Narzullayev O'rol hoji bobo 1936-2021
Download 84 Kb.
|
Narzullayev O\'rol hoji bobo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allohdan so’raganim
- Parvardigor shu kunlarga yetkazgin!
- Inoyatlaridan ko’ngilni chog’lang
- To’plovchi: Abduvahob Suyundikovich Zaripov (Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi, filolog)
Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani Qovunchi mahallasi, Jonbuloq qishlog’i Sen buyurgan farz-u amallar bugun, Ba’zilar qalbida yotar jim tugun. His etib, anglab tushungan bandalar, Uddalash payida yurar tun-u kun **** Befarzand ketmasin dunyoda odam, O’g’il-qiz o’stirsin ko’rsin to’yini. Nevara-chevarani yetaklab mudom Shodlikda o’tkazsin aziz umrini **** Umrning bahori, yozi o’tdi, Va nihoyat kuzi ham yetdi Sarhisob qilaman xudoga shukur Hosil mo’l qalbimdan armonim ketdi. **** Gohida qiynayman o’zimni o’zim, Xo’sh nima qilasan o’zingni qiynab. Na talent, na ilm bo’lmasa senda, Ortiqcha tashvishni o’zingga yuklab. **** Qor yog’madi, yomg’ir yog’madi, Quruq o’tdi qishning anchasi. Bu yil ekin qanday bo’ladi, Ba’zilarning ortdi shubhasi. Uch kundirki tiyilmaydi qor, Pag’a-pag’a yog’ib turibdi. O’sha shubha qilgan odamlar, Bilsam qordan bezor bo’libdi. **** Ota-ona ham ulug’lar duosi, Bilsang ko’pdir uning senga foydasi. Boshingga balo kelsa daf qiladi, Yayrab-yashnab yashashingga naf qiladi. **** Hayot tashvishlarin bo’lmas adog’i, Bittasin bajarsang, kelar yangisi. Umring o’tganin bilmay qolasan, Boshingga qo’nadi o’lim soyasi. **** Vaqti edi davringni surding, Yashayapsan endi aksincha. Bu kunlarni o’ylamading sen, O’ylaganda bo’lmasding buncha. **** Gullar ko’rdim hayot bog’ida, Tovlanadi har kuni har xil. Bugun menga ko’rindi qizil, Ochilgandi qizil atirgul. Bunday gulni sen tanlamagil. Oq deganing qora chiqadi, So’ng pushaymon bo’lib qolmagin. **** Agar bo’lsang jangchi, kurashgir, Yoqasidan bo’g’ma birovning. Zo’rligingni hayotda bildir, Hayot bilsin mard, zo’rligingni. Hayot bilib mard, zo’rligingni, Qoyil qolsin, tan bersin senga. Gulga bezab umr yo’lingni, Iqbol bersin sha’n bo’lsin senga. **** Tiriklik chog’ingni g’animat bil, Hoy-u havaslaring uchmasin ko’kka. Hayotda borliging bilinib tursin, Umringda qilganing chiqmasin yo’qqa. **** Allohdan so’raganim Tanballarga behisht yo’qdir, Otam doim shunday derdi. Bekorchidan xudo bezor, Ishga doim tur shay derdi. Temirchilik kasbi bor edi, Ishlar edi kechib rohatdan. Elga xizmat – rizq-ro’zin har kun, Topar edi halol mehnatdan. Dam olishni bilmasdi sira, Ibodatda o’tgan har dami. Tunda turib tahajjud o’qir, Ko’nglida ko’p oxirat g’ami. Sakson beshga kirganda yoshi, O’tab keldi haj ibodatini. Men ollohdan so’rayman doim, Obod ayla otam oxiratini. **** Parvardigor shu kunlarga yetkazgin! Senga aytsam ey xudo, orzu-o’yimni, Tani sog’lik kuch-quvvat ber menga. Makka-yu munavvaraga borayin, Ham Madina ravzasini ko’rayin. Haj qilayin amallaring oson ayla, Ham uni o’z dargohingga qabul ayla. Obi zam-zam suvlariga qonayin, Tanga darmon, dardga shifo olayin. Safo, Marva oralig’ida kezsam, Hojar onamizni yurakdan sezsam. So’ng Arofat tog’larida tunasam, Sendan orzu-umidlarim so’rasam. Parvardigor shu kunlarga yetkazgin, Parvardigor shu kunlarga yetkazgin. Hajning barcha amallarin bajarsam, Shaytonlarin urib, qurbonlik so’ysam. Tavof qilib so’ng “Hojar ul-asvat”ni, Tamom etsam shunday haj ibodatni. Parvardigor shu kunlarga yetkazgin, Parvardigor shu kunlarga yetkazgin. Parvardigor shu kunlarga yetkazding, Senga cheksiz hamd-u sano aytaman. Senga shukur murodimga yetkazding, Erta-indin o’z yurtimga qaytaman. **** Keksalik umrin ko’rding ravo, Boshimga keltirma har xil balo. Aql-u hushim joyida bo’lsin mudom, O’tinib so’rayman sendan xudo. **** Mehnatkash insonman ter to’kib halol, Topaman, baxtimni, rizq-u ro’zimni. Shuning uchun yuraman doimo hushhol, Baxtiyor sezaman mudom o’zimni. **** Inoyatlaridan ko’ngilni chog’lang Allohga niyatni ko’p qilar edim, O’zimga tan-sihatlik tilar edim. Niyatim Makkaga bormoqlik edi, Madina ravzasin ko’rmoqlik edi. Hajda kuch-quvvat ber derdim mudom, Ming shukur hosil qilding muddaom. Zam-zam suvlaridan ichdim men qonib, Dardlarimga shifo topdim quvonib. Safo ila Marvaning orasida, Hojar onamiz dardi esimda. Arofat tog’ida turdim-ku bedor, Ming shukur, yetkazding ey parvardigor. Hajning amallarin bajardim bir-bir, Shaytonni toshladim qilgan-chun kibr. Qurbonligimni ham qabul et, tangrim, Ka’ba tavofida yorishdi qalbim. Uyingni ko’rganda nurlandi qalbim, Ibodat zavqiga lim to’ldi dilim. Har ishda do’stlarim unga dil bog’lang, Inoyatlaridan ko’ngilni chog’lang. To’plovchi: Abduvahob Suyundikovich Zaripov (Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi, filolog) Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling