1amaliyish 1700753326


Download 52.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi52.64 Kb.
#1832178
1   2   3   4   5
Bog'liq
ghy

III244,5OK-PV-1R markadagi dolotaning ma’nosi quyidagicha: (III) – uch sharoshkali;
244,5 – dolota diametri; OK – juda qatiq jinslarni burg‘ilash uchun mo‘ljallangan; (P) – havo
bilan markaziy produvka; 1-zavod modeli nomeri. Bundan tashqari dolotada ishlab chiqarilgan
vaqti (oy va yil) va nomeri yoziladi. Ushbu dolota IADC bo‘yicha 822 raqamiga ega, buning
ma’nosi quyidagicha: 8- qattiq qotishma bilan jixozlangan, 2-eng qattiq jinslargacha
mo‘ljallangan, 2-tayanch ishqalanishi havo yordamida sovutiladi.
Sharoshkali dolota va burg‘ilash shtangasi birgalikda burg‘ilash stavini tashkil etadi.
Burg‘ilash shtangalari komplektiga bitta oxirgi shtanga va bir nechta ishchi shtangalar
kiradi. Oxirgi shtanga (zaburnik) dolota va ishchi shtanga oralig‘ida o‘rnatiladi. Shtanga
qalindevorli trubadan yasalib ikkala uchiga konussimon ichki rezba ochilgan quyma qotirilgan.
Quyma ichki teshigi orqali siqilgan havo yoki aralashma o‘tadi. Yuqorigi quyma uyasida yana
bitta kichik diametrli konussimon rezba ochilgan bo‘lib, vertlyug shpindelini shtangaga ulash
uchun xizmat qiladi.
Ishchi shtanga katta uzunlikka ega bo‘lib oxirgi shtanganing konstruksiyasidan farq
qiladi. Ishchi shtanganing bir uchi tashqi konussimon rezba bilan jihozlangan.
Shtanga diametri burg‘ilangan kon jinslarini chiqarish uchun dolota diametridan 20-50
mm kichik olinadi.
Sharoshkali burg‘ilash stanogining machtasi po‘lat ugolnik va shvellerlardan payvandlab
yasalgan fermadan iborat. Machtaning pastki qismi stanok platformasi bilan sharnirli
bog‘langan. Machtaga uni ko‘tarish va tushirish uchun mexanizm maxkamlangan. Bu mexanizm
yordamida machta vertikal ish holatiga va gorizontal transport holatiga keltiriladi. Machtani
ko‘tarish va tushirish gidrosilindrlar yoki kanatli mexanizm yordamida bajariladi.
Machtada aylantirgich, burg‘ilash stavini uzatish va ko‘tarish, burg‘ilash stavini qotirish
va yechish mexanizmlari, shtangalarni saqlash va uzatish qurilmasi joylashadi.


Shtangalarni saqlash va uzatish qurilmasi (separator) ning vazifasi kasseta uyalarida
ushlab turilgan ishchi shtangalarni burg‘ilash staviga o‘tqazishni va undan ajratib olishni
mexanizatsiyalashtiradi. Ishchi shtangalarni burg‘ilash o‘qiga uzatish uchun separator
gidrosilindr yordamida buriladi.
Shtangalarni va dolotani yechish va qotirish uchun yechish-qotirish mexanizmi
qo‘llaniladi. Bu mexanizm yordamida shtangalar va dolotani yechish va qotirish to‘liq
mexanizatsiyalashtiriladi. Bu mexanizm machtaning pastki qismida joylashib qisqich qurilmasi
va rezbani siljitish mexanizmidan tashkil topgan. Bu jarayonlar gidrosilindrlar yordamida
bajariladi. Rezbali birikma siljitilgandan so‘ng aylantirgich yordamida yechiladi yoki qotiriladi.
Keskich koronkali aylantirish bilan burg‘ilovchi stanoklar ishchi uskunalari kesuvchi
burg‘ilash dolotasi va shnekli burg‘ilash shtangasidan iborat.
Burg‘ilash dolotasi kon jinsini buzuvchi elementining zaboy bilan kontaktiga ko‘ra:
doimiy kontaktda bo‘luvchi – qanotli yoki panjali; o‘zgaruvchan kontakda bo‘luvchi – keskich
tayanchlarda aylanuvchi dolota ko‘rinishida bo‘ladi. Birinchi toifadagi dolotalar qattiq qotishma
bilan mustaxkamlangan yassi korpus va xvostovik

Download 52.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling