19IO’M-1 guruh talabasi Abduvohidova Naziraxon Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu


O’zbekistonda yagona iqtisodiy axborot tizimini qurish kontseptsiyasi


Download 24.03 Kb.
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1220311
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

3.O’zbekistonda yagona iqtisodiy axborot tizimini qurish kontseptsiyasi. Respublikamizda yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish bu milliy iqtisodiyot axborotlashtirish makonini tashkil qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad hozirgi sharoitda vazirliklar, idoralar va bank tizimini bir-birlari bilan aloqalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil qilishdan iborat bo’lib, bunda axborotni yig’ish, jamg’arish, saqlash va tahlil qilish jarayonlarini shakllantirish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratishning asosiy shartsharoitlari va zaruriyati shundan iboratki, mavjud vazirlik idoralar va moliyaviy sohalar ishonchli axborot bilan ta’minlanib iqtisodiy o’sishni ta’minlashi zarur. Bu o’z navbatida yagona keng ko’lamli to’lov balansi bazasini amalga oshirishni ta’minlab beradi. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki O’zbekiston Respublikasi to’lov balansining tashkil qiluvchi axborot bazasini asosan quyidagi vazirlik, tashkilot va idoralar ta’minlab beradi. Buni O’zbekiston Respublikasi to’lov balansining axborot bazasi yaqqol ko’rsatib turibdi.
Axborotlashtirish milliy tizimini yaratishning asosiy maqsadi va vazifasi yagona iqtisodiy axborot tizimini bosqichma-bosqich iqtisodiyotga joriy qilishdan iborat. Yagona iqtisodiy axborot tizimini qurish barcha qatnashuvchilar uchun quyidagilarni nazarda tutadi:

    • axborotni qayta ishlashning avtomatlashgan tizimini tashkil qilish;

    • axborotni olish va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish;

    • olinadigan va uzatiladigan axborotni o’z vaqtida qayta ishlash;

    • hisobotlarni uzatish va olishda insonlar ishtirokini kamaytirishni.

Qurilayotgn yagona iqtisodiy axborot tizimiga turli xildagi talablar qo’yiladi va bu talablarni eng muhim shartlaridan biri tizimni tashkil qilishda boshqaruvchilar tomonidan to’g’ri echim qabul qilishdir. Tizim uchun shunchaki dasturlar kerak emas, balki amaliy dasturlar, kompyuterlar, kommunikatsiya uskunalari, aloqa kanallaridan iborat bo’lgan yaxlit texnologiya kerak.
Tizim axborot ta’minoti to’g’risida so’z yuritadigan bo’lsak, bu tizim ma’lumotlar bazasi quyidagilardan tashkil topishi kerak:

    • tijorat banklari hisobotlari ma’lumotlar bazasi (MB);

    • tijort banklari (TB);

    • tilla va valyuta zahiralari bo’yicha ma’lumotlar bazasi;

    • bank tizimini kadrlar bilan ta’minlash ma’lumotlar bazasi; · Markaziy bank hujjat aylanishi tezkor ma’lumotlar bazasi;

    • tizim administratori ma’lumotlar bazasi; · soliq tashkilotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatga oluvchi ma’lumotlar baza;

    • xo’jalik yurituvchi sub’ektlari byudjet va nobyudjet fondlari bilan o’zaro munosabatlari ma’lumotlar bazasi;

    • yagona ma’lumotnoma;

    • import va eksport bo’yicha Davlat soliq qo’mitasi bitimlari ma’lumotlar bazasi;

    • avtomobil vositalarini davlat ro’yxatiga oluvchi ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasi;

    • ichki ishlar vazirligining fuqarolar pasportlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi;

    • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatga olish bo’yicha adliya vazirligi ma’lumotlar bazasi;

    • mahalliy ijro etuvchi hukumat tashkilotlaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ro’yxatga oluvchi ma’lumotlar bazasi va boshqalar.

Bundan tashqari boshqa vazirliklar va idoralar ham yagona iqtisodiy axborot tizimiga ulanish uchun o’z ma’lumotlar bazasini yaratishlari lozim.
Respublika yagona iqtisodiy axborot tizimining to’laqonli faoliyati uchun quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim:

    • axborot harakatini tarkibiy qismlariga qo’yiladigan tlablar; · axborot harakati qo’shma tizimlariga talablar;

    • tizimdagi axborotni yig’ish va qayta ishlash texnologiyalariga talablar;

    • tizimni tashkil qiluvchilar o’rtasida ma’lumotlar bazasini uzatishga bo’lgan talablar;

    • texnik va dasturiy ta’minotga bo’lgan talab; · texnik va dasturiy vositalarning nosozlik jarayonlari;

    • ma’lumotlar bazasining yaxlitligini tiklashga talablar.

Yagona iqtisodiy axborot tizimi uchun hozirgi kunda lokal hisoblash tizimi va telekommunikatsiya ta’minoti juda muhim hisoblanib, quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
·respublika apparatida 200 dan kam bo’lmagan kompyuterlarni birdaniga ulanishi va 10 dan kam bo’lmagan foydalanuvchilarning quyi tizimlarda mavjud bo’lishi;
· tarmoq uskunalari sifatida zamonaviy yuqori tezlikdagi tarmoq texnologiyalaridan foydalanishning tashkil qilinishi;
· virtual tarmoqlar bo’yicha trafiklarni uzatish holati;
· lokal hisoblash tarmog’i ishtirokchilarini global tarmoqqa 64 Kbt/s. dan 2 Mbt/s. gacha tezlikda ulanish imkoniyati;
·hududiy taqsimlangan tarmoq va lokal hisoblash tarmog’i yordamida ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’mmnlanishi.
Shunday qilib, yagona iqtisodiy axborot tizimini bosqichma-bosqich iqtisodiyotga joriy qilish – milliy axborot tizimini yaratishga olib keladi.

Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling