1amaliyish 1700753326
-rasm. Kanat-porshenli uzatish tizimli shpindelli aylantirish-uzatish mexanizmi. Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari
Download 52.64 Kb. Pdf ko'rish
|
ghy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm.
- III244,5OK-PV-1R
2-rasm. Kanat-porshenli uzatish tizimli shpindelli aylantirish-uzatish mexanizmi.
Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari burg‘ilash asbobi, machta, machtani ko‘tarish va tushirish, shtangalarni saqlash va uzatish, burg‘ilash stavini yechish va qotirish mexanizmlaridan tashkil topgan. Sharoshkali stanoklar burg‘ilash asbobi burg‘ilash shtangasi va sharoshkali dolotadan tashkil topgan. Sharoshkali burg‘ilash stanoklarida uchsharoshkali dolota eng ko‘p ishlatiladi. Bir va ikki sharoshkali dolotalar chegaralangan doiralarda, ko‘p sharoshkali dolotalar esa katta diametrli (490 mm dan oshiq) skvajinalarni hosil qilishda ishlatiladi. Uchsharoshkali doloto sharoshkalar o‘rnatiladigan bir-biriga payvandlangan uchta panjadan iborat. Panjalarning yuqori qismi kesik konus shaklida birlashtirilgan bo‘lib burg‘ilash shtangasini qotirish uchun rezba hosil qilingan. Dolotaning sharoshkalari va panjalari 20XN3A, 12XN2, 17N3MA po‘latlariga ximiyaviy va termik ishlov berish bilan tayyorlanadi. 1-rasm. AO “Uralburmash” zavodida ishlab chiыarilgan III244,5OK-PV-1R markali uch sharoshkali dolota Burg‘ilanayotgan kon jinslarining xususiyatlariga bog‘liq ravishda sharoshkali dolotalarning 8 turi ishlatiladi (1-jadval). Dolota turi Ishlatilish ko‘lami Kon jinslarining Protodyakonov shkalasi bo‘yicha qattiqlik koeffitsienti Sharoshkalarning turlari M Yumshoq (myagkie) jinslar 5 Frezerli tishlar bilan MZ Yumshoq abraziv jinslar 5 O‘rnatilgan qotishmali tishlar bilan S O‘rtacha (sredney) qattiqlikdagi jinslar 6 Frezerli tishlar bilan T Qattiq (tverdыe) jinslar 6-8 Frezerli tishlar bilan TZ Qattiq abraziv jinslar 8-14 O‘rnatilgan qotishmali tishlar bilan TK Qattiq va mustaxkam qatlamli jinslar 10 Frezerli va o‘rnatilgan tishlar kombinatsiyasi bilan K Mustaxkam (krepkie) jinslar 10-12 O‘rnatilgan qotishmali tishlar bilan OK Juda mustaxkam (ochen krepkie) abraziv jinslar 14 va undan katta O‘rnatilgan qotishmali tishlar bilan Sharoshkali dolotalar konstruksiyasi bo‘yicha: tishli (tishlar sharoshkaning materiali bilan bir xil); shtirli (shtir uchiga pona yoki sferik ishchi yuzali silindrik qattiq qotishma yopishtiriladi); tishli-shtirli. Silindrik qotishma VK88 yoki VK11V qattiq qotishmasidan tayyorlanadi. AO “Uralburmash” zavodida ishlab chiыarilgan III244,5OK-PV-1R markali uch sharoshkali dolota tuzilishini ko‘rib chiqamiz (1-rasm). Ushbu dolota payvandlab tutashtirilgan uchta seksiya (panja) 2, sharoshka 1 va rezbali bog‘lovchi nippel dan tashkil topgan. Sharoshka tayanch qismga (R-Sh-R) ko‘rinishda bog‘lanadi. R-rolikpodshipnikli, Sh-sharikli (zamkovыy). Sxemada rolikpodshipniklar - 6 va 8, sharikpodshipnik -7. Sharoshka tayanchga knal 5 orqali o‘tadigan fiksator yordamida maxkamlanadi. Havo markaziy kanal 4 orqali seksiya kanali 12 ga uzatiladi. Ushbu dolota sharoshkasida o‘rnatilgan tishlar shakli – yarimsferik ishchi boshchalidir. Tishlarning joylashish shakli shunday tanlanganki tishlar bir-birlarini tozalash imkoniga egadir. 2-rasm. Uch sharoshkali dolota Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling