1985 йилда мактаб дастурига ―Информатика ва ҳисоблаш техникаси асослари‖ фани киритилди


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/42
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1637023
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
1-11-variant 111

Maqsad platformasi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows Operatsiyon tizimi uchun dasturlar yaratishga 
mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 
versiyasidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida 
e'lon qilindi. 
Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS 
X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkon beradi. 
3 Dasturlash tillari Obyektga yo‗naltirilgan dasturlash tillari. Dasturlash tillari va ularning klassifikasiyasi. 
Mashinaga mo‗ljallangan va proseduraga mo‗ljallangan dasturlash tillari. Yuqori darajali dasturlash tillari. 
Interpretatorlar va kompilyatorlar. Dasturlarni translyatsiyalash. Muyyan dasturlash tilining alifbosi, buruqlar tizimi va 
operatorlari. Dasturlashning obyektga yo‗naltirilgan paradigmasi. Obyektlarni loyihalash: satrlar, steklar, ro‗yxatlar, 
navbatlar, daraxtlar. Matematik obyektlar: rasional va kompleks sonlar, vektorlar, matrisalar. Obyektlar kutubxonasi. 
Interfeys obyektlari: boshqarish elementlari, oynalar, dialoglar. Voqealar va habarlar. Obyektga yo‗naltirilgan 
muhitlarda habarlarni uzatish va ularga ishlov berish mexanizmlari. Obyektlar ierarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash. 
Muayyan obyektga yo‗naltirilgan dasturlash tili va unda dastur tuzish asoslari. Delphi dasturlash tili. Delphi dasturlash 
tili. Komponentlar palitrasi. Palitra bo‗limlari va Standard, Additional komponentlar xossalari bilan tanishish. Delphida 
nomlanishlar, forma xossalarini o‗zgartirish. Formaga yangi komponent joylashtirish va unda komponent xossalaridan 
foydalanish, Hodisa tushunchasi. Loyiha va modul strukturasi. Delphida tiplar, ularning ahamiyati. Butun tiplar: sodda 
(tartib va xaqiqiy) tiplar, mantiqiy va simvolli tiplar, tip-diapazon, vaqt-sana tipi. Delphida simvolli va satriy tiplar. 
Simvolli va satriy tiplarning berilishi, ular bilan bajariladigan amallar. Simvolli va satriy kattaliklar. Delphi dasturlash 
tilida o‗zgarmaslar, o‗zgaruvchilar va standart funksiyalar. Delphi dasturlash muhitida tarmoq operatorlari. Delphi 


dasturlash muhitida siklik operatorlar. Delphida massivlar. Prosedura va funksiyalar. Delphi dasturlash tilining grafik 
vositalari. 
4 Sun'iy intellekt — bu inson o'y-fikrini Komp‘yuter da aks ettiruvchi dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish 
uchun, aniq bir masalani yechuvchi kishining fikr jarayonini o'rganish va shu asosda Komp‘yuter tushunadigan tilda 
dastur tuziladi. Bu sqhada asosan, «nima bo'ldi, agar» turdagi evristik (noformallashgan) vazifalar jarayoni Komp‘yuter 
da hal etiladi. Bunda asosiy g'oya «qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan algoritmlardan 
predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar bazasida «nimani hal etish kerak» degan mantiqiy dastur-
lashtirishga o'tishdir. 
Sun'iy intellektning (SI) intellektual xarakterdagi masalalar-ning yechilish usullarini EHM yordamida o'rganuvchi 
fanning hayotda qo'llanib rivojlanib borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi 
ma'lumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET ga taqdim etishning ikki asosiy 
shakli: faktlar va qoidalar mavjud. Faktlar — hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko'rsatkich-larini qayd etadi. 
Qoidalar — odatda sabab va oqibatlarni bog'lovchi mantiqiy sharoitlar ko'rinishidagi faktlararo nisbatlarni bayon etadi. 
SI tizimlari 40 yildan ko'proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir. Paydo bo'lishidanoq teoremani 
avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o'girish), tasvirlarni o'rganish va tahlil qilish
robotlar ishini rejalashtirish, o'yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgan 
yechimni topish. 
5 MATLAB vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy 
amallarni qo‘llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi — MATrix LABoratory-matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini 
topgan. 
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar 
hamda ob‘ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob‘ektlarning holat tenglamalarini avtomatik 
ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo‘lishi 
mumkin. 
Hozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan 
komp‘yuterda modellash tizimiga aylandi. Umuman olganda, MATLAB matematikaning rivojlanishi davomida 
to‘plangan matematik hisoblashlar bo‘yicha tajribani o‘zida mujassamlashtirgan va uni grafik vizuallash va animatsiya 
vositalari bilan uyg‘unlashtirilgan. MATLAB tizimi ilova qilinadigan katta hajmdagi hujjatlar bilan birgalikda EHMni 
matematik ta‘minlash bo‘yicha ko‘p tomli ma‘lumotnoma (bildirgich, spravochnik) vazifasini bajarishi mumkin. 
MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chiqqan va 70-yillarda undan katta EHMlarda keng foydalanilgan. 
MathWorks Inc firmasining mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh 
klassidagi komp‘yuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB tizimini kengaytirish uchun 
matematika, dasturlash va tabiiy fanlar bo‘yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. Hozirgi vaqtda 
tizimning eng yangi versiyasiyalari MATLAB-6 va MATLAB-7 mavjud. 
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an‘anaviy dasturlash tillariga 
nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng modellash vositalari bilan ta‘minlashdir. MATLABning 
imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va texnikaning har qanday sohasida 
foydala
nish mumkin.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling