1991-yillarda O`zbekistonda ta`lim tizimi va pedagogika fani rivoji
Download 0.74 Mb.
|
1991 yillarda ozbekistonda talim tizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attestatsiyasi bilan yakunlanadi.
1991-yillarda O`zbekistonda ta`lim tizimi va pedagogika fani rivoji
“O`ZBEKISTON-kelajagi buyuk davlat.
O`zbekiton Respublikasining Konstitutsiyasi xaliq ta`limining rivojlanishida alohida o`rin tutadi uning IX bob 41- moddasida”Har kim biolim olish huquqiga ega .Bepul ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanafdi.Maktab ishlari davlat nazoratidadir.” deyilgan
O`zbekiston respublikasi xaliq talim vazirligi tavsiya etgan chet tillarni to`g`ri o`rganish asosida O`zbekistonda ko`rik orqali ta`lim olishga yubormoqdalar
O`zbekiston Respublikasi xaliq ta`lim tizimi to`g`risidagi qonuning vazifalari fuqorolarning ilim olish huquqlari va O`zbekiston Respublikasida ta`lim erkin rivojlanishining huquqiy kafolatlarini belgilab berishdan iboratdir
Xalq talimi tizimining maqsadi jamiyatning aqliy kuch –qudrati, ilmiy –ijodiy imkoniytlarini oila ,jamiyat va davlat oldidagi o`z burchini anglab yetadigan har tomonlama barkamol shaxsni yetishtirishdir.
Maktabgacha ta`lim muassalarida bolalar har tamonlama rivojlanadilar va ta`lim tarbiya oladilar.Maktabgacha ta`lim muassalari umumiy urta ta`lim maktablarining boshlang`ich siniflari bilan uzliksiz aloqani Maktabgacha amalga oshirishlari lozim
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarni qondirishga shaxsning ijodiy ta`lim kasb –hunar manfaatlarini qanoatlantirishga va uzluksiz ta`lim tizimini ta`minlashga qaratilgan.
Umumiy o`rta ta`lim umumiy urta ta`lim maktablarida amalga oshiriladi.Umumiy o`rta ta`lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi o`quvchilarga fan asoslarini o`rgatish ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko`nikma va malakalar hosil qilish shuningdek,o`rta maxsus kasb –hunar ta`limiga ularni tayyyorlashdan iboratdir.
O`rta maxsus kasb –hunar ta`limi uzluksiz ta`limning tarkibiy qismi bo`lib uning vazifasi va ish mazmuni o`quvchilarga muayyan yo`nalishda mutaxasislik yoki kasb –hunar ma`lumotini berish va ularda bu boradagi amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Oliy ta`lim ikki bosqichda tashkil etiladi.Birinchisi bakalavriyat,ikkinchisi magistratura.Oliy ma`lumotli mutaxasislar tayyorlash oliy o`quv yurtlari universitetlar,institutlar va akademiyalarda amalga oshiriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga asosan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxasislarning kasb bilimlari va ko`nikmalari yangilash va chuqurlashtirishga ularni zamon talablariga javob bera oladigan darajaga yetkazishga qaratilgan.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib mutaxasislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash universitetlarda malaka oshirish institutlarda amalga oshiriladi.
Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attestatsiyasi bilan yakunlanadi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling