1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


Elektr kimyoviy teshilish


Download 1.05 Mb.
bet13/33
Sana07.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1437926
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja

Elektr kimyoviy teshilish. Teshilishning bu turi dielektrikda harorat va namlikni nisbatan yuqori bo'lgan holda kuzatiladi. Bundan tashqari, elektr kimyoviy teshilish materiali bo'shliqlarida issiqlik hodisasi bilan bog'liq gaz ionlashish sodir bo'lganida ham ro'y beradi. Elektr kimyoviy teshilish ro'y berishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi, chunki u elektr o'tkazuvchanlik hodisasi bilan bog'liq. Bu turdagi elektr teshilishi ko'pgina organik materiallarda, chunonchi, chinnining ba'zi turlarida kuzatiladi, shuning uchun dielektrikda ishlatiladigan elektrod materialga ham bog'liq bo'ladi
Nazorat savollar

  1. Elektr kimyoviy teshilishni tushuntiring

  1. Issiqlikdan teshilishni aytib bering


9–Ma’ruza. Lok va yelemlar.Elektrotexnik loklarning ishlatilishi.
Reja :

  1. Lok va kompauntlar

  2. Lokli marorlar

  3. Moylilok

Lok va kompaundlar

Lok tabiiy va sintetik qatronlar, bitum, quriydigan moy, tsellyuloza efiri va boshqa birikmalarning kolloid eritmasidir.Lokning qurish jarayonida uning tarkibidagi erituvchi moddalar uchib ketadi, natijada lok pardasi hosil bo'ladi. Alifatik (benzin,uayt-spirit,kerosin) va aromatik (toluol,ksilol,solvent)uglevodorodlar organik erituvchilarning keng tarqalgan xillaridir. Vazifasiga ko'ra elektr izolyatsiya loklari uch guruh (shimiluvchi,qoplovchi vayelimlovchi) ga bo'linadi.
Shimiluvchi loklar g'ovak va tolasimon izolyatsiya materiallari (qog'oz, yog'och,gazlama)ga shimilishi natijasida ular hajmidagi havo bo'shliqlarini siqib chiqaradi. Lok qurigandan so'ng izolyatsiya materialining mexanik va elektr mustahkamligi keskin ortib, uning gigroskopiklik xususiyati kamayadi; issiqlik o'tkazuvchanligi yaxshilanib,izolyatsiyaning issiqqa chidamliligi ortadi. Mazkur loklardan elektr mashina va apparati chulg'amlarini shimdirishda, lokli gazmollar va qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Qoplovchi loklar qattiq izolyatsiya materiallari yuzasiga surtilishi natijasida silliq,
yaltiroq,mexanik mustahkam,namga chidamli qoplama olinadi. Qoplama loki izolyatsiya qarshiligini keskin oshirib, yuzani zaryaddan yaxshi muhofaza qiladi. Ushbu lok yuzani kimyoviy erituvchi va boshqa reagentlarga bardoshli qilishi bilan birga unga chang o'tirishini ham kamaytiradi.
Bunday loklar suyuq holatda sim yoki po'lat varaqlarga yupqa qilib surtiladi. Natijada, metall yuzasida kerakli xossaga ega elektr izolyatsiya qoplamasi hosil bo'ladi.
Yelimlovchi loklar ikki qattiq izolyatsiya materialini o'zaro yoki izolyatsiya materialini metall bilan biriktirish vazifasini o'taydi. Bu loklarga materiallarni yaxshilab yelimlash bilan birga yuqori darajali elektr izolyatsiya xossasini berish vazifasi ham yuklatiladi. Yelimlovchi loklar materiallarni biriktirish bilan birga ularga shimilishi ham shart. Bunday loklar xona haroratida qurish xususiyatiga egadir. Odatda, yuqori harorat va kerakli muhitda quritiladigan loklardan yaxshi va sifatli parda va hamda qoplamalar olinadi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling