197 -guruh talabasi Safayeva Zaynabning “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan kurs ishi


Mahmud Qashg’ariyning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni


Download 63.05 Kb.
bet3/3
Sana22.06.2023
Hajmi63.05 Kb.
#1647326
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi Zaynab

1.2.Mahmud Qashg’ariyning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni
Birinchi turkolot Maxmud Qoshg’ariyning asl ismi Maxmud Ibnul Xusayn
ibn Muhammadali Qoshg’ariy bo’lib uning bobosi Qashqarda tug’ilgan bo’lsa ham asosan Bolasog’unda yashagan. Ba’zi manbalarda Qoshg’ariyning to’liq ismi Shamsiddin Mahmud ibn Husayn tariqasida keltirilgan. Maxmud Qoshg’ariy Qoshg’ar shahrining janubi G’arbidagi O’pol qishlog’ining o’g’iz mahallasida tug’ilgan. U Qoraxonning xukmdorlaridan Yusuf Qodirxonning evarasi. Otasi Xusayn ibn Muhammad (Qodirxonning nevarasi) ,,Arslon Elik” nomi bilan 1056 –1057 yillarda Barsixon amiri bo’lgan. Maxmudning ona tomonidan buvasi Xoji Sayfiddin buzrukvor bo’lgan.
Mahmud Qoshg’ariy Samarqand Buxoro Bog’dodda tahsil olgan. Arab fors
rumoniy kabi 8 – 9 tilni mukammal egallagan. U qandaydir bir qirg’in paytida ota
yurtini tashlab chiqib ketgan. Mahmud Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz
ma’lumot yetib kelgan. Bu ma’lumotlar ham uning ,,Devonu lug’atit turk’’ asari orqali yetib kelgan.
Devonu lug’atit turkdan yana bir narsa ma’lumki Mahmud Qoshg’ariy bu
lug’at bilan bog’liq bo’lgan yana bir asar - ,,Kitobi javohirun naxfiy lug’otit turk”
(turkiy tillarning naxv qoidalari) kitobini ham yozgan va bu kitob hanuzgacha topilgan emas. Mahmud Qoshg’ariyning qoraxoniy zodagonlarning oliy toifasiga mansub ekanligini quyidagi daillar ham tasdiqlaydi.
1. Bobomiz somoniylardan turk yerlarini tortib olgan usha amirdir. Bu hamir
,,ya’ni amir” Tekin deb ataganlar. Mahmud Qoshg’ariy asar boshida o’zi
to’g’risida so’zlab o’zining eng eski turkiy qabilalarida ekanligini bildirgan.
Mahmud Qoshg’ariy taqor turkiy tillardan tashqari arab va fors tillarini ham
bilgan. Asarning muqaddimasida aytilgan so’zlardan M.Qoshg’ariy Buxoro va
Nishopurda bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy va uning asariga bag’ishlangan tadqiqotlarda Mahmud Qoshg’ariy va uning chuqur va boy bilim olishi mumkin bo’lgan Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marf, Shimoliy Eron va Bog’dod musulmon olimlarning markazlari qayta – qayta tilga olinadi. Usha davr musulmon maktablarida arab tili grammatikasi musulmon aqidalari va xuquqshunoslik xisob, qur’on va xadis o’rgatilgan. Mahmud Qoshg’ariy ,,Devoni lug’atit turkda” yorqin namoyish etgan linvistika geografiya, tarix va boshqa fanlarga oid bilimlarni extimol keyinchalik olgan. Mahmud Qoshg’ariy turk yerlari bo’ylab qilgan ko’p yillik safarining birlamchi maqsadi haqida gapirmaydi. Asardagi avtoxarakteristikadan quyidagilar ma’lum: ,,Men turklar, turkmanlar, og’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlarning shaharlarini qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim. Lug’atlarni turklari turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib aniqlab chiqdim. Men tilda ularning yetuklaridan eng katta mutaxassislaridan xushfaxmlaridan eski qabilalardan jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki turklar, turkmanlar, o’g’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlar qabilalarining tillari butunlay dilimga jo bo’ldi. Ularni har tomonlama
puxta bir asosda tuzdim. Kitob devoni lug’atit turk deb ataldi. Men bu kitobni hikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim”. Devoni lug’atit turkni tuzishdan avval linvistik tarixiy va etnografik materialni yig’ish bo’yicha ko’p yillk ish amalga oshirilganligi tabiiy. Lekin Mahmud Qoshg’ariy o’z yurtini tashlash turk yerlarini kezib yuritishga nima majbur etdi? Bu savolga 2 ta javob bo’lishi mumkin. 1. O’z tiliga, o’z tarixiga muhabbat turk tilining arab tilidan qolishmasligining dalillari bilan isbotlab uni ulug’lash istagi. 2. Mahmud Qoshg’ariy hijriy 448 – 449 yillarda sharqiy qoraxoniylar davlatida hammaga ma’lum bo’lgan qonli voqealar bo’lib turgani uchun o’z yurtlarini tark etishga majbur bo’lgan. Devoni lug’atit turk (turkiy so’zlar devoni) melodiy 1072 – yillarda yozila boshlagan va 1074 – yilda tugatilgan. Muallif bu haqda shunday degan. (Kitob 464 – yilda hijriy) jumadul avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilganda va tuzatilgandan so’ng 464 –yil jumadul oxirining 12 kuni bitirilgan. Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo’lgan.
Umuman olganda bu asar 11 – asrda yozilgan bo’lib turkey so’zlar lug’ati
xisoblanadi.
Yuqoridagi misralardan anglashimiz mumkinki, muhabbat, ishq mavzusi
an’anaviy mavzulardan biri hisoblanadi. Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda
yozilgan mazkur asarida ham, undan kryin yozilgan asarlarda ham va bugungi kunda ham muhabbat adobiyotning asosiy tasvirlovchi ifodalaridan biridir. Bu misralarda shoir sevgisi kundan-kun kuchayib, uni o‘rtayotgani va yori ketgani uchun oshiq bu yurtlarda ortiq tura olmasligi tasvirlangan.
Yalkin bo‘lub barduqu,
Ko‘nglum angar bog‘layu.
Qoldlm orginj qadg‘uqa,
Ishim uzu yig‘layu.
Mazmuni:
Seviklim yetti uzoq,
Ko‘nglim unga bog‘layman.
Qoldim chuqur qayg'uda,
Uzzu kunlar yig'layman.
(O‘sha kitob. 324-bet.)
Bu baytda ham shoir sevgilisidan yiroqda ekanligi va shu sabab chuqur
qayg‘uga botgani hamda kun-u tun yig‘lab kun kechirayotganini juda ta’sirli
ifodalangan.
Bulnar meni ulas ko’z,
Qara mengiz qizil juz.
Andin tamar tugal tuz,
Bulnap jana ul qachar
Ma’nosi: Bu mast ko’zli (seviklim) porloq yuzidagi yoqimli qora xoli bilan
meni asir qiladi. Xuddi (go’zal) yonoqlaridan shirinlik tomayotganday meni asir
qiladi-da, so’ng mendan qochadi.
Yor tasviri barcha ijodkorlar ijodida yetakchi o‘rinda turadi. Mazkur
baytlarda ham Mahmud Koshg‘ariy yorining go‘zal ko‘zlari, yuzidagi dona holi
juda go‘zal o‘xshatishlar bilan tasvirlaydi.
Yalvin aning ko’zi,
Yelkin aning o’zi,
Yo’lunayin yuzi
Yardi mening yurak.
Sevgilisini maqtab shunday yozadi: uning ko’zi kishi (ko’nglini) ovlaydigan
sehrgardir. O’zi musofirdir, yuzi to’lin oydir.Qarashi bilan u meni otib, yuragimni
yordi.Bu kabi o‘xshatmalar asarning qimmatini oshiradi.Badiiyatini juda ham
go‘zallashtiradi.
Bardi ko‘zum jaruq,
Aldi o‘zum qonuqi,
Qanda erinch qaniqi,
Emdi uzun uzg‘urur.
“Ko‘zimning nuri ketdi, mening ruhimni ham olib ketdi.U hozir qayerda
ekan? Endi meni uyqudan uyg‘otadi.”
(Ko‘z qorachig‘im(seviklim) ketdi.U ketishi bilan mening ruhimni ham o‘zi
bilan birga olib ketdi Endi u qayerda ekan?Uning yo‘qligi meni uyqudan
uyg‘otadi,uyquga yo‘l bermaydi.)
“Devoni lug‘otit turk” asarinig 1-qismining 81-betida keltirilgan ushbu
she’rda shoir muhabbat tasvirini chiroyli ifodalar, o‘xshatmalar bilan bayon qilgan.
Asarda bu kabi muhabbat tasvirlarini ko‘plab uchratishimiz mumkin.
O‘zik meni qumitti
Saqinch mena jumitti
Ko‘nlum anar emitti,
Juzum menin sarg’arur.
Bu baytda shoir seviklimga bo‘lgan shavq va muhabbat meni hayajonga
soldi. Qayg‘ular menga to‘plandi. Ko‘nglim unga moyil bo‘lgani uchun yuzim sarg‘aymoqda deya, o‘zining yor hajrida zabun bo‘lgan holatini she’riy misralar orqali tasvirlashga harakat qiladi.
Aydum anar sevuk,
Bizni taba ne eluk,
Kechtin yazi kerek
Qirlar eziz bezuk.
Bu baytda esa Mahmud Koshg‘ariy seviklisini ko‘rish haqida
aytadi:ey,seviklim, bizning tomonga qanday o‘tding-u, uzun cho‘llar,buyuk
qirlarni qanday kechding,dedim, deydi. Bu murojaat orqali, yoridan bu yerlarga qanday qilib kelib qolgani, mashaqqatlarni qanday yengib o‘tganini so‘raydi.
Igladi mening azaq,
Ko’rmazib o’g’ri tuzaq,
Ikladim andin uzaq,
Emlagil emdi tuzaq.
Yashirin tuzoqni ko’rmay, mening oyog’im ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey
seviklim, endi o’zing davola.
Yig‘lab uzu artadim,
Bag‘rim bashin qartadim,
Qachmish qutug‘ irtadim,
Yag‘mur ko‘ni qan sachar.
Shoir aytadiki:sevgilim orqasidan yig‘lab ishdan chiqa yozdim, bitib qolgan
bag‘rim yarasini qaytadan tirnadim, ketgan baxtni qidirdim, ko‘zim yomg ‘irday qon sochadi. Haqiqatdan hajr azobi oshiq uchun juda mashaqqatli bo‘lib, bu azobni yengish oshiqdan juda katta matonatni talab qiladi. Ishq yo‘li shunday uzoq va mashaqqatli yo‘lki, bu yo‘ldan faqat o‘ziga ishongan, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan insonlargina eson-omon chiqishi va yor vasliga musharraf bo‘lishi mumkin.
Biz “Devoni lug‘otit turk” asarida bu kabi ishq-muhabbat talqin qilingan
she’rlarni juda ko‘plab uchratishimiz mumkin va ularning har biri katta e’tiborga
molik she’rlardir , shu sabab bular Mahmud Koshg‘ariyning yetuk ijodkor
ekanligidan dalolat beradi.

II BOB.


“ Devonu lug’atit - turk ” asarini o’qitishda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish
2.1.Mahmud Qashg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asarida tarbiyaga
oid fikrlar
“Devoni lug‘otit turk” asari keng qamrovli, mavzu jihatdan g‘oyat keng
bo‘lib, o‘z ichiga turli mavzularni qamrab oladi.Jumladan, tabiat tasviri “Devoni lug‘otit turk” asaridagi yetakchi mavzular sirasiga kiradi. Shoir so‘zlar lug‘atlarini keltirar ekan, ularga misol tariqasida she’rlar, maqollar ham keltiradi. Ana shu she’rlarda tabiat tasviri, yil fasllar almashinuviga bag‘ishlangan ko‘pgina she’rlarni uchratishimiz mumkin.Masalan,quyida tabiat tasviriga bag‘ishlangan ayrim baytlardan namunalar keltiramiz:
Turlug chechak yarildi,
Barchin yazim kerildi,
Uchmaq yeri ko’ruldi,
Tumlug’ yana kelgusuz.
Ma’nosi, bahorni ta’riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi
(sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko ’rildi. Sovuq hech qaytib
kelmas darajada havo isidi.
Yuqoridagi baytda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tasvirlangan bo‘lib,
bahorda atrof-muhit xuddi jannat yeri kabi go‘zal bo‘lib ketishi, turli chechaklar ochilib, atrofga yanada oro berishi tasvirlangan.
Yigitlarig ishlatu,
Yag’ach yamish irg’tu,
Qulan keyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.
Ma’nosi: O’yin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt
mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir
necha kun bayram qilib yayraylik.
Bu baytda shoir, o‘yin-kulgi va tabiat ne’matlaridan zavq olib, yayrab
yashash kerakligini tasvirlashga harakat qilgan.
Jaratti jashil jash,
Savurdi o’rung qash,
Tizildi qara qush,
Tun, kun uza yurkanur.
Osmonni ta’riflaydi: tangri osmonni feruza rangida ko’m-ko’k qilib yaratdi.
Yulduzlar bilan bezadi. Uzukka ko’z qo’ygandek, qosh oq uzuk uchun
ishlatiladigan tosh – mezon yulduzi (turkcha qora qush) unda tuzildi. Kecha bilan
kunduz bir-birining ustiga qoplanadi.Yuqoridagi baytda, tabiatning buyuk ne’mati bo‘lmish osmon va yulduzlar, osmonning sofligi, musaffoligini tasvirlaydi. Bunda tashbih, ya’ni o‘zshatish san’atidan keng foydalanadi.
Qizil, sariq arqashib,
Jerkin, yashil yuzkashib,
Bir-bir kero’ yo’rkashib,
Yalinguq ani tanglashur.
Qizil, sariq gullar bir-biriga suyanishib, yashil rayhonlar bir-biri bilan
o’ralishib korinadi. Ularni ko’rgan kishi tang qoladi, hayron qoladi.
Bu baytda tabiatdagi bir-biridan go‘zal, insonga zavq-shavq bag‘ishlovchi
gullarning go‘zalligi. Ularni ko‘rgan kishining bahri-dili ochilishi tasvirlangan.
Yay ko’rkinga inanma,
Suvlar uza tayanma.
Esizligig anunma,
Tildan chiqar ezgu so’z.
Bahor korkiga, uning rang-barang gullariga, chiroyliligiga ishonma, undan
yaxshilik umid qilma. Suvga tayanma, chunki dunyo ne’matlarining shirinligiga, bahor go’zalligiga suyangan kishi suvga suyanganlar kabidir. Yomonlikka otlanma, tilingdan doim xalq sendan minnatdor bo’ladigan yaxshi so’zlar chiqar.
Yaruq yulduz tug’arda,
Uznu kelip baqarman,
Satula-yu sayraship
Tatlig’ unun qush utar.
Yorug’ yulduz tugar vaqtida uyqumdan uyg’onib, daraxtlarga qarayman,
qushlarning shodlantiruvchi yoqimli sayrashlarini tinglayman.
Bu misralarda tabiat sofligi,musaffoligi inson ruhiyatiga ham ta’sir qilib, uni
tinchlantirish xususiyatiga ega ekanligi tasvirlangan.
Etil suvi aqa turur,
Kaja tubi kaka turur,
Baliq tilim baqa turur,
Qo‘lun taqi qo‘sharur.
Edil suvi qattiq tog‘ etaklariga urilib oqmoqda.U suvlardan paydo bo‘lgan
yasama kulchalarda baliqlar,baqalar ko‘paymoqda.
Qishqa etin kelsa qali qutlug‘ yay.
Tun,kun,kecha alqinur o‘zlak bila oy.
Barakali yoz kelsa, qishga tayyorlan,chunki kecha va kunduznig o‘tishi bilan
oy va zamon kechadi(yoz o‘tib,qish keladi).
Yay baruban erko‘zi,
Aqti aqin munduzi,
Tug‘di yarug‘ yulduzi,
Tingla so‘zum ko‘lgo‘so‘z.
Bahor tonggi yoridi,muzlar erib,sel suvlari kabi qattiq oqa boshladi.Yorug‘
tong yulduzi ham nur sochib chiqdi. Ajoyib so‘zimni kulgisiz tingla.
Iqilachim erik bo‘ldi,
Erik bo‘lg‘u yeri ko‘rdi.
Bulut o‘rub ko‘k o‘rtildi.
Tuman to‘rub toil yag‘di.
Sho‘x, o‘ynoqi otim sur’at bilan chopdi, yugurishda o‘zdi.Bulut ko‘tarilib,
tuman tushib, do‘l yoqqani u shunday sho‘xlanishni munosib topdi.
Uzu barib, o‘kush evdim,

Telim yurib, ko‘chi kevdim,


Atim birla tegu evdim
Meni ko‘rub, esi ag‘di.
Chiya bo‘ri haqida aytadi: uni qo‘lga olish uchun shoshildim,uning ketidan
to‘xtovsiz quvlay berib, kuchdan toldirdim, otim bilan unga yetib oldim.Meni
ko‘rib yunglari xurpayib ketdi.
Qish yay bilan to‘kushti,
Qinir ko‘zin baqishti,
Tutushqali yaqishti,
Utg‘alimat og‘rashur.
Qish yozga to‘qnashdi, bir-birlariga ular yomon ko‘z bilan qaradilar, birbirlarini tutish uchun yaqinlashdilar.Ularning har biri g‘alaba qozonish va
yengishni istar edilar.
Qaqlar qamug‘ ko‘lardi,
Tag‘lar bashi ilardi,
Ajun tani ilirdi,
To‘to‘, chechak yerkashur.
Suvlar ko‘payib, chuqurlar ko‘lga aylandi. Tog‘ boshlari xayoliy narsa kabi
(arang ko‘zga) ilashdi. Dunyoning nafasi ilidi, daraxtlar gulladi, yilqilar uyur
olishdi. Har xil gullar saf tortdi.
Qar, buz qamug‘ erishdi,
Tag‘lar suvi aqishdi,
Ko‘kshin bulut o‘rishdi,
Qayg‘uq bo‘lub egrishur.
Yozni ta’riflab yozadi: qor va muzlar hammasi eridi, toglarning suvi
oqdi.Osmonda ko‘k bulutlar paydo bo‘ldi.Ular qayiqlar suvdan o‘ynaganiga
o‘xshab suzishadi.
Qulon tugal qumutti,
arqar soqaq yumutti,
Yaylag‘ taba emitti,
Tizg‘ik torub sekrashur.
Bahorni ta’riflab yozadi:
Bahor qulon, kiyiklarni hayajonga soldi, tog‘ echki va kiyiklarni to‘pladi,
ular yaylovlarga mayl qildilar.U yerlarda shodlikdan saf tortib, sakrashib
o‘ynamoqdalar.Shuni aytish lozimki, yuqoridagi kabi bahor,yoz ta’riflariga bag‘ishlangan, osmon va yulduzlar tasviriga qaratilgan, tabiat ne’matlarini ulug‘lovchi ko‘pgina she’rlarni biz “Devoni lug‘otit turk” asarida uchratishimiz mumkin. Bu Mahmud Koshg‘ariyning tabiatga alohida e’tibor qaratgani, tabiatdagi har qanday mayda detallardan ham olam-olam ma’no va mazmun yuzaga keltirganidan dalolat beradi.Shunday ekan, Mahmud Koshg‘ariyning ijodkorlik salohiyatiga tahsin aytmay ilojimiz yo‘q.

2.2.Mahmud Qashg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asarini o’qitishda


pedagogik texnologiyalarning tamoyillari.
«Devonu lug‘otit turk»dagi badiiyat namunalarining aksariyati axloqiy
ma’naviy mohiyatga ega. Ularda yoshlarni keksalaming o'gitiga quloq tutishgan
chaqiriladi. Yuksak insoniy fazilatlar ulug‘lanadi.Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p
yurtlarda bo‘lib, ilm va ilmli kishini ulug‘lovchi she’riy parchalarni ham
to'plashga harakat qilgan. Asar matnida ularga keng o‘rin berilganligi fikrimizni
quvvatlantirdi:
Us es kо‘rub yuksak qaliq qodi chaqar,
Bilga kishi o‘gut berib tavraq uqar,
Mazmuni:
Karkas yirtqich hayvonlardan qolgan go‘shtni (ovni) ko‘rib, o'zini osmondan
tashlaydi. Donishmand kishilami qiziqtiradigan ov—o‘git-nasihatdir. Ular
o‘gitni eshitishlari bilanoq quloqqa oladilar. (0 ‘sha kitob. 53-bet.)
Pand- nasihat, o‘gitlarnitinglash va ularga amal qilish donishmandlik
belgisi bo'lib, she’riy parchalarda katta hayotiy tajribaga ega kishilaming so'zlariga
amal qilishga chaqiriladi:
O‘rgan aning biligin,
Kunda angar baru.
Qutquluqni tapingin,
Qo‘zg‘il qochar naru.
Mazmuni:
O‘rgan uning bilimin,
Borgil o‘shal sari.
Qutlug‘ ishga bo'ysungin
Kibrni quv nari.
Biligni urdadim
Bo’guni uzurdum
O’zumni azirdim
Yalg’il atim yazlinur.
Ilmu donishni istadim. Ilmli donishmandlarni qidirdim. O ’zimni odamlar
orasidan ayirdim. Buning uchun oq yolli otim yechiladi.
Bu misralar orqali, ijodkor ilm-u hikmat izlashdan aslo to‘xtamagani, o‘zini
odamlar orasidan olib qochib faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lganini aytadi va bu orqali kitobxonlarni ham ilmli, ma’rifatli bo‘lisga chorlaydi.
Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin,
Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan.
Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida yaxshilik
yetkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l, deydi shoir. Haqiqatan,
ilm-ma’rifatli bo‘lish bilan birga insonning xulqi ham go‘zal bo‘lmog’i darkor. Sababi shuki, olim bo‘lish –oson, odam bo‘lish qiyin. Eng avvalo go‘zal xulqli inson bo‘lishimiz kerak.
Erdi uza eranlar,
Erdam begi bilig tag‘
Aydi o‘kush o‘gutlar,
Ko‘nlum bo‘lur anar sag‘
Ilgarilari ilmli, hikmatshunos, fazilatli kishilar bor edi.Ular ko‘p nasihatlar
so‘zlar edilar.Ularni eslash bilan ko‘ngil safo topadi.Shoir aytadiki, ilgarilari ilmli isnonlar ko‘p edi, ularning nasihatlari joningga ora kiradi, dega ma’noda yuqoridagi misralarni keltiradilar. Darhaqiqat, o‘tmishda shu kabi donishmand ajdodlarimiz juda ko‘p bo‘lgan.
Kelsa qali yarlig‘ bo‘lib yunchig‘ uma,
Keldur anuq bo‘lmish ashig‘ tutma uma.
Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash,
uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek
ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham quyidagicha ma’no ifodalangan: Bechora, ojiz,g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan(o‘zingda bo‘lgan ) narsani mehmonga tezlik bilan taqdim qil, kechiktirib, beparvolik qilib , mehmonga malol keltirma.
Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa,
Qilg‘il anar ag‘irliq.
Artut alib anung‘il
Ezgu tavar og‘urluq.
“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘ni-qo‘shnichilik, yaqinlarga mehrmuhabbatli bo‘lishga undovchi she’rlar ham uchraydi. Yuqoridagi baytda shunday
ma’no ifodalangan:
Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a
olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla.
Erdam tila o‘granin bo‘lma ko‘vaz,
Erdamsizin o‘kunsa enmago‘za anar.
Ilmli-ma’rifatli bo‘lishga undash Mahmud Koshg‘ariy ijodida yetakchi
mavzulardan biri sanaladi. U kishilarni bilimli bo‘lishga, ilm olishdan aslo
to‘xtamaslikka undaydi.Ilm, hikmat o‘rgan, o‘rganishda havoyilik qilma, hech narsa o‘rganmasdan o‘zini bilimdon ko‘rsatib maqtangan kishi, imtihon vaqtida uyaladi, achinadi.
Qolsa qali og‘rayin,
Bergil taqi azuqluq
Qarg‘ish qilur umalar
Yunchig‘ ko‘rub qonuqluq.
Qo‘noq senga so‘ranib kelsa, oziq-ovqat berib kut, agar mehmondo‘stlik
yomon bo‘lsa, mehmon qarg‘aydi. Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina
o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi.
Haqiqatan ham, mehmon otangdek ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi
misrada ham shunday ma’no ifodalangan
Tavar kimin o‘kulsa,
Beglik anar kerkalur,
Tavarsizin qalib,
Beg eransizin emgayur.
Bu misralar orqali ijodkor hayot haqiqatlarini bayon qiladi. Hamma
davrlarda ham mamlakat boshqaruvi, davlat boshqaruvi mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan
insonlarga berilgan. Chunki, boshqa insonlar uning boyligi uchun unga
bo‘ysunganlar. Yuqoridagi misralarda ham shu ma’no ifodalangan:
Kimning moli ko‘paysa, u boshqalardan ko‘ra davlatni idora qilishga
loyiqroq bo‘ladi.Molsiz qolgan bek odamsiz qiynaladi, odamlarni qovushtira
olmaydi.Chunki odamlar uning moli uchun xizmat qiladilar.
Bardi eran qo‘nuq,
Bo‘lub qutqa saqar.
Qaldi alig‘ uyuq,
Ko‘rub evni yiqar.
Bu misralarda shoir biroz kesatib yozadi. Chunki, ijodkor yashagan davrda
ham hozirda ham mehmonni xushlamaydigan insonlar uchrab turadi. Ammo
mehmon kelsa eshikdan rizqi kelar teshikdan , deyilgan. Doimo qo‘li ochiq,
bag‘rikeng bo‘lmog‘imiz lozim.
Emgaksizin turg‘u yo‘q munda tamu,
Ezgulugun ko‘rmazib ajun chiqar.
Bu dunyoda kishining mashaqqatsiz turishi hech mumkin emas.Biror
yaxshilik ko‘rmay turib, inson dunyodan o‘tadi.
Yuqoridagi bayt orqali hayotda mashaqqatlarga inson ko‘p duch kelishi,
mashaqqatsiz hayot yo‘qligi va umrning o‘tkinchiligiga ishora berilgan.
Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula,
Baqqil angar ezgulugung ag‘sin qula (1, 149).
Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul sochma, yaxshilik qil,
yoqimli qiliq bilan hurmatla.
Bu misralar orqali birov sendan yordam so‘rab kelsa, sen bunga xursand
bo‘l, Tangring seni shunday birovlarga nafi tegadigan qilib yaratganiga shukr qil,
degan ma’no ifodalandan. Haqiqatan, ham inson birovlarga nafi tegsagina haqiqiy
inson sanaladi.

2.3. “Devonu lug’atit-turk” asarini ta’limiy texnologiyalar asosida o’qitish


Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari ulug` olim, mutafakkir
Mahmud Qoshg`ariy (XI asr)ning "Devonu lug`atit turk" asarida keng bayon
etilgan.Asar 1076-1077 yillarda yozilgan va yoshlarga nasihatlar tarzida tuzilgan she’riy parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat, ov va jang manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan.
She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli kishilarni hurmat qilish,
mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ`ib qiluvchi, baxil,
ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar
ko`p uchraydi.Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan.Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik xushxulqlik mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi.Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undash, uning
foydalari, ilm axlini xurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga
ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslaxat beriladi:
O’g’lim, senga qoldirdim o’git, Unga amal qil.
Olimlarga yaqinlash, baxra olgil, Tutib dil.
Ma’lumki, bilim-ma’rifatli kishi kibr-xavodan uzoqroq turishini
ta’minlaydi, bunga insonning o’zi xam sababchi deb uqtiradi, o’gitlarda.
Ilm sari intilishni kutlug’ ish sanaydi. Demak, har bir kishi ilm sari intilishi,
unga bo’ysunishi, moyil bo’lishi, kibrni esa o’zidan nari surishi kerak bo’ladi.
O`rgan uning bilimin, Borgin uning sari.
Qutlug’ ishga bo’ysungin, Kibrni quv nari. ( IIt. 161-162)
Aqlli odamning zexni o’tkir bo’ladi, u xar qanday o’git -nasixatni
xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning pastda ovni ko’rgandagi tezlik
bilan sho’ng’ishiga o’xshatadi. Oqil odam zexnining tezligi kush parvoziga
qiyoslanadi:
Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar,
Olim kishi o’git bersa, darxol uqar. (III t.53)
Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan.
«Devonu lug’atit turk» asarida insoniy fazilatlarning ajralmas qismi
xushxulqlik alohida ajratib ko’rsatiladi. Har bir inson egallashi lozim bo’lgan
ezgulik-yaxshilik, umum manfaati uchun mexnat qilish hushxulq insonga xos fazilat ekanligi uqtiriladi:
Ulug’liging oshsa agar. Xushxulq bo’lg’il.
Bek yonida xalq uchun Xo’b ish qilg’il.(I t.95)
Kishilar o’rtasidagi totuvlik, axillikning muximligini xam quyidagicha
ifodalaydi:
Qo’ni-qo’shni, qarindosh Ko’rsin sendan yaxshilik.
Ne-ne sovg’a qilishsa Yaxshirog’in qil tortiq. (I t. 137)
Yana bir she’riy parchada shoir inson faqat o’zini o’ylamasligi,
o’zgalar manfaati uchun ham xarakat qilishi lozimligini aytadi:

Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga,


Qo’noqqa ko’rgiz izzat, Yozsin sha’ning uzoqqa. (I t.80)
Shoir mol-mulkka xirs qo’ymaslik, insonning mol-mulki ko’payganda xam
mag’rurlanib ketmaslikni, bu borada keksa avlod o’gitlariga rioya etishni
ta’kidlaydi.
Ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasixatlarga boy she’rlar inson
turmushining turli tomonlariga oiddir. Inson xayotining abadiy emasligi, shuning
uchun xam kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik xusniga ishonish suvga suyanish bilan barobar, deydi. Shu bilan birga she’r parchalarida:
Kimning ko’ngli bo’lsa
Qashshoq, kambag’al.
To’q bo’lmaydi,
Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar xam uchraydi.(III t.257)
Bu pandlar xozirgi davrda xam o’z axamiyatini yo’qotmagan. CHunki
ma’naviy boy bo’lmagan mamlakat xech qachon moddiy tomondan
mustaxkamlana olmaydi. «Devonu lug’atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga
oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda xam qo’shiqlardagi
kabi do’stg’ik va hamkorlik mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb -hunar
egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usi, tejamkorlikning
ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizliq yaxshilik va yomonlikning natijalari, axloq-odob qoidalari, sixat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar talqin etiladi.

XULOSA
"Devoni lug‘atit turk" nihoyatda yuksak tarixiy va badiiy ahamiyatga ega,


ayni paytda u turkiy xalqlar va umuman turkiy olamning ijtimoiy-ma'naviy
hayotiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi.
Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud Qoshg‘ariy hayoti haqida
nihoyatda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Ma'lumki, u 1008 yilning boshida
Qoshg‘ar shahri yaqinidagi Opal qishlog‘ida tug‘ilgan. 1105 yilda 97 yoshida
olamdan o‘tgach, Opalda dafn etilgan. Maqbarasi Muqaddas ustoz sag‘anasi, deya
nom olgan bo‘lib, unga behisob ziyoratchilar tashrif buyurishadi va mutafakkir xoki oldida bosh egishadi.Mahmud Qoshg‘ariy butun Sharqqa mashhur bo‘lgan Songra madrasasida tahsil olib uni taxminan 1055 yilda tamomladi. So‘nfao‘qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibiga aylandi.
"Devoni lug‘atit turk" asarini yaratish uchun Mahmud Qoshg‘ariy turkiy
qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057 yildan 1071 yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi. Buyuk olim o‘z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she'r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo‘llagan 875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan.
Ushbu asar ilk filologik tadqiqot va turkiy so‘zlar etimologiyasi keltirilgan
birinchi qiyosiy lug‘atdir. Ayni paytda bu asarni faqat lug‘at deb hisoblash
noto‘g‘ri, unda Markaziy Osiyo xalqlarining xalq og‘zaki ijodi namunalariga xos
ko‘plab noyob ma'lumotlarni kuzatamiz.
Kirish so‘zida Mahmud Qoshg‘ariy shunday yozadi: "Men Falak turkiylar
zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni «turkiy» deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar edi va hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylardan saklanish uchun har bir oqil kishi ularga ergashmoqqa intilardi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak".Ushbu fikrlar XI asrda tashkil topgan Qoraxoniylar davlati to‘g‘risida aytilgan edi. Chindan ham "Devoni lug‘atit turk" qomusiy asardir. U turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak pog‘onaga ko‘tardi.Mahmud Qoshg‘ariy qonun va tartibga rioya qilishga da'vat etish bilan birga hayotni bebaho ne'mat sifatida qadrlashni uqtirdi, qayta-qayta ilmni ulug‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda "Devoni lug‘atit turk" butun ma'naviy badiiy xususiyatlari bilan betakror obidaga, turkiy xalqlar tarixi to‘g‘risidagi dostonga aylandi.Asar bosh g‘oyasi bitta falsafiy fikrga yo‘naltirilgan. Olim yurtni ulug‘lash, turkiy xalqlarni birlashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish muhimligini ta'kidlaydi.
700 sahifadan iborat "Devoni lug‘atit turk" asari jahon madaniyati va ilmfani rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa xisoblanadi. Qo‘lyozmaning yagona va eng
qadimgi nusxasi 1226 yilga oid bo‘lib, Turkiya Milliy kutubxonasida saqlanadi.
Mahmud Qoshg‘ariy shuni isbotladiki, turkiy tilning ahamiyati arab
tilinikidan kam emas. Til va adabiyotning qadimiy obidasi - "Devoni lug‘atit turk" yaratilganidan buyon o‘n asrdan oshiq vaqt o‘tdi. U hamon turkiy xalklar tarixini o‘rganishda betakror manba hisoblanadi. Buyuk olim, turkiy leksikograf, grammatist va dialektolog Mahmud Qoshg‘ariy nomi turkiy xalqlar tarixiga qiziquvchi barcha insonlar uchun qadrlidir.
Ayni paytda asar ingliz, nemis, frantsuz, uyg‘ur, qozoq, ozarbayjon,
turkman, o‘zbek va rus tillariga o‘girilgan. Materiallarining ko‘p qismi
Germaniyada bosilgan qadimiy turk tillari lug‘atida foydalanilgan. O‘tgan asrda chop etilgan "Qadimiy turkiy lug‘at" asari katta shuhrat qozongan bo‘lib, unga "Devoni lug‘atit turk" asari asos bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekistonda Mahmud Qoshg‘ariyning ijodiy merosi mufassal o‘rganib
kelinmoqda. Xususan, Respublika Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti
olimlari "Devoni lug‘atit turk" asariga tayangan holda quyidagi qimmatli
ma'lumotlarni to‘plashdi:
-lug‘at boyligi, ma'lum turdagi leksika;
-turkiy xalqlar joylashgan yerlar haqida ma'lumotlar;
-turkiy tillarning guruhlashtirilishi;
-tarixiy fonetika va grammatika haqida ma'lumotlar;
-turkiy she'riyat, folklor haqida ma'lumotlar;
-qiyosiy tilshunoslik haqida ma'lumotlar;
-turkiy ijtimoiy lingvistika asoslari to‘g‘risida ma'lumotlar va hokazo.
Shuni alohida qayd etish kerakki, institut olimlari professor S.Mutallibov
rahbarligida bu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, to‘rt tomda nashr qildirishdi.
(Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1967 yil). Ayni paytda ushbu mavzuda bir qator ilmiy
maqolalar va risolalar chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik
instituti Qo‘lyozmalar fondida Mahmud Qoshg ‘ariy ijodiga mansub qo‘lyozmalar
saqlanmoqda.Mahmud Koshg‘ariy buyuk ustoz, shoir, olim, mutafakkir sifatida ardoqlanadi. Yubileyi turkologik tadqiqotlar an'analari rivojlangan Germaniya va Fransiyada, Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, XXRning Shinjon Uyg‘ur avtonom tumanida tantana qilinmoqda. U turkiy olamning buyuk allomasi bo‘lib, oradan ming yil o‘tsa-da, hamon biz bilan yonmayon yashamoqda. YUNESKOning fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro tashkiloti Mahmud Qoshg‘ariyning 1000 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qilgani bejiz emas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Karimov.I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Тоshkent:
Ма’naviyat, 2008. –200b.
2. Каrimov.I.A. Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga,kelajakka e’tibor .
–Toshkent:O‘zbekiston, 2009. – 98 b.
3.Mirziyoyev.Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – Тоshkent: O‘zbekiston, 2017. – 456 b.
4.Mirziyoyev.Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz.. – Тоshkent:O‘zbekiston, 2016. – 98 b.
II. Ilmiy adabiyotlar
5. Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq
yulduzi”, 2010-yil,1-son,342-b
6.“Maʼnaviyat yulduzlari” ,Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, Toshkent, 1999-y,45-b
III. Badiiy adabiyotlar
7.Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. Uch tomlik. I
tom. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.М. Мutallibov. – T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1960, 500 b.
8. Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. II tom. – T.:
O’zbekiston FA nashriyoti, 1961, 428 b.
9. Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. III tom. T.:
O’zbekiston FA nashriyoti, 1963, 463 b.
IV. Ensiklopediya va lug‘atlar
10.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Тoshkent: O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2000. – 678 b.
11. Quronov D., Mamajanov Z. va boshqalar. Аdabiyotshunoslik lug‘ati. –
Тoshkent: Akademnashr, 2010. – 450 b.
V. Internet saytlari


Download 63.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling