadi.

Direksiya ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga haqli”;

19) 26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan xodimda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi”;

20) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“27-modda. Nizolarni hal etish



Erkin iqtisodiy zonalar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi”.

2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Download 132.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling