1."Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari
Bozor muvozanatining buzilish oqibatlari
Download 180.5 Kb.
|
iqtisod
34. Bozor muvozanatining buzilish oqibatlari. Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaming buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaming kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir.
Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini- o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi sh aklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda.O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida “ Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo`lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o`tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo`yicha qat’iy qadamlar qo`yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.Bu islohotlarning asosiy maqsadi- aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so`zsiz davom ettiriladi.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik xar bir rahbarni- bu Bosh vazir yoki uning o`rinbosarlari bo`ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar xokimi bo`ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo`lib qolishi kerak.Endi xar birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi- o`zimiz mas’ul bo`lgan soha va tarmoqda ishlarning aholining tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’sulyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. 35. 36. 1 Download 180.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling