1-davr XII-XVII asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtlarda metall qurilmalarni noyob inshootlarni qurishda (saroy, cherkov) ishlatishgan, masalan g‘isht devorlarni mustahkamlashda, tom konstruksiyasini tortib qo‘yishda va h.k. 2-davr XVII asr boshlaridan XVIII asrning oxirigacha qamrab oladi. Bu davr metall qiya to‘sinlarni va cherkovlarning fazoviy bosh gumbazlar konstruksiyalarni yaratilishi bilan bog‘langan. Misol qilib 1640 yilda Moskva shaxridagi Kreml saroyi tomining yopilishini keltirishimiz mumkin 3-davr XVIII asrdan XIX asrning yarmigacha davom etib kelgan. Bu davr cho‘yan elementlarini quyish va ulardan qurilmalar yaratish bilan bog‘liq. Cho‘yan elementlarning birikmalari qulf va boltli birikma orqali bajarilgan. Bu davrning oxirlarida fermalardan foydalanish boshlangan. Fermalarning siqilishga ishlayotgan elementlarini cho‘yandan, cho‘zilishga ishlayotgan elementlarini temirdan tayyorlashgan. 3-davr XVIII asrdan XIX asrning yarmigacha davom etib kelgan. Bu davr cho‘yan elementlarini quyish va ulardan qurilmalar yaratish bilan bog‘liq. Cho‘yan elementlarning birikmalari qulf va boltli birikma orqali bajarilgan. Bu davrning oxirlarida fermalardan foydalanish boshlangan. Fermalarning siqilishga ishlayotgan elementlarini cho‘yandan, cho‘zilishga ishlayotgan elementlarini temirdan tayyorlashgan. 4-davr XIX asrning 30 yillaridan XX asrning 20 yillarigacha davom etgan. Bu yillar metallshunoslik va metallni qayta ishlash sohasida katta rivojlanishni o‘z ichiga oladi. Po‘lat quyish usullarini Bessemer 1856 yilda, Marten 1864 yilda va Tomas 1878 yilda ishlab chiqishi va o‘zlashtirilishi natijasida cho‘yan konstruksiyalar o‘rniga po‘lat konstruksiyalari ishlatila boshlandi. Po‘lat materiali sifatliroq va mexanik xususiyatlari yaxshiroq bo‘lganligi sababli varaqasimon prokatning texnologiyasi metall konsturksiyalarning rivojlanishiga va ularni noyob binolarda ishlatilishiga imkon berdi.
Po‘lat quyish usullarini Bessemer 1856 yilda, Marten 1864 yilda va Tomas 1878 yilda ishlab chiqishi va o‘zlashtirilishi natijasida cho‘yan konstruksiyalar o‘rniga po‘lat konstruksiyalari ishlatila boshlandi. Po‘lat materiali sifatliroq va mexanik xususiyatlari yaxshiroq bo‘lganligi sababli varaqasimon prokatning texnologiyasi metall konsturksiyalarning rivojlanishiga va ularni noyob binolarda ishlatilishiga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |