1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining subyektli funktsional sxemasi


Download 182.88 Kb.
bet43/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org



88. O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining subyektli funktsional sxemasi.

Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, ro’yobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi o’zaro bog’liq bo’lgan tuzilmalar majmuasidir13. MIT o’ziga ikki tarkibiy bo’linmani qamrab oladi: ilmiy-ishlab chiqarish va institutsional. Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini ta’minlaydi.


Innovatsion tizimning markaziy elementi sifatida innovatsion korxonalar hamda ularning faoliyat ko’rsatishining asosiy bosqichlarini ifoda etuvchi (moliyalashtirish manbalarini izlab topish, innovatsiyalarni ishlab chiqish, sotish bozorlarini izlash) infratuzilmaga mansub bo’lgan davlat, ilm-fan va biznesning kooperatsiyasiga imkon beruvchi tashkilotlarni ham o’z ichiga oladi. Innovatsion investitsion jarayonlarning doimiy tsiklini qo’llab-quvvatlaydigan shunday instituttsional tuzilmani vujudga keltirish - milliy innovatsion tizimni shakllanish bosqichida muhim vazifa hisoblanadi. Faqatgina milliy innovatsion tizimning instituttsional “karkasini” qurib olib, bilimlar, texnologiyalarni uzluksiz yaratish, undan foydalanish va ayirboshlash mumkin bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasining MITining subyektli-funktsional sxemasi ishlab chiqildi. Mazkur sxema O‘zbekistonda MITning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlashda va ularni o’rganishda dastlabki qadam hisoblanadi.
Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat subyekti sifatida davlatning o’rnini anglab olish o’ziga xos alohida e’tiborni talab etadi. Mamlakat innovatsion tizimining markazida innovatsion korxonalar turadi. Tizimning qolgan barcha elementlari u yoki bu darajada innovatsion korxonalarga bog’liq bo’lib, bir-birlariga nisbatan ikkiyoqlama aloqadorlikda bo’ladi. Keltirilgan MIT sxemasida innovatsion korxonalar innovatsiyalarni yaratuvchi va bu ishlanmalardan o’z faoliyatlarida foydalanuvchi innovatsion investitsion korxonalarga ajratiladi. Ikkinchi tur korxonalarini amaliyotchi’lar deb, ataladi. Chunki korxonalar innovatsion tizimda innovatsiyalarning hayotiylik tsiklining barcha bosqichlarida vujudga kelish va tarqatishni ifoda etuvchi turli vazifalarni bajaradi.

Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling