Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi Xalqaro kredit


Download 1.66 Mb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1484956
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu

Xalqaro kredit – bu tovar va valyuta koʻrinishidagi mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik, foiz toʻlashlilik shartlari asosida berish bilan bog’liq boʻlgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi qarz mablag’lari harakatidir.

  • Xalqaro kredit – bu tovar va valyuta koʻrinishidagi mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik, foiz toʻlashlilik shartlari asosida berish bilan bog’liq boʻlgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi qarz mablag’lari harakatidir.
  • Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi
  • Xalqaro kreditni yuzaga kelishiga sabab boʻlib, ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, globallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi hisoblanadi.

Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
  • Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag’lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon boʻladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga keladi;
  • Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida koʻrsatilgan muddatda kreditni qaytarilishini ta’minlash;
  • Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni toʻlashni kafolatlanganligi;
  • Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq maqsadlarga yoʻnaltirishni koʻzlash va uni birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag’batlantirish uchun qoʻllash;
  • Foiz toʻlashlilik.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun qarz kapitallarini mamlakatlar oʻrtasida qayta taqsimlash. Qarz kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi koʻproq, daromadliroq boʻlgan tarmoqlarga intiladilar;

  • Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun qarz kapitallarini mamlakatlar oʻrtasida qayta taqsimlash. Qarz kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi koʻproq, daromadliroq boʻlgan tarmoqlarga intiladilar;
  • Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz toʻlovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlarni iqtisod qilish;
  • Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashtirish. Xorijiy kreditlarni jalb qilish tufayli qoʻshimcha qiymatni kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamg’armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallari boshqa davlatlarning mablag’lari qoʻshilishi oqibatida koʻpayadi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling