19IO’M-1 guruh talabasi Abduvohidova Naziraxon Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu


O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning xuquqiy bazasi


Download 24.03 Kb.
bet3/5
Sana22.02.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1220311
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning xuquqiy bazasi

O’zbekiston Respublikasi mustaqqillikka erishgan dastlabki yillardanoq, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishga e’tibor berila boshlandi va bu soha bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. 2003 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonun bilan uning huquqiy tayanchi yaratilib, axborotlashtirishning iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslari aniqlandi va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. 1995 yil fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «UzPAK» ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini yartish (MUMT) va xalqaro tarmoqlarga, shu jumladan, Internetga chiqish to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan, korxona telekommunikatsiya xizmatlarini ko’reatish bo’yicha «Milliy operator va provayder» maqomini oldi va xo’jalik hisobidagi «UzNET» axborot -kompyuter xizmati uning tarkibiga kiritildi. Hozirgi kunda ushbu qonunga muvofiq, vazirliklar, idoralar, muassasa va tashkilotlar mamlakat hududida joylashgan bir qator xalqaro tashkilotlarning axborot tizimlari va tarmoqlarini ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’iga birlashtirish yo’li bilan yagona axborot maydoni yaratilmoqda. 1991-2009 yillarda 350 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar chiqarildi. Ulardan 25 dan ortig’i to’liq axborotlashtirish amaliyotiga tegishlidir, qolganlari esa muayyan muammolar bo’yicha alohida me’yorlarni o’z ichiga oladi.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son.
2. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida qog’ozni tejash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida» 1999 yil 7 iyundagi 291-son qarori.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2005 yil 8 iyundagi PQ-117-son qarori.
4. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida 2012 yil 21 mart, PQ-1730-son qarori.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustivor yo’nalishi quyidagilardan iborat:
1. Davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari.
2. Elektron ma’lumotlar bazasi.
3. Fan-texnika axborot (FTA) tarmog’i.
4. Ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muxofaza va sog’liqni saqlash sohalari axborot tizimlari.
5. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari.
6. Favqulotda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlarini yaratish.
Hukumatimiz tomonidan so’nggi yillarda axborotlashtirishga oid quyidagi qonunlar ishlab chiqildi:

  1. Telekommunikatsiyalar to’g’risida.

  2. Axborotlashtirish to’g’risida.

  3. Aloqalar to’g’risida.

  4. Radiochastotalar spektori to’g’risida.

  5. Pochta aloqasi to’g’risida.

  6. Elektron hujjat aylanish to’g’risida.

  7. Elektron to’lovlar to’g’risida.

  8. Elektron raqamli imzo to’g’risida.

  9. Elektrok tijorat to’g’risida.

  10. Kompyuter jinoyatchiligi to’g’risida.

  11. Elektron hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazasi dasturlarini huquqiy himoyasi.

  12. Topologiya va integral sxemalarni huquqiy himoyasi.

  13. Axborotga kirishni kafolatlash va erkinliklari to’g’risida.

  14. Standartlashtirish to’g’risida.

  15. Kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida.

  16. Alohida olingan faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida.

  17. Mualliflik huquqi to’g’risida.

  18. Ilmiy-texnik axborot tizimi to’g’risida.

  19. Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash to’g’risida.

  20. Axborot xavfsizligi to’g’risida.

Yaqindagina O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi tomonidan qabul qilingan «Elektron raqamli imzo to’g’risida», «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida» va «Elektron tijorat to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarining loyihalari birinchi o’qishda qabul qilindi. Nazarimizda bu qonunlar Respublikamizdagi tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlanish huquqiy bazasini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan hisoblanadi.

Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling