1I-22 guruh talabasi Mamadaminov Bekzodning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
Download 454.73 Kb.
|
Bekzod kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- Kurs ishining ob`ektlari
- Kurs ishining nazariy va uslubiy xossalari
- 1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni.
Kurs ishining maqsadi: O`zbekistonda mulkchilik shakllarini to`liq yoritib berish.Mulkchilik munosabatlari mavqeyini yanada kuchayishini ,yanada rivojlanishini va mulkka egalik qilishni tahlil qilish. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to`liq erkinlik berishni taklif qilish. Milliy mulkchilik tizimi haqida nazariy bilimlar berish.
Kurs ishining vazifalari: Mulkchilik shakllarini tubdan nazariy asoslarini o`rganib chiqish. Milliy mulkchilik shakllari haqida nazariy ma`lumotlarni to`plash va ularni tubdan yortitish. Mulk tamoyillari to`g`risidagi qarashlarni o`rganib chiqish va takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining ob`ektlari: Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va bu butun mamlakatda mulkchilik shakllari to`g`risidagi ma`lumotlar hisoblanadi. Kurs ishining predmeti: O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. Kurs ishining nazariy va uslubiy xossalari:O`zbekiston Respublikasida turli xil mulk shakllarini o`rganish va ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish va o`rganib chiqish.Mulkni xususiylashtirish va mulkchilikni tashkil qilishning nazariy tushunchalarini aniq ko`rsatib berish. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, to`rtta reja, asosiy tushunchalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlarva takliflardan iborat.Kirishda kurs ishi mavsuning dolzabligi,kurs ishining maqsadi,ob`ekti,predmeti va nazariy va uslubiy xossalaridan tashkil topgan. 1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni. Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat a`zolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish vazifalarini hal etishda mulkiy islohotlar siyosatini takomillashtirish zaruriyati ortmoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag’batlantirish mo’ljallanmoqda.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevral kuni 4947-sonli “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni tasdiqlandi. Uning uchinchi yunalishi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo’lib, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish” ustuvor yo’nalish sifatida qayd etilgani bejiz emas. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo`lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifadir. Barqaror iqtisodiy o’sish va mamlakatimizning kelajak istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko’p jihatdan ayni mana shu eng ustuvor vazifaning qanday hal etilishiga bog’liq. Mulk - bir tomondan, shaxs, guruh yoki odamlar birlashmasi (subyekti) va boshqa tomondan moddiy dunyoning (ob`ektning) har qanday mohiyati, ikkinchi tomondan, doimiy yoki vaqtincha, qisman yoki to’liq begonalashtirish, ajratish, subyekt tomonidan ob`ektni ajratib olish o’rtasidagi munosabatlar. Shunday qilib, mulk ob`ektning ma`lum bir ob`ektga tegishli ekanligini tavsiflaydi. Mulk egasi ob`ekti mulkka egalik qilish qobiliyatiga va huquqiga ega bo’lgan mulkiy munosabatlarning faol tomonidir. Mulk subyektlari yakuniy tahlilda atayin jonlantirilgan shaxslardir. Download 454.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling