1947 yilning 23 dekabrida 3ta amerika fiziklari
Download 1.71 Mb.
|
1947 yilning 23 dekabrida 3ta amerika fiziklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi eslab qoluvchi qurilmalar
SMISlarni uch xil usul bilan dasturlash mumkin:
HAM matritsasini o‘zgartirmasdan turib, YOKI matritsasi tuzilmasini dasturlash; YOKI matritsasini o‘zgartirmasdan turib, HAM matritsasi tuzilmasini dasturlash; ikkala matritsa tuzilmasini dasturlash. Dasturlashning birinchi usuli DDXQlarni, ikkinchi usul – DMM ISlarini, uchinchi usul esa – DMMlarni tuzishda qo‘llaniladi. Dasturlovchi elementlar bo‘lib eruvchan qayta ulagichlar hisoblanadi. Dastlabki holatda barcha simlar butun bo‘ladi. DMMga ma’lumot yozish ba’zi diolar (tranzistorlar)dan tok impulslari o‘tkazish natijasida eruvchan simlarni kuydirish orqali amalga oshiriladi. Natijada shinalar orasidagi ba’zi bog‘lanishlar uziladi. Bu jarayon dasturlash deb ataladi va maxsus tashqi qurilma – programmatorlar yordamida amalgi oshiriladi. 10-MAVZU:Yarimo‘tkazgichli xotira QURILMALARI Xotira Xotira – deb axborotni qabul qilish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan xar xil qurilmalar yig‘indisiga aytiladi. Xotira qurilmasining o‘zi esa eslab qoluvchi qurilma deyiladi. Funksional qo‘llanilishi bo‘yicha eslab qoluvchi qurilmalar tashqi va ichkilarga bo‘linadi. Tashqi eslab qoluvchi qurilmalar – katta miqdordagi axborotni saqlab qolish uchun mo‘ljallanadi (disklar va x.k.). Ichki eslab qoluvchi qurilmalar – jarayon bajarilayotgan vaqtning o‘zida programma va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qo‘llaniladi. DXQ: Quvvat talab qilmaydigan xotiraga doimiy xotira qurilmasi (DXQ) kiradi – ROM (Read Only Memory – faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan xotira). DXQ ning ichidagi axborot uni ishlab chiqaruvchining o‘zi tomonidan yoziladi va undan keyin o‘zgartirilmaydi. Bunday xotiralar hajmi katta bo‘lmagan mikrosxemalardan quriladi. Odatda DXQ ga kompyuter qurilmasini boshqarish uchun minimal baza to‘plamini ta’minlovchi dastur yozilgan bo‘ladi. OXQ Operativ xotira qurilmasida ikkilik ko‘rinishida ishlov berilayotgan axborot, ishlov berayotgan dastur, unga tegishli ma’lumotlar va ishlov berilishning natijalari saqlanadi. OXQ yozish tartibini, axborotni saqlash va uzatishni ta’minlab beradi. Bunga qaramay u vaqtning ixtiyoriy davrida ixtiyoriy tanlangan xotira yacheykasiga ruxsat berilishi mumkin. Bunday xolat OXQ ning inglizcha nomida yaqqol tasavvur etilgan – RAM (Random Access Memory – ixtiyoriy ruxsat etuvchi xotira). OXQ da saqlanayotgan ma’lumotlarni tez o‘qish mumkin. Bu xotira murakkab elektron mikrosxemalardan tashkil topgan va kompyuterning korpusi ichida joylashtirilgan. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling