1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot. Idealizm —


Download 0.94 Mb.
bet132/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

Materializmolamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g’oyalar yotadi, dunyo voqeligi va rivojida g’oyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Antik falsafa - qadimgi davrda eramizdan avvalgi VIII asrda Yunonistonda, eramizdan avvalgi II asrda Rim jamiyatlarida shakllanib, eramizning VI asriga qadar rivojlanib kelgan falsafiy ta’limotlar umumlashmasi.
Vedalar - diniy mazmunga ega adabiyotlar. Ba’zi taxminlarga ko’ra, deyarli to’qqiz asr davomida Hindiston yarim orolida yashab kelgan qadimiy xalq va elatlar tomonidan yaratilgan.
Upanishadalar – “sirli bilimlar” deb atalib, vedalarning falsafiy qismidir. U ma’lum bir kitob yoki falsafiy risolalar shaklida bo’lmay, balki turli mavzularda, turli davrlarda asosan noma’lum mualliflar tomonidan yaratilgan matnlar to’plami. Har bir matn u yoki bu muallifning falsafiy mushohadalarining qisqacha bayonidan iborat.
Eley maktabi - pifagorchilarning ittifoqi kabi Elladaning Eley shahrida yuzaga kelgan. Bu maktabning asosiy namoyondalari Ksenofan, Parmenid, Zenon va Melisslardir. Eley maktabi ta’limoti qadimgi Yunon falsafasining shakllanishida, uning kategoriyalari, jumladan, borliq kategoriyasining rivojida yangi qadam hisoblanadi. Ioniyaliklarda borliq jismiy, pifagorchilarniki esa matematik bo’lsa, Eley maktabida u falsafiydir. Eleyliklar birinchilar katorida borliq va tafakkur o’rtasidagi munosabat masalasini qo’ydilar. Antik falsafa shakllanishining yakuni Eley maktabi bilan tugallanadi.
Veda” — “diniy kitoblar”, “astika” — “Veda”ning muqaddasligini tan oluvchi, “nastika” — uning muqaddasligini tan olmaydigan maktablar.
Dao” — “tabiat qonuni”, “Si” — borliqning asosida yotgan besh unsur, “yan” — “yorug’lik kuchi”, “in” — “zulmat kuchi”, “metafizika” — qadimgi yunonistonliklar fikricha, “borliqning asosini o’rganadigan dastlabki falsafiy maktab”.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling