1I-22 guruh talabasi Mamadaminov Bekzodning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
Download 454.73 Kb.
|
Bekzod kurs ishi
Mulk subyektlari - mulk obyektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o‘tishi. Davlat tassarrufidan chiqarish - mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi. Xulosa. 1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-formatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o'zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha yondashuvlar mavjud. 2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar - iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi. Mulkchilik munosabatlari - shaxsiy, jamoa va davlat manfaatiarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir. 4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlami o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlami o‘zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob`ektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o‘rtasidagi munosabatlami bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning ob`ektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. 5. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish - korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ulaming investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlami xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir. Download 454.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling