Trigger turlari
(funksional belgisiga ko‘ra):
RS-trigger – ikkita boshqaruv kirishiga ega:
S (set-o‘rnatish) – triggerni mustaqil ravishda 1 holatiga o‘rnatadi;
R (reset-olib tashlash) – triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o‘rnatadi.
D-trigger – bitta ma’lumot kirishiga ega D (delay-kechikish).
T-trigger – navbatdagi kirish impulsi kelishi bilan holatni qarama-qarshisiga o‘zgartiradi T (time-vaqt).
JK-trigger – ikkita boshqaruv kirishiga ega bo‘lgan universal trigger:
J (jamp -kutilmagan ulanish) - triggerni mustaqil 1 holatga o‘rnatadi.
K (kill -kutilmagan uzilish) - triggerni mustaqil 0 holatga o‘rnatadi.
Trigger turlari
(boshqaruv turiga ko‘ra):
Bir holatdan ikkinchisiga o‘tish:
Asinxron triggerlarda – ma’lumot kirishiga bevosita boshqaruv signali kelishi bilan;
Sinxron (taktlanuvchi) triggerlarda – sinxronizatsiya kirishiga ruxsat beruvchi takt impulsi kelishi bilan sodir bo‘ladi.
Bir pog‘onali RS-trigger sxemasi (yoki-emas):
RS-trigger ishlash holati:
1-kombinatsiya. R=0, S=0. VT3 va VT4 tranzistorlar ochilmaydi, va shuning uchun BYAlar ularning holatiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Q va Q chiqishdagi signallar o‘zgarishsiz qoladi. Demak, triggerda avval yozilgan ma’lumot saqlanib qoladi.
2-kombinatsiya. R=0, S=1. VT4 tranzistor to‘yinishgacha ochiladi, va chiqishdagi kuchlanish kichik bo‘ladi (mantiqiy 0). Uk2 =Uk1 =Ub1 bog‘liqlik tufayli VT1 tranzistor berkiladi va berk holatga o‘tadi. Shuning uchun chiqishda yuqori kuchlanish (mantiqiy 1) hosil bo‘ladi, ya’ni Q=1 Q=0. VT1 va VT2 tranzistorlarning mazkur holatlari trigger tomonidan eslab qolinadi.
3-kombinatsiya. R=1, S=0. Bu vaqtda chiqishdagi kuchlanishlar o‘zgaradi: Q =0, Q=1 bo‘lib, trigger yangi holatni saqlab qoladi.
4-kombinatsiya. R=1, S=1. Bunday kirish signalini RS-trigger qabul qila olmaydi, chunki u aniq emas holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu kombinatsiya man etilgan.
Amaliyotda RS-triggerlar invertorlarda emas, balki HAM-EMAS yoki YOKI-EMAS MElaridan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |