1960 yillarning boshlarida Kongo demokratik respublikasida mamlakatdan horijiy davlat harbiy
Download 23.37 Kb.
|
2-kazus 1960 yillarning boshlarida Kongo demokratik respublikasida mamlakatdan horijiy davlat harbiy kuchlarini chiqarish va hududiy yaxlitlikni saqlash muammosi yuzaga keladi. Kongoning rasmiy murojaati natijasida BMT missiyasi tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi mamlakatdan xorijiy davlat harbiy kuchlarini chiqarish, mamlakatda tartibni o‘rnatish etib belgilandi. Biroq, chet davlat harbiy kuchlari mamlakatdan chiqib ketganidan so‘ng yangi muammo, hududiy parchalanish xavfi yuzaga keldi. Bir necha hududlar Kongodan alohida bo‘lishga harakatni boshladilar. Ajralib chiqmoqchi bo‘lgan hududlar harakatlarini xorijiy yollangan shaxslar qo‘llab- quvvatlab, ular nomidan faol harbiy harakatlarni olib boradi. Shundan so‘ng, BMT missiyasining maqomi, “mamlakatning siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligini saqlash bilan birga, fuqarolar urushi yuzaga kelishini oldini olish, xorijiy harbiy kuchlarni mamlakatdan chiqarish” tarzida o‘zgartirilib, ular ham Kongo manfaatlarini himoya qiluvchi nizo tomonlaridan biriga aylanadi. 1966 yilda Belgiya fuqarosi Bryussel sudiga da’vo bilan murojaat etadi. Da’voning arizasida BMT kuchlarining Kongodagi harakatlari natijasida fuqarolarning mulklarga yetkazilgan zararni qoplashi lozimligi keltirilgan edi. Biroq Belgiya sudi fuqaroning ushbu da’vosini rad etib, buni BMT xalqaro maqomdagi tuzilma ekanligi, 1946 yildagi Immunitet va imtiyozlar to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq BMT har qanday qonunlarga nisbatan immunitetga egaligini hamda mazkur konvensiya Belgiya tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lib, uning uchun kuchga kirganligi bilan asoslaydi. Savol: 1. Mazkur kazusdan kelib chiqib, xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biri kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik, hududiy yaxlitlik prinsipining mazmuni tushuntiring. 2. Kongo davlati va BMT tinchlikparvar kuchlarining harakatlarini xalqaro huquq prinsiplariga muvofiqlik nuqtai nazaridan baholang. 3. Belgiya sudining da’voni rad etish asoslarini tahlil qiling 4. Xalqaro tashkilotlarning javobgarligini amalga oshirish tartibini ushbu kazus misolida yoriting. Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling