1I-22 guruh talabasi Mamadaminov Bekzodning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


II.4 Mulk subyekti va ob`ekti haqida umumiy tushunchalarni tahlil qilish


Download 454.73 Kb.
bet9/12
Sana08.05.2023
Hajmi454.73 Kb.
#1445138
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bekzod kurs ishi

II.4 Mulk subyekti va ob`ekti haqida umumiy tushunchalarni tahlil qilish.
Mulkchilik munosabatlari uning ob`ektlari va subyektlari bo‘lishini shart qilib belgilab qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob`ektlaridir. Mulk ob`ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob`ektida asosiy bo‘g‘in bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilaming ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi.Shunga mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk subyekti jamiyatda ma’Ium ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘Igan, mulk ob`ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘Iadi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Mulk ob`ektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari - bu mulk ob`ektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin (5-rasm).

Mulkchilik huquqlari esa mulk subyektining mulk ob`ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir. Mulk subyektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu subyektlardan birontasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi. Mulk obʼekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni qollab-quvvatlash ulami himoya qilishning muhim yangi bosqichi bo‘ldi. Bu farmon asosida Mamlakatimizda bir qator ishlaming bajarilishi muhim vazifa sifatida qo‘yildi. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to‘liq erkinlik berish, bu yo‘lda g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb belgilanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob`ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomyillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki ob`ektlarini sotish tartib-tamoyillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to‘siqlami bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan ob`ektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishga qaratilgan.
Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama samaradorligini ko‘rsatmoqda. Xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun mas’uliyat hissi butunlay yuqori ekanligi hammaga ma’lum. Bu fikr 2017-2021-yillarga belgilangan harakatlar strategiyasida yanada aniqlashtirildi va rivojlantirildi.
Xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki ob`ekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatish obe`ktlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi. Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obyekt inventarizatsiya qilinib,xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun savdoga qo‘yildi va o‘tgan yili ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, izchil rivojlanayotgan va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan «Navoiyazot», «Farg‘onaazot», «Urganch ekskavator», «Qizilqumsement», «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyatlari kabi korxonalar, «Aloqabank», «Turonbank» singari banklar, « O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi va boshqa muassasalardagi davlatga tegishli aksiyalar ham savdoga qo‘yildi. Shu tariqa 52 ta aksiyadorlik jamiyatidagi savdoga qo‘yilgan davlat ulushi xususiy mulkdorlarga sotildi. Jumladan, «Qo‘qon yog‘-moy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining davlatga tegishli aksiyalari 2 million 500 ming dollarga sotildi”. Bu ishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo‘lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlami tayyorlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdir. Bu esa, o‘z navbatida, bozorlarimizni xaridorgir va import o‘rnini bosuvchi ko‘plab yangi turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini bundanda yuksaltirishga xizmat qiladi.



Download 454.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling