38. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Agentlikning asosiy vazifalari:
-intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish;
-intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi holatini kompleks tahlil qilish, ushbu sohasini rivojlantirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
-intellektual mulk sohasidagi huquqni qo'llash amaliyotini izchil va bir xilda ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-intellektual mulk masalalari bo'yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni o'zaro muhofaza qilish haqidagi xalqaro shartnomalarni tuzish orqali yo'lga qo'yish va mustahkamlash;
-intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o'tkazishda ishtirok etish;
-jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish.
39. Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat?
Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, ixtirolar, yangi kashfiyotlar hamda ularni patentlash, litsenziyalash va sertifikatsiyalashning o’rni salmoqlidir. Chunki, dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin bunyod etilgan ixtiro bu mulk hisoblanib, undan barcha xalqlar foydalanishi mumkin. Bu masala o’z navbatida patent olish va uni sotish orqali tartibga solinadi.
Ekzogen innovatsiyalarni ilmiy va notijorat institutlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasini misol sifatida keltirish orqali yoritadigan bo’lsak, innovatsiyalarning bu turi ba‘zan yangi mahsulot va yangi jarayonga sababchi bo’lishi mumkinligi aniqlangan. Solounni iqtisodiy o’sish modelida barcha texnologik rivojlanishlar ekzogen innovatsiya sifatida qaralgan bo’lsada, pirovardida sanoatda va butun bir mamlakat uchun ishlab chiqarish imkoniyatlarini keskin o’zgartirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |