Shahar yo‘llari va ko‘chalarini ekspluatatsiya qilish ishlarini tashkil etish va uning nazorat qilish
Download 31.65 Kb.
|
8-amaliy
Shahar yo‘llari va ko‘chalarini ekspluatatsiya qilish ishlarini tashkil etish va uning nazorat qilish. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining oliy boshqaruv organi uning Kengashidir. Kompaniya kengashi kompaniya rahbari, uning o‘rinbosarlari, kompaniya a’zolari bo‘lgan korxona rahbarlari tarkibida tasdiqlanadi. Kompaniya kengashining alohida vazifalariga quyidagi masalalar kiradi: -respublika avtomobil yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish; -respublika yo‘l xo‘jaliklarini iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; -yo‘l jamg‘armasini tashkil etish tartibini beligalash va undan asosli ravishda sarflanganligini baholash; -yo‘l xo‘jaliklari bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va kelgusida respublika hukumatiga takliflar kiritish; -kelgusida respublika hukumatiga takliflar kiritish uchun yo‘l xo‘jaliklari bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqish; hamkorlik faoliyatining yillik va kelajak dasturlarini tasdiqlash, ularni amalga oshirishning hisobotini eshitish; -kompaniyaning Ustav jamg‘armasiga kirishda to‘lanadigan solik miqdorini belgilash; -kompaniya tarkibiga kirish yoki chiqish haqida qaror qabul kilish; -kompaniyaning markazlashgan jamg‘armasini tashkil etish va sarflash tartibini belgilash; -kompaniya daromadidan markazlashgan jamg‘armani to‘ldirish va ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Kengashining majlisi zaruratga qarab, bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Kompaniya Kengashining Qarorlari ochiq ovoz berish va ko‘p ovoz olish yo‘li bilan qabul qilinadi va qarorlarda rasmiylashtiriladi. Kompaniya Kengashining har bir a’zosi bir ovozga ega. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Kengashi besh yil muddatga ishchi organ sifatida kompaniya boshqaruvini saylaydi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining boshqaruvi: Kengash qarori bajarilishini tashkil etadi; Kengashda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan qaror loyihalarini tayyorlaydi, Kengashda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalarni qayta ishlab chiqishni amalga oshiradi; kompaniyaning ilmiy- texnik kengashini tuzadi; Kengashning alohida vazifasiga kirmaydigan, kompaniyaning doimiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Boshqaruv majlisi kamida bir oyda bir marta o‘tkaziladi. Qarorlar ochiq ovoz berib, ko‘p ovoz olish yo‘li bilan qabul qilinadi va kompaniya buyruqlarida rasmiylashtiriladi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining rahbari uning o‘rinbosarlari kabi respublika xukumati tomonidan tasdiqlangan Boshqaruv raisidir. Boshqaruv raisi kompaniyaning faoliyati uchun shaxsan javobgar bo‘lib, quyidagi huquqlarga ega: -o‘z huquqlari doirasida buyruq va farmoyishlar chikarish; -boshka uyushmalar, korxonalar, muassasalar bilan munosabatlarda kompaniyani manfaatini ifodalash; -kompaniya nomidan shartnomalar, shuningdek, mehnat shartnomalarinituzish; -moliyaviy hisobot va boshqa hujjatlarni imzolash, ishonch qog‘ozlarini berish; -kompaniyaning yangi tuzilgan bo‘linma va korxonalari hakidagi Nizom va Ustavlarni tasdiqlash; -ijrochi apparatning tuzilishi, shtat jadvali va ularni saklash uchun harajatlar smetasi, uning tarkibiy bo‘linmalari hakidagi nizomni va lavozim yo‘riqnomlarini tasdiqlash; -boshkaruvning navbatdagi majlisini chaqirish hakida qaror qabul qilish. "O‘zavtoyul" kompaniyasining rahbar organlari ishini ta’minlash uchun Boshqaruv raisi tomonidan ijrochi apparat tuziladi. "O‘zavtoyo‘l" kompaniyasining Kengashi kompaniya ishtirokchilari bo‘lgan korxonalarning malakali mutaxassislaridan besh yil muddatga taftish komissiyasi saylaydi. Taftish komissiyasi kompaniya va Boshqaruvning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat o‘rnatadi, tekshirish natijalari hakida faqat kompaniya Kengashi oldida hisob beradi. Kompaniya faoliyati bir yilda kamida bir marta taftish qilinadi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining faoliyatidan maqsad respublika aholisining va xalq xo‘jaligining kam xarajatlar bilan yukni transportda tashish ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish uchun avtomobil yo‘llarini har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirish, saqlash va ta’minlashdir. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining asosiy vazifalari: -qaysi idoraga qarashliligidan qat’iy nazar, respublikaning barcha avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishda yagona texnikaviy siyosatni amalga oshirish; -O‘zbekiston Respublikasi “Davlatistiqbolstat” qo‘mitasi bilan hamkorlikda kelgusida aholining ko‘payishini, regional iqtisodiy imkoniyatlarni, mudofaa qobiliyatini mutahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda respublika yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiya loyihasini ishlab chiqish; -umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining texnikaviy holati va ulardagi o‘tkazuvchanlikni ta’minlash ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish; -umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha masalalarni har tomonlama hal qilishni ta’minlash; -davlat topshiriqlari asosida hamda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma va bitimlar orqali samarali pudrat qurilish faoliyatini ta’minlash; -respublikaga xorijiy sheriklarni jalb qilish va respublikadan tashqarida ham kompaniyaning muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga imkon yaratadigan o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; -kompaniya a’zolari bilan hamkorlikda mehnat jamoalarining ijtimoiy hayotini yaxshilash, ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda daromadlarini oshirish uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Yuklangan vazifalarga binoan “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi: -respublika avtomobil yo‘l tarmoqlarini hisobga olib borishni va ularning transport foydalanish holatlarini baholashni tashkil etadi; -ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning respublika miqyosidagi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; -umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘l tarmoqlarini kelgusida shakllantirish va takomillashtirishni belgilaydi; -umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘l tarmoqlaridan foydalanish va hisobga olishni tashkil etadi, yo‘l korxonalari va harbiylashtirilgan yo‘l-ko‘prik bo‘linmalarini tuzadi, sarf etiladigan barcha yo‘l qurilish materiallari va texnikasi zahiralarini tuzish va saqlashni tashkil etadi; -ilmiy-texnikaviy rivojlanishdagi eng muhim yo‘nalishlarni aniqlab beradi, qo‘shma ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqishni amalga oshirishni tashkil etadi, ishlab chiqarishga samara beruvchi materiallarni, ilg‘or texnologiyani, yangi texnikani tatbiq etishda yordamko‘rsatadi; -ilg‘or yo‘l qurilish me’yorlarini ishlab chiqishni va qo‘llashni tashkil etadi, eskirib qolgandavlat yo‘lstandartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi; -jiddiy vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda (tabiiy ofat, avariya va shunga o‘xshash) a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; -avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash uchun moliyaviy mablag‘lar yig‘ishni tashkil etadi va nazorat qiladi; -umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash harajatlarini belgilashda va kompaniya a’zolariga o‘zaro xizmatlarini ko‘rsatishda narx belgilashning umumiy tamoyillarini aniqlaydi; -respublika uchun muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l tarmog‘i inshootlarini qurish (qayta tiklash) uchun davlat buyurtmasini tuzadi; -davlat topshiriqlarini bajarish uchun moddiy-texnika xomashyolar me’yorlarini va markazlashtirib ajratiladigan kapital jamg‘arma limitlarini saqlash vazifasini bajaradi; -markazlashtirilgan kompaniya mablag‘i hisobidan kompaniya a’zolariga vaqtincha moddiy yordam berilishini ta’minlaydi; -ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil qilishni takomillashtiradi; -xodimlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ijtimoiy masalalarni hal etishda yordam beradi; -axborot, nashriyotchilik, maslahat, muhandislik va vositachilikka oid hamda boshqa xizmatlarni bajaradi. “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi davlat avtomobil yo‘llari boshqarmasida maxsus tayinlangan organ sifatida quyidagi huquqlarga ega: -respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘nalishlarini tuzish va belgilash; -egalik qilish uchun berilgan vakolatlari doirasida kompaniya a’zolariga tegishli davlat mulkini boshqarish; -hududiy yo‘l tashkilotlari mavqeiga ega yo‘llardan foydalanish korxonalarini tuzish, tarqatib yuborish, qayta tuzish, ularga umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘l tarmoqlarini biriktirish; mazkur korxonalarga rahbarlar tayinlash; -berilgan vakolatlar doirasida, idoraviy qaramlikdan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha uyushma, korxona, tashkilot va muassasalar uchun bajarish majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; -manfaatdor davlat boshqaruv organlarining roziligi bilan qonunlarni takomillashtirish, kompaniya a’zolari tomonidan davlatdan ajratish va hususiylashtirish haqida respublika xukumatiga takliflar kiritish; -respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompaniyalarning ijrochi apparatini va hududiy yo‘l tashkilotlarini saqlash. Kompaniya xo‘jalik korxonalari uyushmasi sifatida quyidagi huquqlarga ega: -davlat va boshqa uyushma, korxona, tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatda kompaniya a’zolarining manfaatlarini ifodalash; -kompaniya a’zolarining roziligi bilan sug‘urta, zahira jamg‘armalarini tashkil etish uchun moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslarni markazlashtirish; -kompaniyaning markazlashgan mablag‘lari hisobidan xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalar, markazlar, firmalar, xizmat ko‘rsatish korxonalarini tuzish, xorijiy davlatlarda bo‘linmalar, vakolatxonalar ochish, xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar tuzish, qayta tuzish va tugatish; -respublikadan tashqarida hukumatlararo kelishuvlar asosida yoki xorijiy sheriklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilangan tartibda ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish; -shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shaxsiy ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish; -ish haqi miqdori, tizimi va shaklini mustaqil belgilash. Respublika miqyosida avtomobil yo‘llarini loyihalash “O‘zavtoyo‘l” DAK tarkibiga kirgan hududiy “Yo‘l loyiha markaz”lari, avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti va turli mulkchilik shaklidagi MChJ lar tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l loyihasini ishlab chiqishda sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi shart qilib belgilanadi. Loyihalash jarayonida harakat xavfsizligining qay darajada ta’minlanganini baholash uchun yakuniy avariyalik koeffitsienti grafigini butun yo‘l uzunligi bo‘yicha hisoblab, me’yoriy ko‘rsatkichdan oshmaslik chora-tadbirlari qo‘riladi. Loyiha ishlari yakunlanganidan keyin uni belgilangan tartibda IIV YHXBB yoki IIB YHXB bilan kelishib, so‘ngra qurilish tashkilotlariga real sharoitda amalga oshirish uchun beriladi. Loyiha bo‘yicha yo‘l qurilishini asosan respublikada “Yo‘l-ta’mirlash qurilish tashkilotlari”, ayrim hollarda “Xalqaro davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarini saqlash bo‘yicha ixtisoslashgan ta’mirlash – foydalanish korxonalari” tomonidan amalga oshiriladi. Qurilishni amalga oshirayotgan qanday tashkilot (Nazarbekavtoyo‘l korxonasi, Samarqand obodonchiligi aksiyadorlik uyushmasi, Olmaliq obodonchiligi yopiq aksiyadorlik uyushmasi) bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga qo‘yiladigan asosiy talab loyihada ko‘rsatilgan ishlarning barchasini sifatli qilib bajarish hisoblanadi. Bajarilgan ishlarni Davlat komissiyasi tomonidan maxsus tuziladigan aktga asosan foydalanishga qabul qilinadi. Hududiy yo‘l foydalanish tashkilotlarining (Qoraqalpoqavtoyo‘l, Andijonavtoyo‘l, Buxoroavtoyo‘l, Jizzaxavtoyo‘l, Qashqadaryoavtoyo‘l, Navoiyavtoyo‘l, Namanganavtoyo‘l, Samarqandavtoyo‘l, Surxondaryoavtoyo‘l, Sirdaryoavtoyo‘l, Toshkentavtoyo‘l, Farg‘onaavtoyo‘l, Xorazmavtoyo‘l) asosiy vazifalari yo‘lni har qanday ob-havo sharoitida, yilning har qanday faslida transport vositalarining xavfsiz, qulay va tez harakatlanishini ta’minlashdan iborat. Download 31.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling