1I-22 guruh talabasi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan
Download 136.13 Kb.
|
iqtisodiyot kurs ishi
1.2. Iqtisodiy resurslar, uning turlari va cheklanganligi.
Ehtiyojlar maqsadidan kelib chiqib mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlarga ajratiladi. Mehnat qilish ehtiyoji insonning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi. Chunki mehnatsiz nozu-ne‘matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat qilishga ehtiyoji insonda jismoniy mehnat layoqati va aqliy qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashishiga ehtiyoj sezadi. Ehtiyojlar qondirilishi tartibiga ko‘ra yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, boshqa qismini esa birgalikda qondiradi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi. 5. Iste‘moldan ko‘zlangan maqsadga qarab shaxsiy va unumli yani ishlab chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste‘mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, bunda iste‘mol tovarlari ( xizmatlar) shaxsiy iste‘mol uchun foydalaniladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, yaratish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari unumli iste‘mol qilinadi. Jamiyatning, ya‘ni uni tashkil qiluvchi kishilar, korxonalar va davlat ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va ortib borishi ehtiyojlarning o’sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi. Mazkur qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta‘sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangilarining paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida uning turlari nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ehtiyojlarning yuksalishi miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib borish orqali amalga oshadi. 1. Kishilar ehtiyojining miqdoran o‘sishi, bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan, ikkinchi tomondan, iste‘molning miqdoran ortishi bilan bog‘liq. 2. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib borishi ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi kelishini anglatadi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta‘sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar iqtisodiy faoliyatining aniq yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqozo etadi. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik murakkab tarzda kechishini ko‘rsatadi. Ehtiyojlarning cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli A.Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig‘imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo‘lmasa kerak» deb ta‘kidlagan. Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste‘mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya‘ni EQD=HI/EUD100 Ehtiyojlar qondirilish darajasi odatda iste‘mol bilan taqqoslanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste‘mol qilingan tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida baholanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste‘mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, go‘sht, sabzavot, meva; har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatgich, uy-joy maydoni va boshqalar. Ehtiyojlarning qondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi. Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining ehtiyojlarining qondirilishi ularning farovon yashashi, uzoq umr ko‘rishining garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi. Resurslar cheklangan sharoitda jamiyat ham o‘z qarorini tanlov asosida qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bunda ulardan to‘liq va samarali foydalanish hamda ehtiyojlarni to‘laroq qondirib borish talabi hisobga olinadi. Iqtisodiy faoliyatda foydalanishga yaroqli bo‘lgan moddiy tabiiy va inson resurslar iqtisodiy resurslarni tashkil qiladi. Iqtisodiy resurslar to‘rtta turga ajratadi. Yer-tushunchasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan er va barcha tabiiy resurslarni anglatadi. Ekin maydonlari, o‘rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suv resurslari shular jumlasidandir. Ishchi kuchi insonda mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar yig‘indisi. Mehnat - esa inson ishchi kuchining sarflanish jarayonidir. Kapital - tushunchasiga iste‘mol tovarlari va xizmatlarini yaratishda foydalaniladigan kishilar tomonidan yaratilgan barcha ishlab chiqarish vositalarini kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, etkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Kapital tovarlari haridiga sarflarga investitsiya deb qaraladi1. Resurs sifatidagi kapital iste‘mol tovarlaridan farq qiladi. Iste‘mol tovarlari inson ehtiyojini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondiradi, vaholanki kapital resurs tovarlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. Resurs sifatidagi ―kapital‖ga jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalarini anglatadi. Tadbirkorlik qobiliyati alohida kishilarga xos bo‘lgan noyob ishbilarmonlik layoqati yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma‘lum turini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo‘lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab chiqarish omillari deyish mumkin2. Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma‘lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma‘lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi. Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ham cheklanishiga olib keladi. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin. Download 136.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling