1I-22 guruh talabasi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan


Download 136.13 Kb.
bet6/6
Sana07.05.2023
Hajmi136.13 Kb.
#1438467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyot kurs ishi

2.2 Iqtisodiy qonunlar
Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash – uning chet elga qaram bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Iqtisodiyot qanchalik mustaqil bo‘lsa, milliy manfaatlarga shunchalik ko‘proq xizmat qiladi; – iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy aylanmaning uzluksizligini, ya’ni takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l qo‘yilmaslikni bildiradi. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash. Mamlakatdagi pul muomalasining me’yorida borishiga erishish, pulni iqtisodiy aloqalarning muntazam ishlab turuvchi vositasiga aylantirish. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashish. Milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsion jarayonlar va globallashuvda faol ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishi, baynalminal iqtisodiy munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish. Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq kelajakda o‘sib borishiga sharoit hozirlash. Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga mo‘ljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning qisqa vaqtdagi taktik, ya’ni juz’iy maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Juz’iy maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat qiladi. Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar orqali erishiladi. Birinchisi, iqtisodiy vositalar bo‘lib, bular jumlasiga soliqlar, subsidiyalar, litsenziyalar, eksport kvotalari, uchot stavkalari, davlat buyurtmalari, davlat investitsiyalari, transfertlar, turli iqtisodiy sanksiyalar (jazolash vositalari) kabilar kiradi. Ikkinchisi, yuridik vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos 30 ravishdagi qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir.
Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgilab beradi, bular esa bozor iqtisodiyotining obyektiv iqtisodiy qonunlari talabidan kelib chiqishi zarur. Iqtisodiyotga oid yuridik qonunlarni parlament qabul qiladi. Hukumat esa ularning amalga oshirilishini ta’minlaydigan qarorlar va farmoyishlarni ishlab chiqadi. Tegishli davlat idoralari qonunlarning amalga oshirilishini nazoratga oladi. Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat hokimiyat sohibi bo‘lganidan o‘z siyosatiga rioya etilishini o‘z organlari kuchi bilan ta’minlaydi. Davlat oliy siyosiy institut hisoblanar ekan, uning qarorlari buyruqlariga hamma itoat etishi kerak bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganidan cheklangan holda qo‘llaniladi. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiyot yaxlit bo‘lar ekan, iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Lekin davlat siyosatining aniq yo‘nalishlari bor.
Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va shunga ko‘ra milliy pul birligi xarid qurbini, uning valuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo‘ladi. Monetar siyosatning uchta asosiy jihati bor:
1. Qayta moliyalashtirish yoki uchot siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy banklar uchot stavkasini o‘zgartiradi. Stavka oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab oshadi. Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat bo‘lishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit hisobidan yuboriladigan investitsiyalarni o‘zgartirib, uning o‘sishiga ta’sir etadi. Masalan, Yevropa mamlakatlarida qayta moliyalashtirish stavkasi XXI asrning birinchi o‘n yilligida 0,9 foizga tushdi. Bu bilan kredit arzonlashtirildi, chunki tijorat banklari shunga qarab kredit uchun undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar.
2. Ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish siyosati. Bu davlat obligatsiyalarini chiqarib firmalar, banklar va aholiga sotish va vaqti kelganda, ularni qaytadan sotib olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni olish qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat to‘laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi. Davlat obligatsiyalari sotilganda, pul ularga bog‘lanib qoladi, natijada uning muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda, pul ulardan bo‘shab muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko‘payadi. Demak, bu usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi.
3. Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu tartibga ko‘ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qisqaradi, agar u kamaysa, bu pul ko‘payadi.
Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 80 mlrd. dollar. Shundan 10 foiz zaxiraga o‘tkazilsa, 72 mlrd. dollar kredit uchun pul qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizga chiqarilsa, kreditga 68 mlrd. dollar qoladi. Bu bilan kreditga mo‘ljallangan pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi. Shunga qarab kredit olish goh oshib, goh qisqarib turadi. Monetar siyosatning aytilgan yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, unda turli iqtisodiy vositalar qo‘llanadi. Monetar siyosat ikki xil bo‘ladi. Qattiq siyosat. Bunda pul massasi qisqartiriladi, uning emissiya (pul chiqarish) hisobidan o‘sishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib, tovar massasiga tenglashadi. Pulning qisqarishi talabni kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul birligining xarid qurbi barqarorlashadi. Pul topishga intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat biz ilgari ko‘rganimizdek odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflatsiyani jadal bostirish uchun qo‘llaniladi. Yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining ortishiga to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi hadeb cheklanavermaydi, natijada pul ko‘payib, uning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq siyosat iqtisodiyot o‘sish pallasida bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham o‘sadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni qisqartirish hisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi. Fiskal siyosat. Bu davlatning soliq-budjet siyosatidir, unga binoan soliqlar belgilanadi, budjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatiladi. Soliq siyosati soliqlar vositasida budjetga pul to‘plashga qaratiladi. Unga binoan soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishida qo‘llaniladigan asosiy vositadir. «Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim». Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda soliqlardan imtiyozlar beriladi. Bunda soliq kamaytiriladi, soliqni undirish muhlati cho‘ziladi yoki umuman soliq undirilmaydi. Natijada firmalarga tegadigan foyda ko‘payadi, ular foydani reinvestitsiya qiladi, ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga yuboradi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekistonda foydadan to‘lanadigan soliq stavkasi yildanyilga pasaytirilmoqda. Bu usul iqtisodiy subyektlar kapitalning ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya qilishga turtki vazifasini o‘taydi.
Fiskal siyosatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o‘stirish uchun ikki xil yo‘ldan boriladi:
1. Ilgari kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy stabilizatorlarni – vositalarni qo‘llashni davom ettirish. Davlat qonun yo‘li bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga binoan moliya normativlari (me’yorlari) joriy etiladi. Bular sharoit o‘zgarishiga qarab avtomatik ravishda amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, daromadlarning inflatsiyaga qarab indeksatsiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish normativlarini kiritish mumkin. Masalan, daromad solig‘i daromad miqdoriga nisbatan 15 foiz qilib belgilansa, daromad ko‘payishi bilan uning miqdori ham avtomatik ravishda oshadi. Daromadlarni 80 foiz indeksatsiyalash tartibi o‘rnatilgan bo‘lsa, narx oshgan taqdirda, shu 80 foiz darajada daromad ham ko‘paytiriladi.
2. Sharoitga qarab yangi normativlarni kiritish yo‘lidan borish, bu diskretsion fiskal siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat doirasida yangi soliq stavkalari joriy etiladi, yangi soliqlar kiritiladi, budjet mablag‘larini sarflash normativlari o‘zgartiriladi. Diskretsion siyosat o‘zgargan sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir maromda o‘sib borayotganda birinchi yo‘l, u tanglikka yo‘liqib, undan chiqish kerak bo‘lganda, ikkinchi, ya’ni diskretsion yo‘l ustuvor bo‘ladi. Fiskal siyosat budjet orqali ham iqtisodiyotga ta’sir etadi. Budjet hisobidan davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta investitsiyalarni yuboradi, milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatli ish (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib foyda ko‘payadi, bu bilan korxonalar rag‘batlantiriladi. Budjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kanda qilmay va kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat budjeti balanslashgan bo‘lishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur bo‘ladi. Budjet siyosati shundan kelib chiqqan holda budjet defitsitiga yo‘l bermaslikni, defitsit yuz bergan taqdirda ham, bu me’yorida 33 bo‘lishiga qaratiladi. Budjet siyosati ichki va tashqi qarzning ham me’yorida bo‘lishini ta’minlashi zarur. Fiskal siyosat ikki xil bo‘ladi. Faol fiskal siyosat. Bu qo‘llanilganda diskretsion vositalar ishga solinadi, masalan, soliqlar kamaytiriladi, ulardan saylangan tarzda bo‘lsa-da siylovlar beriladi, budjetdan transfertlar berish ko‘paytiriladi, firmalar subsidiyalar oladi. Bularning hammasi iqtisodiy faollikka olib keladi. Firmalar xarajati qisqarib foydasi ortadi, aholining transfertlar hisobidan xarid qobiliyati oshadi. Xullas, bu siyosat firmalar va xonadonlar talabini oshiradi. Mana shunday yo‘l ko‘p hollarda iqtisodiyot qiyinchilikdan chiqib o‘zini o‘nglab olishi uchun qo‘llaniladi.
Nofaol fiskal siyosat. Bu siyosat moliyaviy stabilizatorlarni o‘zgartirmay, ularning erkin ishlashiga yo‘l berishga qaratiladi, chunki bozor mexanizmi yaxshi ishlab turgan bo‘ladi. Iqtisodiyotning uzilishlarsiz yuksalib borishi tufayli moliya vositalarini o‘zgartirishga hojat qolmaydi. Demak, bu siyosat iqtisodiy o‘sish to‘xtovsiz borayotgan kezlarda ish beradi. Investitsiya siyosati. Bu investitsiya resurslarini shakllantirish va ularning kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosat investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi. Bu davlatning struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) siyosati bilan bog‘liq, bu esa ishlab chiqarishning eski sohalarini cheklab, yangi, masalan, eksportga mo‘ljallangan sohalarini o‘stirishni bildiradi. Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga investitsiya qilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda olinadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan soliq olinmagan holda eski sohalardagi mol-mulkdan soliq ko‘proq olinadi. Bu bilan yangi sohalarning jadal o‘sishi rag‘batlantiradi, eski sohalar esa rag‘batlantirilmaydi. Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini ham jadallashtiradi. Yangi texnologiyalarga pulni investitsiyalayotgan firmalarga subsidiyalar ajratiladi, soliqdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga tushadigan investitsiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda bir qator serkapital, binobarin, katta investitsiyalarni talab qiluvchi va investitsiyalar o‘zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan firmalar investitsiyasining serfoyda ishlarga yuborilishiga ko‘mak beriladi. Bozor qoidalariga binoan investitsiyalarni serfoyda sohalarga yuborilishi davom etadi. Biroq davlat xususiy investitsiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik sohalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi. Agrar siyosat. Bu davlatning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatidir. Mazkur siyosat qishloq xo‘jaligining barqaror o‘sishini, oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlaydi. Uning doirasida davlat qishloqdagi ishlab chiqarish infratuzilmasining (suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, gaz va elektr energiyasi ta’minotining) xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, davlat yerni ijaraga olib ishlatilishini, yerni garovga qo‘yib kredit olishni huquqiy jihatdan ta’minlaydi. Agrar siyosatda (yer davlatniki bo‘lgan joyda) davlatning xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Dehqonlarni qo‘llab turish uchun yer solig‘i yengil qilib belgilanadi. Qishloq xo‘jaligida rentabellik past bo‘lganidan kapitalni u yerdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya berib turadi, uning hisobidan xarajatlar qisman qoplanib fermerlar me’yordagi daromadga ega bo‘lishadi va qishloq xo‘jaligini tark etmaydilar. Fermerlarni rag‘batlantirish uchun davlat qishloq xo‘jaligi mahsulotini ulardan kelishilgan narxlarda sotib oladi. Davlat narxlari bozor narxlariga yaqin turadi, ularga binoan mahsulotni davlatga sotish fermerlar uchun qulay bo‘ladi, chunki davlat xaridi mahsulotlarning sotilishini va kanda qilmay daromad olinishini kafolatlaydi. Tashqi iqtisodiy siyosat. Bu davlatning o‘zaro foydali tashqi aloqalarini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosatning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi mavqeini mustahkamlashdir. Unga binoan eksport va import, chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migratsiyasiga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona to‘lovlari, eksportimport litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Aytilgan vositalar iqtisodiy chegara hosil etib, milliy iqtisodiyotni himoya qiladi. Eksportni ko‘paytirish zarur bo‘lsa, unga litsenziyalar (ruxsatnoma) beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. Bordi-yu importni qisqartirish ma’qul bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj to‘lovi oshiriladi, importga litsenziya berish chegaralanadi.
Davlat siyosati kapital chiqarish va kiritish tartibini ham belgilaydi. Kapital kiritish zarur bo‘lsa, bu ish rag‘batlantiriladi. Kapital chiqishi ma’qul bo‘lsa, davlat bunga sharoit yaratib beradi. Chet elga ish kuchini chiqarish uchun ham yordam beriladi. Bordi-yu mamlakatga arzon ish kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan oqib kelishi uchun migratsiya qoidalari (chegaradan o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va h.k.) yengillashtiriladi. Davlat siyosati xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ham mo‘ljallaydi. Davlat iqtisodiy siyosatining samaradorligi uning monitoringi orqali aniqlanadi. Bunda iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya darajasi, eksport va import holati, tashqi qarz miqdori, budjet defitsiti kabi ko‘rsatkichlarga qarab iqtisodiy siyosat natijasi baholanadi. Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan kutiladigan natijalar, ularni moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. Dasturlar milliy iqtisodiyot uchun ustuvor bo‘lgan muammolarni hal etishga qaratiladi. Bular jumlasiga tanglikdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, qoloq hududlarni rivojlantirish kabi dasturlar kiradi. Dasturlarda belgilangan muammolarning hal etilishi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga turtki beradi.
Xulosa
Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy fanlardan farqliroq o‘z xulosalarini laboratoriyadagi tajriba yoki tabiatdagi sinovlar yordamida tekshirib ko‘ra olmaydi. Agar nazariyada iqtisodiy beqarorlik bo‘ladi, uning belgilari ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik va inflatsiya deb qaralsa, uni tasdiqlash uchun tajriba yoki sinov o‘tkazib bo‘lmaydi. Bularni faqat kuzatish, ular haqida ma’lumot to‘plash va bu ma’lumotni nazariy umumlashtirish mumkin, xolos. Nazariyada, tasodifiy yoki juz’iy emas, balki doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy hodisalarni anglash uchun abstraksiyalash usuli qo‘llaniladi. Bu usul nazariya uchun asosiy hisoblanadi. Bu usul yordamida iqtisodiy hodisalar ularga ta’sir etuvchi o‘tkinchi va ikkinchi darajali omillardan xoli etib olinadi, ularga nazariy baho beriladi. Abstraksiyalashda taxmin usuli qo‘llanadi, ya’ni ma’lum shart-sharoit bo‘lganda nima yuz berishi taxmin etiladi. Masalan, narxning talabga ta’sirini bilish uchun talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar o‘zgarmay turibdi deb taxmin qilinadi. Shunday sharoitda narx va talabning o‘zgarishi qanday bo‘lishi aniqlanadi. Boshqa bir misol: texnologiyaning mehnat unumdorligiga ta’siri aniqlanganda narx-navo ishchilarning malakasi, ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tovarlarning sotilib turishi o‘zgarmaydi deb taxmin qilinadi. Ammo bunday taxmin qilish amalda bor narsalarni vaqtincha nazardan kechirib turishni bildiradi. Hayotda uchramaydigan fantastik hodisalarni, masalan, boshqa planetalardan odamsimon jonzotlar keldi yoki kelmadi, deb hech qachon taxmin qilinmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.


1. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - Т., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2010. - 756 b.
2. 0 ‘lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. - Т.: «Iqtisod-Moliya», 2014.
3. Razzoqov A. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Oliy ta’Iim muassasalarining talabalari uchun darslik / A.A.Razzoqov, Sh.H.Tashmatov, N.T.O’rmonov. - Т.: Iqtisod-moliya, 2007. - 320 b.
4. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - Т., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2005. - 784 b.
5. Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. - 2-e izd., pererab. i dop. - М.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2010. - 544 s.
6. Zubko N.M. Ekonomicheskaya teoriya. - Minsk: NTS API, 2012. 61-b.
7. I.K.Stankovskaya, I.A.Strelets. Ekonomicheskaya teoriya.: Uchebnik. / 3-e izd., ispr. - М.: «Eksmo», 2009. - 448 s. 765
8. Ioxin V.Ya. Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik. - М.: Ekonomist’, 2005. - 861 s.
9. Kamayev V.D. Ekonomicheskaya teoriya: Kratkiy kurs: uchebnik / V.D.Kamayev, M.Z.Uchikov, T.A.Borisovskaya. - 2-e izd., ster. - М.: KNORUS, 2007. - 384 s.
10. Keyns Dj.M. Obshaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg. - М.: Gelios, 2002, s.162.
11. Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. - М.: TK Vebli, Izd-vo Prospekt, 2005. - 432 s.
12. Kurs ekonomicheskoy teorii: uchebnik / Pod оЬщ. red. prof. Chepurina M.N., prof. Kiselevoy E.A. - 6-ispravlennoe, dopolnennoe i pererabotannoe izdanie. - Kirov: «ASA», 2007. - 848 s.
13. Makkonnel K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: prinsipi, problemi i politika: Uchebnik. / 17-izd. - М.: INFRA-M, 2014. - 916 s
Download 136.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling