1amaliyish 1700753326
Download 52.64 Kb. Pdf ko'rish
|
ghy
1-rasm. SBU stanogining kinematik sxemasi: 1-uzatish pnevmosilindri, 2- porshen shtoki,
3-aylantirgich, 4-burg‘ilash snaryadi, 5-gusenitsali yurish uskunasi, 6-machtani ko‘taruvchi gidrosilindr, 7-domkrat, 8-gusenitsa, 9-maslostansiya, 10-bort reduktori, 11-ventilyator, 2-chang bostirish qurilmasi Porshen shtok 2 bilan birga 1050 mm yurish o‘lchamida pastga 6 kN va yuqoriga 9 kN kuch bilan suriladi. Aylantirgich porshen shtoki 2 bilan bog‘langan bo‘lib, truba shakldagi yo‘naltirgich bo‘ylab siljitiladi. Aylantirgich asinxron elektrodvigatel M1 va ikki pog‘onali planetar reduktor (2K-N sxemasi bo‘yicha) va shpindeldan tashkil topgan. Aylantirgich shpindeliga pnevmozarbbergich bilan birga shtanga ulanadi. SBU-100G-35 stanogining baza modeli qattiqligi f=6-16 bo‘lgan kon jinslaridan diametri 100-125 mm va chuqurligi 35 m gacha bo‘lgan vertikal va qiya skvajinalarni burg‘ilaydi.stanokning f=12 qattiqlikdagi kon massividagi unumdorligi 36m/smena gacha ni tashkil etadi. Stanokda K-105K va K-125K koronkalari hamda P-105K va P-125K pnevmoudarniklari ishlatiladi. Stanokning yurish uskunalari ikkita gusenitsali telejkadan tashkil topgan. Har bir gusenitsa quvvati 5,5 kVt li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Stanok tashqaridan pult yordamida boshqariladi. SBU-100P-35 stanogi SBU-100G-35 stanogining modifikatsiyasi hisoblanadi. Uning yurish qismi – payvand orqali qurilgan rama, ikkita bort va pnevmoshinali to‘rtta yetaklovchi g‘ildirakdan tashkil topgan. Har bir bortning yuritmasi chervyakli reduktor va tishli uzatmalardan tashkil topgan. SBU-100N-35 – o‘ziharakatlanmaydigan stanok. Stanok machtasi qo‘l lebedkasi yordamida ko‘tariladi va metall pales yordamida tutib turiladi. Stanokning burg‘ilash jarayonidagi muvozanatini ta’minlash uchun salazkalariga yuk taxlanadi. Stanok masofali pult yordamida boshqariladi. SBR – keskich koronkali aylantirib burg‘ilovchi stanok. Maydalangan kon jinslari shnek yordamida chiqaziladi. Ikkita modeli ishlab chiqazilgan bo‘lib 123 va 160 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≤2-6 bo‘lgan kon jinslaridan o‘tadi. SBT – reaktiv gorelkali termik burg‘ilash stanoklari. Maydalangan kon jinslari par va gaz yordamida chiqaziladi. Bitta modeli ishlab chiqazilgan bo‘lib shartli 180 va 250 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≥14 bo‘lgan kon jinslaridan 16 m gacha chuqurlikkacha burg‘ilashga mo‘ljallangan Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling