1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


–Ma’ruza. Mexanik xarakteristikalari


Download 1.05 Mb.
bet3/33
Sana07.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1437926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja

3–Ma’ruza. Mexanik xarakteristikalari.
Reja :



  1. Elektro texnik materiallarning sinflanish




  1. Elektro texnik materiallarning turlari




  1. Qattiq va amorf jismlar



Hozirgi paytda fan va texnika rivojlangan,texnologik jarayonlar takomillashgan bir vaqtda elektr texnika ham yangi bosqichlarga ko'tarilib, turli xildagi materiallar ishlab chiqarilmoqda va o'zlashtirilmoqda.Ishlab chiqarilayotgan elektrtexnika materiallarining yangi xossalarga ega turlari ko'p miqdorda tayyorlanmoqda.Yangi turdagi materiallarni yaratishga ularning fizik,kimyoviy va mexanik xossalarini chuqur o'rganish orqali erishilmoqda.
Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi
Elektr texnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda mutaxassis turli tuman xossaga ega bo'lgan elektrtexnika materiallari bilan to'qnashadi.Bu
Materiallar elektr mashinasi va jihozlarida kuzatiladigan elektromagnit jarayonida ishtirok etadi. Elektr texnika materiallaridan ma'lum darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi.
Elektr texnika materiallari asosan 4 turga - o'tkazgich, dielektrik, yarim o'tkazgich va magnit materiallariga bo'linadi.
Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali uzatuvchi uzatgichlar bilan iste'molchilarga yetkazib berishda o'tkazuvchi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o'tkazuvchanlikka ega sof metallardan tayyorlanadi.

Elektrtexnika materiallari asosiy turlari




Agar metallarning qarshiligi katta bo'lishi talab etilsa,uholda metallar aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi.


Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli,ular juda katta elektr qarshilikka ega bo'lishi shart.
Dielektrik sifatida juda ham ko'p turdagi organik va anorganik materiallar qo'llaniladi.Bu materiallar gaz,suyuq va qattiq agregat holatda bo'lishi mumkin.
Yarim o'tkazgichlar o'zining elektr o'tkazuvchanligi jihatidan o'tkazgich bilan dielektriklar orasida joylashgan bo'lib,zamonaviy texnikada keng qo'llaniladi.
Materiallarda yarim o'tkazuvchanlik xossalari, ko'pincha, tayyor mahsulot olish paytida hosil bo'ladi

Dielektriklar






Yarim o'tkazgichlar

Magnitli elektr texnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki o'tkazish maqsadida magnit materiallari qo'llaniladi.Bu materiallardan ma'lum darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli, kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir.

Magnit materiallari

Elektr texnikaning rivojlanishi elektr texnika materiallariga bog'lig bo'lib, u o'znavbatida yangi xossali materiallar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi. Xossalari yaxshilangan, issiqqa chidamli izolyatsiya va magnit materiallari kichik hajmli, yengil va ixcham elektr mashina va apparatlarni yaratish imkonini beradi.
Yuqori ish haroratiga ega bo'lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya,raketa texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda.So'nggi paytda ko'plab ishlab chiqarilayotgan yangidan yangi sun'iy materiallar xalq xo'jaligining turli sohalarida,jumladan, elektrotexnikada keng miqyosda qo'llanilmoqda.
Hozirgi davrda o'z ish faoliyatini yuqori darajada bajarib, xalq xo'jaligini sifatli kabel mahsulotlari bilan ta'minlayotgan “O'zkabel” AJ ishlab chiqarish korxonasida dielektrik va o'tkazgich materiallar ko'p ishlatiladi.Bulardan asosiy sini polietelen va mis tashkil etadi.Bo'lajak mutaxassislar uchun elektrtexnika materiallarini chuqur o'rganish katta amaliy ahamiyatga ega.
1.1.Qattiq jismlar fizikasining asosiy tushunchalari

Qattiq jismlar fizikasining nazariy masalalari bilan shug'ullangan Y.I.Frenkel 1930 yiliyarim o‘tkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning ko‘zg'algan holatida eksiton nazariyasini ishlab chiqqan edi. Bu nazariyaning to‘g‘ri ekanligini 1952 yilga kelib Y.F.Gross tomonidan isbot qilindi ya'ni eksitonning mavjud ekanligi etildi. Qattiq jismlar fizikasi xususan, yarim o‘tkazgichlar fizikasining nazariy masalalari ustida ishlab, uning rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan Sovet olimlaridan L.D.Londau, S.P.Pekar, L.E.Gurevich,S.G.Kalashnikov va boshqa nazariy olimlarni ko‘rsatish mumkin



Kristallar

Qattiq jismlar-atom va molekulalarning joylashishiga qarab amorf kristall jismlarga bo‘linadi,amorf jismlar izotropik hossaga ega bo‘lib ularning fizikaviy hossalari hamma yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Amorf jismlarning xossalari o‘ta qovishqoq so‘yuqliklar xossalariga o‘xshashdir.Shu sababli xozirgi vaqtda amorf jismlarrni o‘ta sovigan suyuqlik deb qaralib,qattiq jism terminida faqat kristall tuzilishga ega bo‘lgan jismlarning harakterlashda foydalaniladi.Biz kristall jismlarning xossalari, xususan yarim o‘tkazgich kristall jism ustida so‘z yuritar ekanmiz qattiq jism terminini ishlatganimizda kristall jismini nazarda tutamiz.
Kristall qattiq jismlarda - atom va molekulalar ma'lum tartibda joylashgan bo‘lib har xil kristall panjarani hosil qiladi shu sababli ularni fizikaviy xossalari turli yo‘nalishlar bo‘yicha birxil bo‘lmaydi ya'ni izotropik hossaga ega bo‘ladi.
Nazariy savollar



    1. Metallarning turlarini aytib bering

    2. Metallarning sinflanishini tushuntiring

    3. Qattiq va amorf jismlar haqida ma’lumot



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling