34-20tvm-rayimjonov-abdujalil pdf


Download 231.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi231.05 Kb.
#1057527
Bog'liq
34-20tvm-rayimjonov-abdujalil



Farg’ona Politexnika instituti 
34-20TVM guruh talabasi 
Rayimjonov Abdujalilning 
“Falsafa” fanidan taqdimoti


Mavzu:Dunyo xalqlari 
madaniyatidagi umumiylik va 
farqlar

Reja:

1. 1. Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari, 
ular o'rtasidagi umumiylikva farqlar. Antik 
madaniyat va qadimiy madaniyat, ular 
o'rtasidagi

farqlar. Arxaik davrdagi insonning fikrlash 
tarzi.

2. Dunyoqarash va tafakkurning 
shakllanishiga tabiatdagi hodisalar,

tabiiy o'zgarishlar ta'sir ko'rsatishi, 
dunyoqarash, tafakkur bilan tabiat

doimo bir - biriga ta'sir o'tkazib borishi. 



Madaniyat tasodifan paydo bo'lgan 
emas, balki u turli bilimlar majmuidan
ishonch-e'tiqodlardan, san'atning 
barcha ko'rinishlaridan, jamiyatdagi 
axloqiy tamoyillar, qonun - 
qoidalardan, urf - odatlardan tashkil 
topadi. Shuningdek, inson jamiyat 
a'zosi sifatida o'zlashtirib olgan adolat
burch, mas'uliyat, tenglik, ozodlik, 
Vatan tuyg'ulari ham madaniyatning 
paydo bo'lib shakllanishiga ta'sir 
qilgan. Bir so'z bilan aytganda, 
madaniyat - insoniyatning butun 
faoliyatidagi to'g'ri yo'l va natijadir.


Dunyo xalqlari



Madaniy turmush ancha ilg'or sharoitiga 
yetishgan bosqich ko'pincha “tsivilizatsiya“ 
degan nom bilan ham yuritiladi. Ammo 
madaniyat va sivilizatsiya aynan bir–biriga 
teng tushuncha emas. Madaniyat sinfiy 
jamiyatgacha bo'lgan davrda ham mavjud edi. 
Sivilizatsiya – insonlarning yovvoyi, ibtidoiy 
hayotdan qabila, millat, xalq bo'lib birlashuvi 
asosida yuzaga keldi. Keyinchalik har ikkalasi 
bir-birini to'ldirib bordi.Sivilizatsiya ko'proq 
moddiy madaniyatga, mehnat qurollari 
va ishlab chiqarish unumdorligi, jamiyat va 
davlatni boshqaruvchi qonunlar rivojiga 
nisbatan qo'llanadi: Yevropa sivilizatsiyasi, 
antik sivilizatsiya, xristian sivilizatsiyasi, 
musulmon sivilizatsiyasi, Sharq sivilizatsiyasi 
va h.



Madaniyat va sivilizatsiya - o'tmish mahsuli, ayni 
paytda kelajak uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun 
xizmat qiladi. Madaniyat insoniyatning moddiy, aqliy, 
siyosiy, badiiy faoliyati sifatida yuzaga keldi. Inson 
yovvoyi hayotdan sivilizatsiyalashgan hayotga 
o'tganda, madaniyat taraqqiy eta bordi. Ibtidoiy 
madaniyat davrini ba'zi olimlar jamiyat davri deb ham 
ataydilar.
 Insoniyat madaniyatni shakllantirib, rivojlantira borar 
ekan, yakka shaxsning va butun jamiyatning axloqiy 
tamoyillarini, baxt – saodatga erishish yo'l - yo'riqlarini topishga 
intiladi. Madaniyat turli mamlakatlarda turlicha shaklda namoyon 
o'ladi. Ammo qay shaklda bo'lmasin, inson sivilizatsiyani tadrijiy 
ravishda o'rganib, o'zlashtirib borishga moyildir. Masalan, 
qadimgi Misr, Xindiston, Eron, Yunoniston va Rimda sivilizatsiya 
ilk bor madaniyatning shakllanishiga va dunyo madaniyati 
rivojiga zamin bo'ldi



Nima uchun qadimiyroq Sharq 
mamlakatlari emas, aynan 
Yunoniston va Rim davlatlari 
madaniyat beshigi bo'ldi, aynan 
boshqa amlakatlarda emas?-
degan savol tug'iladi. Chunki aqliy 
va badiiy tafakkur ilk bor 
Yunoniston va Rimda 
shakllandi. Lekin Aflotun, Pifagor, 
Epikur, Eenon, Empedakl va 
boshqa yunon donishmandlari 
Misr va Hindistondagi ustozlardan 
ta'lim olganlar.


Dunyodagi dinlar



G'arb ulamolari fikricha, faqat Yunon va Rim 
madaniyati antik madaniyat deb yuritiladi. 
Antik madaniyat bilan qadimiy (arxaik) 
madaniyat aynan bir xil emas. Ular orasida 
ma'lum farqlar bor. Garchi Sharq madaniyati 
yunon – rim madaniyatidan qadimiy bo'lsa 
ham, yevropaliklar yunon - rim madaniyatini 
meros qilib oldilar va bu madaniyat Yevropa 
madaniyati izchilligini ta'minlagani, 
yevropaliklar uchun yunon - rim jamiyati 
yagona qadimiy jamiyat bo'lgani uchun “antik” 
terminini qo'llaganlar. Antik madaniyatning 
qadimiy madaniyatdan yana bir farqi-yangi 
madaniyatni, ya'ni Yevropa madaniyatini 
yuzaga keltirganidir.

Download 231.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling