1Kirsh Metall konstruksiya elementlarining hisoblashda qo’llaniladigan me’yoriy hujjatlar bilan tanishish


Download 108.88 Kb.
bet5/10
Sana12.03.2023
Hajmi108.88 Kb.
#1261970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
qurilish mexanikasi 5 maavzu Qodirov

YUКLAR VA TA’SIRLAR.

Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va muvaqqat, ya’ni vaqtincha bo’lishi mumkin, vaqtinchasi uzoq muddatli, qisqa muddatli va alohida bo’lishi mumkin.


Doimiy ta’sir etadigan yuklar: a) konstruksiyaning og’irligi, b) yerning og’irligi.


Vaqtincha uzoq muddat ta’sir etadigan yuklar nimadan iborat bo’lishi mumkin: a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor og’irligi, b) qo’zg’almas uskunalarning og’irligi, v) gazlardan, suyuqliklardan hosil bo’ladigan bosim, katta diametrli quvurlarda, sisternalarda va sochiladigan materiallar saqlanadigan idishlarda hosil bo’ladigan bosim g) omborda saqlanadigan ashyolar og’irligi, d) odamlar va asbob-uskunalarning og’irligi me’yoriy qiymati kamaytirilgan holda, e) Tik ta’sir etadigan ko’priksimon krandan hosil bo’ladigan kuchlar qisqartirilgan yukning ta’siri bilan: 4k6k x 0,5; 7kx 0,6; 8kx 0,7 j) Qor og’irligi qisqartirilgan yuk ta’siri bilan: - Sh-chi rayondan, qor bo’yicha, boshlab: Shr x 0,3; IUr x 0,5; U, UIR x 0,6.


Vaqtincha qisqa muddat ta’sir etadigan yuklar:
a) jihoz (asbob-uskuna) larni o’rnatishda va ularni ishga tushirish vaqtida, hamda ularni boshqatdan o’rnatish yoki almashtirishda paydo bo’-ladigan yuklar,
b) odamlar og’irligi, jihozlar ta’miri va ta’mir uchun ishlatila-digan materiallar og’irligi,
v) ko’p qavatli fuqaro turadigan va ma’muriy binolarda qavatlar aro qo’yilgan konstruksiyalarga tushadigan yuk (odamlar va jihozlardan) to’la normal yukning ta’siri bilan,
g) yukni ko’tarib o’zi oboradigan mashina-mexanizmlardan, ko’priksimon kranlardan ta’sir etadigan yuklar to’la normal yukning ta’siri bilan;
d) qordan bo’ladigan yuk to’la normal ta’siri bilan;
e) shamoldan bo’ladigan yukning ta’siri.
Alohida (maxsus) ta’sir etadigan yuklar:
a) er qimirlashi tufayli bo’ladigan ta’sirlar,
b) portlash tufayli bo’ladigan ta’sirlar,
v) avariya tufayli bo’ladigan ta’sirlar,
g) er cho’kishi sababli bo’ladigan ta’sirlar.
Odatda inshootga bir necha xil yuklar birgalikda ta’sir etadi, le-kin hamma mavjud yuklarning inshootga bir vaqtning o’zida ta’sir etish ehtimoli kam. Shuning uchun konstruksiyani hisoblayotganda yuklarni eng noqulay birgalikdagi ta’sirini e’tiborga olishimiz kerak.
Birgalikda ta’sir etish ehtimolligi voqeiy variantlarni tahlil qilib topiladi. Asosan birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli yuklar kiradi. Alohida birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli va bitta maxsus yuk kiradi.
Agar vaqtincha ta’sir etadigan yuklar soni bittadan ortiq bo’lsa, unda yuklar qiymati 10,95 ga birinchisini va 0,9 ga ikkinchisini ko’paytirish lozim, ya’ni asosan birgalik 0,95 ga, alohida birgalik esa 0,9 ga ko’paytiriladi. Qisqa muddatli yuklar mos ravishda 20,9 ga 20,8 ga va 20,6 ga (uchinchisini) ta’sir darajasi bo’yicha ko’paytiriladi.
Ma’lumki, po’latlarning plastik holatga o’tishi diagrammada oquvchanlik chegarasidan boshlanadi. Ba’zan konstruksiyaning faqat elastik holatida emas, balki oquvchanlik holatiga ham o’tib ishlashiga ruhsat etiladi va hisoblashda bu omil e’tiborga olinadi.
Plastik deformasiyalarni cheklash maqsadida, cho’zilishga ishlaydigan elementlar materialning elastik ishlash chegarasi bo’yicha mustahkamligi quyidagicha aniqlanadi:

bu erda: N - hisobiy kuch,
An – elementning ko’ndalang kesim netto yuzasi,
Ry – element materialining oquvchanlik bo’yicha hisobiy qarshiligi,
s – ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffisient.



Download 108.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling