1–laboratoriya ishi: dasturlash vositalari bilan tanishish va ularda ishlash


Download 0.9 Mb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1268998
  1   2   3
Bog'liq
TDS 1-amaliyot

1–LABORATORIYA ISHI: DASTURLASH VOSITALARI BILAN TANISHISH VA ULARDA ISHLASH.


Ishdan maqsad:
Telekommunikatsiyada dasturiy ta‘minot yaratishda qo‗llaniladigan asosiy dasturlash vositalari bilan tanishish va ularning asosiy farqlarini o‗rganish

Nazariy qism:


Dasturlash texnologiyasidastur yaratishning usuli, metodlari va ko‗nikmalaridir. “Texnologiya” so‗zining odatdagi ma‘nosini inobatga olsak, u xolda “dasturlash texnologiyasi” deganda talab qilingan dasturiy ta‘minot (DT) yaratishga olib keladigan yaratish jarayonlari, hamda ushbu jarayonlarni tavsiflarini tushunamiz. Dasturlarni loyxalashtirishning zamonaviy industrial texnologiyasi tizimli taxlil, ishlab chiqish, otladka, xujjatlashtirish va mutaxassislar ishini boshqarish uchun mo‗ljallangan avtomatlashtirilgan vositalar, xujjatlar va boshqa tadbirlar kompleksidan iborat. Dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishning narxini kamaytirish va dasturchilar ishining unumdorligini oshirish uchun dasturlash tili, soxa, EXM va yechiladigan masalaga bog‗liq bo‗lmagan xolda yuqori professional saviyada dastur yaratishdan iborat metodlar mavjud. Bunday metodlar dasturlash texnologiyasi deb ataladi.
Dastur bir necha ob‘ektdan iborat.
Ob‘ekt alohida sinfning (klass) egzemplyaridir. Sinflar ierarxiyani tashkil qilishadi. Ob‘ektlar va sinflar me‘roslik xususiyatiga ega. Ob‘ektlar aro bog‗lanish habarlar yordamida o‗tkaziladi. Bu bosqich natijasida Delphi, C++, Builder, Visual C++, Java tillari paydo bo‗lgan.
Dasturiy ta‘mninotning ishonchliligi sifatida ma‘lum bir vaqt jarayonida dasturiy ta‘minotning to‗g‗ri ishlash ehtimolligiga aytiladi. Dasturning ishonchliligi uning ichki xususiyati hisoblanadi. Bu dasturning qay darajada ishlatilishiga tegishli. Dasturiy ta‘minotda mahsulotni qancha ko‗p sozlansa, yoki testlansa, u shuncha yaxshiroq ishlaydi degan tushunchani inkor qiladi. Bu xolatlarda ma‘lum bir ichki xatoliklar aniqlanadi. Umuman, sozlash jarayonida xatoliklarni tuzatish narxi vaqtga to‗g‗ri proporsional ekanini esda tutish lozim.
Bugungi kunga kelib Java tili eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ushbu dasturlash tili dastlab 1990-yillarda Sun Microsystems kompaniyasi tomonidan Oak(o‗zbekcha ―eman‖) nomi ostida ishlab chiqilgan bo‗lib, taqdim etilgandan so‗ng muvaffaqiyat qozona olmaydi va kompaniya uning nomini Javaga o‗zgartiradi. Java tilning birinchi versiyasi 1996-yilda keng ommaga taqdim etildi. Hozirgi kunda Sun Microsystems kompaniyasi Oracle deb yuritiladi. Java turli xil vazifalar uchun ishlatilishi mumkin bo‗lgan universal dasturlash tili sifatida o‗ylab topilgan. Hozirgi vaqtda Java tili ancha yo‗lni bosib o‗tdi, turli xil versiyalar taqdim etildi. Joriy versiya - Java 11 hisoblanadi va u 2018-yil sentyabrida taqdim etilgan. Java oddiy universal tildan turli xil vazifalarni bajarish uchun ishlatiladigan turli texnologiyalarni birlashtirgan ekotizimga va butun platformaga aylandi: ish stoli ilovalarini yaratishda katta web-portallar va xizmatlar yozish. Java tili turli xil qurilmalar uchun dasturiy ta'minot yaratish uchun faol ravishda ishlatiladi: oddiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, mobil telefonlar va hatto maishiy texnikaga ham.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling