1I-22 guruh talabasi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan


II BOB Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar


Download 136.13 Kb.
bet5/6
Sana07.05.2023
Hajmi136.13 Kb.
#1438467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyot kurs ishi

II BOB Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar
2.1 Iqtisodiy kategoriyalar.
Iqtisodiyot nazariyasi va davlatning iqtisodiy siyosati Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora- tadbirlar ishlab chiqiladi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi. Iqtisodiy siyosat o‘zi nima? Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot subyektlarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir. Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu xonadonmi, firma yoki davlatmi, buning farqi yo‘q, o‘z manfaatlari bor. Bu manfaatlar amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi o‘z iste’molini maksimumlashtirish va kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil etishdir. Firmaning maqsadi esa foydani maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlashdir. Davlatning maqsadi esa, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va shu asosda xalq farovonligini ta’minlashdan iborat. Maqsadlar kabi ularni amalga oshirish vositalari ham farqlanadi va bu iqtisodiy siyosatda hisobga olinadi. Hatto bir toifadagi subyektlarning ham maqsadi bir xil emas, chunki ularning iqtisodiy maqomi farqlanadi. Masalan, boy, o‘rtahol va kambag‘al xonadonlar, kichik, o‘rta va yirik firmalarning muayyan davrdagi aniq maqsadlari bir xil emas, bular individuallashgan, chunki ularning o‘zi mustaqil va g‘oyat ko‘pchilik. Iqtisodiy siyosat uch darajada bo‘ladi, bular mikro, makro va meta (xalqaro) siyosatdir. Mikrosiyosat xonadon va firmalar siyosati hisoblanadi. Bu g‘oyat individuallashgan bo‘ladi, bunga yaxlitlik xos emas. Xonadon siyosati iste’molga va jamg‘arishga oid bo‘ladi. Bu siyosat tanlov tamoyiliga asoslanadi. Xonadon o‘zining individual yo‘lini tutadi, lekin uning siyosati obyektiv sharoitga moslashishi zarur, chunki ayrim xonadon obyektiv iqtisodiy muhitni o‘zgartirishga qodir emas, uni hisobga olishdan boshqa iloji yo‘q. Ayni paytda uning siyosatida subyektiv jihat ham bor, chunki har bir xonadon o‘zi bilgan yo‘ldan qolmaydi. Xonadon siyosatining maqsadi yaxshi yashash bo‘lganidan u bunga erishishning eng ma’qul yo‘lini belgilab oladi. Bu yo‘ldagi birinchi ish – bu ko‘p pul topish bo‘lsa, ikkinchisi pulni oqilona sarflash bo‘ladi. Oddiy mehnatkash xonadonining asosiy resursi ish kuchi bo‘lganidan uni yaxshiroq pulga sotish, ya’ni yaxshi ish haqi beradigan joyga o‘rnashib olish uning siyosatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi, chunki pul topishning birlamchi sharti bandlikdir. Xonadon siyosatining boshqa bir yo‘nalishi o‘z daromadini to‘g‘ri sarflash siyosati, ya’ni xarajatlar siyosatidir.
Bu siyosat eng avval daromadning qanday qismi joriy iste’molga yuborilishini belgilaydi, so‘ngra esa xarid uchun ajratilgan pulga tovarlarning eng ma’qul to‘plamini tanlab olishni mo‘ljallaydi, tanlov esa tovarlarning narxi va nafliligidan kelib chiqqan holda ularni shunday kombinatsiyada (nisbatda) olishga qaratiladiki, bu uning xarid qobiliyati doirasida ehtiyojlarini maksimal qondirishi kerak bo‘ladi. Xonadonning jamg‘arish siyosati uning daromad topish imkoniyati, daromadning bir qismini jamlab, puldan pul chiqarish imkoniyatidan kelib chiqadi, jamg‘arishning muqobil usullarini tanlashni ko‘zlaydi. Jamg‘ariladigan pul moliyaviy yoki moddiy aktivlarga aylantiriladi. Xonadon siyosatida pulga aksiya, obligatsiya sotib olish, uni bankka qo‘yish, qarzga berish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznesga joylashtirish oldindan belgilab olinadi. U pulini investitsiyalaganda, birinchidan, pulni inflatsiyadan asrab, jamg‘arma qadr-qiymatini saqlab qolishni, ikkinchidan, uning ko‘payib, qo‘shimcha daromad keltirishini ko‘zlaydi. Oddiy xonadondan farqliroq boy-badavlat xonadon siyosati yollanib ishlashdan emas, balki biznesdan pul topishni ko‘zlaydi, chunki uning ish kuchidan boshqa individual kapitali ham bor. Bunga biznes turini erkin tanlash orqali erishiladi. Firmalar siyosati o‘z maqsadini aniq belgilash va unga erishish yo‘llari va vositalarini tanlashdan iboratdir.
Bu siyosatning maqsadi foydani maksimumlashtirishni, bunga erishib bo‘lmaganda, firma barqarorligini ta’minlab, uni saqlab qolish va bir maromda rivojlantirishni mo‘ljallaydi. Firma siyosati faoliyatning turli sohalariga taalluqli bo‘ladi. Firmaning ishlab chiqarish siyosati nimani qancha va qanday davrda ishlab chiqarishni belgilaydi. Firmaning o‘z maqsadiga yetishi ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq, chunki har qanday ko‘lamda ishlab chiqarish foydali bo‘lavermaydi. Shu sababli firma ishlab chiqarishning shunday hajmini tanlab oladiki, bunda o‘rtacha xarajatlar bilan bozor narxi orasidagi farq eng katta bo‘lib, foyda maksimumlashishi kerak bo‘ladi. Buning uchun firma ishlab chiqarishni modernizatsiyalab, bozorga yangi tovarlar va xizmatlarni taklif etish yo‘lidan boradi. Firmaning tijorat siyosati tovarlarning qanday miqdorda va qaysi bozorlarda sotilishini, ularning kreditga berilishini, eksport miqdori va tarkibini belgilaydi, savdo-sotiqda raqobatchilar va sheriklar bilan qanday munosabatda bo‘lish yo‘lini aniqlaydi. Firmaning narx siyosati bozorga qanday narx bilan chiqishni, narxning bozor sharoitiga qarab qanday o‘zgartirilishini, narxlardan siylov berish tartibi kabilarni mo‘ljallaydi. Firmaning moliya siyosati soliqlarni to‘lash tartibini, soliqlardan imtiyoz va davlatdan subsidiya olish yo‘llarini, kredit olish, uni qaytarish, foiz to‘lashga oid ishlarni, foydani taqsimlab, uni samarali ishlatish choralarini, aksiya chiqarib sotish, o‘zga firmalar aksiyasini, davlat obligatsiyalarini sotib olishga oid yo‘l-yo‘riqlaridan iborat bo‘ladi. Firmaning raqobat siyosati raqobatda ishtirok etish yoki etmaslik, raqobat yuz berganda, uning usullaridan qaysi birini qo‘llash, qanday vositalarni ishga solishga qaratiladi. Vaziyatga qarab siyosatning u yoki bu yo‘nalishiga ustuvorlik beriladi. Firma siyosati qisqa va uzoq davrga mo‘ljallanadi, chunki shu davrlarda turli maqsadlar olg‘a surilib, ularga erishishning muqobil vositalari tanlab olinadi. Firma siyosati, birinchidan, bozordagi vaziyatga, ikkinchidan, davlatning siyosatiga moslashib borishni bildiradi. Firma siyosati ham individuallashgan, biroq siyosatning umumiy tamoyillari borki, ularga firmalar o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda va bilganicha rioya etishadi. Firma o‘z siyosatini belgilashda obyektiv axborotga tayanadiki, bu ichki va tashqi axborotlardan iboratdir. Ichki axborot firmaning o‘zidagi holatni, tashqi axborot esa tashqi muhitdagi holatni tavsiflaydi. Firmalar siyosatini agar ular korporatsiyalar (aksioner jamiyatlar) bo‘lsa, oliy boshqaruv organlari (direktorlar kengashi, aksionerlar majlisi) ishlab chiqadi, uni amalga oshirish ishini menejerlar bajaradi. Firma oddiy korxona bo‘lsa, uning siyosatini egasining o‘zi yoki uning nomidan menejerlar amalga oshiradi. Firmaning siyosatiga qarab uning ishi rejalashtiriladi. Shu maqsadda firma strategiyasi ishlab chiqilib, unda firma siyosati aniq chora-tadbirlar shakliga ega bo‘ladi. Firma siyosatining naqadar o‘rinli ekanligi uning monitoringi (baho berish) orqali aniqlanadi. Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi va vositalari. Davlat iqtisodiyotga o‘z siyosati bilan ta’sir etadi. Davlatning siyosati – bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga taalluqli yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-harakatlaridan iboratdir. Davlatning siyosati har doim milliy bo‘ladi, mamlakat rivojining ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi. Siyosatda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy konyunkturaning milliy iqtisodiyotga nechog‘lik ta’sir etishi, unda kutilayotgan o‘zgarishlar mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatning qandayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan ta’minlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlar bergan natija ham hisobga olinadi. Davlat siyosati davlat 29 rahbarlarining erk-irodasi va qat’iyatligiga va yetilgan iqtisodiy muammolarni naqadar idrok etishlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: – barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Bu yalpi ichki mahsulotning bir maromda va yetarli sur’atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki YAIM qanchalik tez o‘ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik oshadi.

Download 136.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling