1–mavzu: Raxbar va raxbarlik sifatlari. Liderlik va boshqaruv
Download 66.25 Kb.
|
1-курс рахбарлик бошкаруви
A.Maslou fikriga ko’ra inson tabiati ichki ehtiyojlarni uzluksiz qondirishdan iborat bo’lib, bu ehtiyojlar fiziologik ehtiyojlardan boshlanadi va ikkinchi, hattoki, uchinchi darajali ehtiyojlar bilan yakun topishi mumkin. O’zligini to’liq namoyon etishga harakat qilayotgan inson o’zining dastlabki ehtiyojlarini qondirib, yuqori darajadagi ehtiyojlar sari intiladi. A.Maslou xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish uchun ularning insoniy xususiyatlari va o’zliklarini to’laqonli namoyon etish imkoniyatlarini yuqori darajadagi ehtiyojlarning qondirilishini ta’minlashga yo’naltirish zarurligini ta’kidlaydi. O’zlikni namoyon etish – insonning o’z imkoniyatlarini, nimaga qodir ekanligini ko’rsata olish istagidir. Agar o’zligini namoyon etish ehtiyojini insonni harakatga undovchi sabab sifatida qaralsa, u holda mehnat qilishga intilish hissi yanada kuchayib boradi. Bu borada mazkur usulning ahamiyatli tomoni shundaki, harakatga undovchi turli ehtiyojlar qondirilgach, ular barham topsa, o’zlikni namoyon etish ehtiyoji insonni yangidan-yangi yutuqlar, yuqori mavqelar sari ilhomlantirib boradi. O’zligini to’liq namoyon etgan shaxslarning ko’plari taniqli inson sifatida tarixda iz qoldirganlar. Ulardan Albert Eynshteyn, Ruzvelt, Avraam Linkoln kabi qirqdan ziyod tarixiy shaxslarni A.Maslou o’z tadqiqotida o’zligini to’la namoyon qilgan inson sifatida nomlarini keltirib o’tgan. O’zligini to’liq namoyon etish orqali yuqori darajalarga erishgan insonlar quyidagi sifatlarga ega bo’lgani tadqiqotlarda aniqlangan: halollik; Download 66.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling