III. Natijalar tahlili va ularni muhokama qilish
3.1. Nikel akrilatlari asosida sopolimerlarning IQ spektr tadqiqotlari xona haroratida "Specord-75 IR" spektrografida o'tkazildi[35]. Spektrlar bir xil intensivlikda va bir xil skanerlash tezligida 400 dan 4000 sm-1gacha yozilgan[35]. Sintez qilingan nikel akrilat (NiA) sopolimerining IQ spektrlari (1-rasm). Tahlil natijalariga ko’ra gidroksil guruhlarining O-H kuchlanish tebranishi 3389,59 sm-1 sohada aniqlandi. Monomerlarning tarkibidagi metil va metilen guruhlarining valent 2930,83 sm-1 tebranishlariga mos yutilish sohalari kuzatildi.
Akril kislota va metil metakrilatning C=O cho'zilishi 1698,92 cm-1 sohada aniqlandi. Karbonil guruhlarining uglerod-kislorodli bog'lanishining 1442,73 va 1169 sm-1 sohalarida C-O tebranishi kuzatildi. Nikelning kislorod bilan bog’lanishi asosan donor-akseptor bog’lanishda Ni-O bog'ining harakteristik chastotalari 469,19 sm-1 soxada esa namoyon bo'ldi.
1-rasm. NiA sopolimerining IQ spektri
Sintez qilingan nikel akrilat (NiA) sopolimerining IQ spektrlari natijalariga qarab sopolimerlanish reaksiyasi quyidagicha bo’ladi.
3.2. Tarkibida qalay akrilat sopolimer sintezining IQ-spektr tahlil natijalariga ko’ra 1698,99 sm-1 sohada C=O guruhning valent tebranishi juda yuqori intensivligi kuzatildi. CH3 va CH2 guruhlarining assimmetrik va simmetrik deformatsion tebranishlari hamda metilen guruhining qaychisimon tebranishlari natijasida yuzaga kelgan guruhlar spektrining 1446,78 -1404,47 sm-1 oralig’idagi sohasiga to’g’ri keladi. Qalay metalining kislorod bilan hosil qilgan guruhining valent tebranishi 510,34 sm-1 sohada kuzatildi. (2-rasm)
2-rasm. Qalay akrilat sopolimerining IQ-spektri
Sintez qilingan qalay akrilat (SnA) sopolimerining IQ spektrlari natijalariga qarab sopolimerlanish reaksiyasi quyidagicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |