1Eshankulov Xasan Nurmamatovich., 1Umbarov Ibragim Amanovich., 1Тurayev Хayit Xudaynazarovich


Download 1.39 Mb.
bet2/8
Sana17.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1208589
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maqola xasan scopusgasda (3)dd

Tadqiqot usullari va vositalari
Ushbu tadqiqot ishimizda sintez qilingan yangi tarkibli metall saqlovchi sopolimerning sintezini o’rganishda SHIMADZU IQ-spektrofotometrda IQ-spektroskopik va MIRA 2 LMU SEMda skanerlovchi elektron mikroskopda olingan tahlil natijalaridan foydalanildi. Bundan tashqari, ushbu pigmentning differensial termik analiz derivatogrammasi yordamida termik analiz va V-5000 Spektrofotometrda optik yutulish tahlil ma’lumotlari keltirildi.


2.TAJRIBAVIY QISM.


2.1. Avtomatik aralashtirgich, qaytarma sovutgich va termometr bilan jihozlangan uch og’izli yumaloq tubli kolbaga 75 ml. litr distlangan suv quyildi va uning ustiga sekinlik bilan tomchilatib 28,4 gr akril kislota eritmasi qo’shildi. So’ngra aralashmaga 4 gr (1 mol) miqdorida ishqor qo’shildi. Moddalar yaxshi aralashishi uchun elektr plita yordamida 30-35 0C haroratda 1 soat davomida qizdirildi. Ishqor to’liq erib bo’lgandan so’ng eritma ustiga 3,7 gr (0,5 mol) miqdorda NiCl2 qo’shildi. Qizdirishni davom ettirgan holda kolbaga 22 gr metil metakrilat, hamda initsiator 1gr kaliy persulfatda qo’shildi. So’ngra elektr plita yordamida 70-800C oralig’ida 3 soat davomida qizdirildi. Reaksiya natijasida och sariq rangli g’ovaksimon, yopishqoq holdagi sopolimer hosil bo’ldi. Olingan sopolimerni organik erituvchilarda eritilganda erimasligi isbotlandi va suvda eritilganda to’liq erish holati kuzatildi. Yangi turda olingan sopolimerni fizik xossalari tahlil qilindi, unga ko’ra sopolimerni suvda eritib, qovushqoqligi juda yuqori ekanligi isbotlandi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, yaxshiligi, yopishqoqlik xususiyatlari o’rganildi.


2.2. Uch og’izli yumaloq tubli kolbaga, qaytarma sovitgich, mexanik aralashtirgich va termometr o’rnatildi. Kolbaga 150 ml distlangan suv hamda 49,7 gr akril kislotadan tomchilatib quyildi va kolbaga akril kislotani tez polimerlanmasligi uchun gidroxinondan qo’shildi. Kolbani aralashtirib turilgan holda 16 gr natriy ishqoridan qo’shildi. Eritmani bir soat davomida 35-400C harorat oralig’ida ishqor to’liq erib ketguncha qizdirildi va ishqor to’liq erigandan so’ng unga 7,52 gr qalay (II) xlorid tuzidan qo’shildi, aralashmadagi tuz to’liq eriguncha 50-600C da qizdirish davom etirildi. Qalay tuzi to’iq erigandan so’ng, eritmaga sekinlik bilan byuxner voronkasi yordamida 40 gr metilmetakrilat eritmasidan quyildi va indisiator sifatida benzoil peroksid qo’shildi. Kopolimerizatsiya jarayonini yakunlanishini ta'minlash uchun 4 soat davomida 75-85°C haroratda reaksiya davom etirildi. Reaksiya natijasida oq rangli g’ovaksimon sopolimer hosil bo’ldi va organik erituvchilarda kam miqdorda erishi kuzatildi. Olingan sopolimerni suvda eritilganda erimasdan, suvni o’ziga shimib, bo’kuvchanlik holati kuzatildi. Olingan sopolimerni suvda bo’kuvchanligi o’rganildi gidrogel sifatida qo’llash bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Quyidagi reaksiyada yangi turdagi qalay asosidagi AK va MMA sopolimerining hosil bo’lish reaksiyasi tasvirlangan.






Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling