1mavzu emografik o'tish


Download 30.28 Kb.
bet4/4
Sana22.04.2023
Hajmi30.28 Kb.
#1380145
1   2   3   4
Bog'liq
aholi

Demografiya (qadimgi yunoncha: δῆμος - demos — xalq va γράφω - grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda oʻrganadigan fan. Demografiyaning paydo boʻlishi asosan 17-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J. Graunt (1620— 1674) tadqiqotlari bilan bogʻlikdir. Demografiya terminini 1855 yilda fransuz olimi A. Giyar qoʻllagan. 1882 yil Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jeneva sessiyasida rasmiy qabul qilingan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida keng tarqaldi. Oʻzbekistonda, asosan 1960 yilardan qoʻllanila boshladi.


Demografiyaning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo boʻlishi jarayoni va omillarini oʻrganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini koʻrsatib berishdan iborat. Demografiyaning vazifalari: demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlim, nikoh va ajralish, oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy va oila-viy tarkibi, demografik mayl) va ularning omillarini oʻrganish; demografik bashorat (maʼlum hudud aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash)larni ishlab chiqish; demografik siyosat (aholi siyosatining uzviy qismi boʻlib, uning asosiy maqsadi aholining miqdoriy oʻsishini boshqarishdan iborat) choratadbirlarini ishlab chiqish. Demografik siyosat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ilmiy asosini tashkil etmogʻi lozim. Shundagina jamiyat har tomonlama muntazam rivojlanib boradi.
Demografik tadqiqot usuli — statistik, tarixiy taqqoslash, haritagrafik, sotsiologik, matematik va mantiqiy fikrlash. Demografiyaning taxliliy metodi statistikadan farq qiladi: unda mavhum fikrlash usulidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari ham oʻrganiladi. Shu jihatdan demografik statistika Demografiyaning bir qismidir.
Aholi muayyan ijtimoiy hayot tarziga boʻysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham muayyan i.ch. usuli va i.ch. munosabatiga bogʻliq boʻladi. Aholi murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish mahsuli boʻlib, turli omillar zaminida koʻpayadi. Bu jihatdan Demografiya iqtisod, sotsiologiya, geogr., tibbiyot, tarix fanlari tahlil mavzuiga yaqin boʻlib, ularning yutuqlaridan foydalanadi, ayni vaqtda, ularga muhim maʼlumotlar beradi.
Demografik jarayonlarni oʻrganishda juda koʻp maʼlumotlardan foydalaniladi. Koʻpchilik davlatlarda demografik maʼlumotlar statistika tashkilotlari tomonidan toʻplab boriladi. Ular aholi soni, tarkibi va demografik jarayonlarni aks ettirib oʻz ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va diagrammali maʼlumotlar, ilmiy manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo miqyosida demografik maʼlumotlarni toʻplash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida oʻtkaziladi.
Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining koʻpayishi va rivojlanish qonuniyatlarini alohida-alohida oʻrganadi, chunki har bir ijtimoiyiqtisodiy formatsiyaga xos aholi oʻsish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. 20-asrning 2-yarmiga qadar Oʻzbekistonda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi tufayli aholi oʻrtasida oʻlim yuqori boʻlgan. Garchi tugʻilish yuqori boʻlsa ham aholi juda sekin koʻpaygan. 20-asrning 2-yarmidan Oʻzbekistonda aholi oʻrtasida oʻlim bir oz kamayib, aholining oʻrtacha umr koʻrishi uzaydi. Natijada aholining miqdor va sifat oʻsishi roʻy berdi. Shu davrda Oʻzbekistonda Demografiyaning rivojlanishiga eʼtibor berildi. Demografik tadqiqotlar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Aholishunoslik ilmiy tadqiqot lab., demografiya, ijtimoiy geogr. va mintaqaviy iqtisod, sotsiologiya kafedralari, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi, Mehnat, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazani oʻrganish Respublika ilmiy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti, Oʻz-bekiston Respublikasi "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazida olib boriladi.
Oʻzbekistonning demografik taraqqiyoti, uning xususiyatlari, omillari va muammolari I. Mullajonov, R. Ubaydullayeva, M. Qoraxonov, E. Ahmedov, O. Otamirzayev, L. P. Maksakova, A. Soliyev, H. Salimov, A. Qayumov, M. Boʻriyeva, O. A. Ergashev, E. Safarov, O. Saidahmedov, G. Murtazina, Z. X. Rayimjonov, R.K. Ortiqboyev va b. olimlarning ilmiy tadqiqotlarida keng oʻrganilgan. 1993 yildan Oʻzbekistonda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) oʻz faoliyatini boshlagan. Uning faoliyati mintaqa davlatlarini, Qozogʻiston va Ozarbayjonni qamrab oladi. Jamgʻarma aholi salomatligi, ayniqsa, ayollar salomatligini yaxshilash borasida tadbirlarni amalga oshiradi, mamlakatda milliy tashkilotlar, tibbiyot muassasalariga sogʻlom oilani shakllantirish maqsadida keng qam-rovli sotsiologik-demografik tadqiqotlar oʻtkazadi.

7-mavzu
Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga demografik vaziyat bevosita ta’sir ko’rsatadi. Davlat ijtimoiy va iqtisodiy siyosati, islohotlar yo’nalishi belgilanishida demografik ko’rsatkichlar e’tiborga olinishi lozim. MDH mamlakatlari aholisini yillar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, ba’zilarida tez sur’atlarda o’sish, ba’zilarida esa qisqarishini ko’rish mumkin. Aholi sonini demografik prognozi- aholi harakati parametrlariga asoslangan holda aholining kelajakdagi holatini ilmiy asoslarini ishlab chiqish demakdir. MDH mamlakatlari aholi sonining demografik prognozi to’g’risida turlicha tahlillar mavjud bo’lib, haligacha MDH aholisi soni aniq qancha ekanligi rasmiy ravishda e’lon qilinmagan. Bunga sabab mintaqaning o’n bir davlatidan yettitasida aholi soni ro’yxatdan o’tkazilgan. Qolgan to’rttasi to’g’risida esa eski ma’lumotlar- ga murojaat qilish mumkin. MDH mamlakatlari aholi soni 2009 yilda MDH aholisi 280 mlnni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilga kelib, u 279 mlnni tashkil etishi prognoz qilingan edi. Ammo bu to’g’risida ma’lumotlar turlicha. XVF ma’lumotlariga ko’ra, 275,802 kishini tashkil etishi aytib o’tilgan. Aholini demografik prognozi shuning uchun uchun ham kerakki, kelajakda aholi sonining taxminiy darajasini aniqlash va shunga asoslangan holda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor vazifalarini belgilab olishdan iboratdir. MDH mamlakatlari umumiy aholi soni 2050 yilga kelib, 277 mlndan 257 mlnga pasayishi prognoz qilinmoqda. 2008-yilda aholi o’rtacha sonining o’sishi prognozini hisoblash qayta ko’rib chiqildi, MDH mamlakatlaridan 5 ta davlatda: Tojikistonda o’rtacha yillik 0,5%, Turkmaniston va O’zbekistonda 0,2%, Qozog’iston va Qirg’izistonda 0,1% o’sish saqlanib qolishiga qaramasdan, o’sish sur’atlarining pasayishi kuzatilmoqda. Boshqa mamlakatlarda aholi o’lim darajasi kutilmoqda, Belorussiyada yillik -0,9% ni tashkil etadi. Umumiy o’sish koeffitsientlarining o’zgarishi ko’rsatkichlari aholi migratsiyasi o’sishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Aholi prognozining tahlillariga ko’ra bu haqda uning o’sishi to’g’risida aytib o’tilgan edi, ammo migratsiya o’sishining pasayishi kuzatildi, MDH mamlakatlari aholisining o’sishi keng ko’lamdagi tabiiy ishlab chiqarish asosida belgilanadi. MDH mamlakatlarining demografik turdagi imkoniyatlaridan biridir. Bu esa mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro mehnat resurslari eksportini ishlab chiqarishning turli sohalaridagi aholi evaziga ta’minlashning qulay turlaridan biridir Prognoz hisob-kitoblari shuni ko’rsatmoqdaki, Rossiya aholisi 2050 yilga borib 116 mlngacha qisqarishi mumkin, bu esa MDH mamlakatlari umumiy aholisining 1990 yil 53% va 2010 yil 51% dan 45% gacha kamayishiga olib keladi.Ukraina aholisi son jihatdan MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o’rinda bo’lib, 35 mlnni tashkil etadi, ammo tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki u o’z o’rnini uchinchi o’ringa bo’shatib berishi t mumkin. 2050-yilga borib, 36,4 mln aholi sonining tez sur’atlarda o’sishi bilan O’zbekiston ikkinchi o’rinni egallashi mumkin.

8-mavzu
Download 30.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling