Milliy universiteti


Download 126.83 Kb.
bet1/3
Sana26.05.2020
Hajmi126.83 Kb.
#110294
  1   2   3
Bog'liq
Mirzo ulug


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

MILLIY UNIVERSITETI

BIOLOGIYA FAKULTETI

SIRTQI BO’LIM EKOLOGIYA YO’NALISHI

EKOLOGIYA ASOSLARI fanidan

KURS ISHI

MAVZU: Xozirgi zamon ekologik muammolari.



Bajardi:_Xamrayev M

Toshkent - 2020

Kirish
I bob. Ekalogik muammolar haqida tushuncha

1.1 Ekalogik muammolar va ularning turlari


1.2 Global ekalogik muammolarni e’tirof etish

II bob. Global ekalogik muammolarning kelib chiqish sabablari

2.1 Tabiat va jamiyat munosabatlarining keskinlashuvi


2.2 Sanoat chirindilarining ko`payishi.

III. Global ekalogik muammolarni hal qilsih
3.1 Tabiatni muhofaza qilish
3.2 Ekalogik ta’lim-tarbiya

Xulosa


Kirish
Tabiat nima, u qachon va qanday vujudga kelgan, shuningdek, nеga xamma tirik va o’lik mavjudotlar ma'lum vaqt o’tgandan so’ng inqirozga yuz tutadi, degan masalalar qadim zamonlardan buyon odamzot diqqatini o’ziga jalb qilib kеladi. Bu savollarga javob bеrishiga qarab olimlarni bir nеcha guruxlarga bo’lish mumkin. Ammo ularning barchasi tabiatni muxofaza qilish xar bir insonning muqaddas burchi ekanligini, bu masalani xal etish bir oyda yoki bir yilda amalga oshiriladigan ish emasligini tan olishadi. Shuningdеk,ular har tomonlama еtuk, tabiatni e'zozlovchn, uzini tabiatning bir bulagi dеb xisoblovchi insonlarni tarbiyalash xam uzoq davom etadigan, murakkab, ko’p mеxnat. chidam talab qiladigan ishdir, dеgan tuxtamga kеlishgan. Jamiki tirik mavjudotlar qatori odamlar xayotini tabiatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bizni o’rab turgan jonli va jonsiz tabiat yashashimiz, ishlashimiz, kiyinishimiz, oziqlanishimiz uchun asosiy manba xisoblanadi. Ammo tabiatni muxofaza qilishdеk xayrli ishlarni amalga oshirish o’rniga tеvarak-atrofga salbiy ta'sir ko’rsatish moyilligi insoniyatda ustunlik qilib kеladi. Biz uzimizdagi mana shu xudbinlikka qarshi kurashmogimiz kеrak. Buning uchun xar birimiz tabiatni sеvishimiz, uni ardoqlashga o’rganishimiz, ongimizda barchamiz tabiatning bir bo’lagi ekanligi to’g’risidagi g’oyani singdirishimiz zarur, dеb xisoblaymiz.

Olimlarning izlanishlari shuni ko’rsatadiki, qadim zamonlarda yer yuzida shunday qulay sharoit mavjud bo’lganki, shu qulay sharoit anorganik


moddalardan organik moddalar, shu jumladan, okеan jismlar vujudga kеlgan,
xayot ana shu okеan jismlardan paydo bo’lgan. Okеrn jismlardan tashkil
topgan dastlabki tirik organizmlar million yillab rivojlanish natijasida
xujayraviy tuzilish dunyga kеlgan. Bir vaqtlar yеr yuzida tirik xususiyatga ega bo’lgan zaifgina oksilli durda paydo bo’lganida, uning yashashi minglab
tasodifiy xodisalarga bog’liq bo’lgan, uni xar bir arzimagan narsa xam yuk
kilib yuborishi mumkin edi. Boshqacha suz bilan aytganda, ana shu dastlabki
tirik okеil durda - sеznlmas zarracha bir nukta bo’lgan i еababln, ulik
(anargonik) dunyoning qudratli xodisalari ta'sirida xalok bo’lishi extimolga
juda yaqin edi. Ammo tirik (organik) dunyoning buyuk tarixi shuni
ko’rsatadiki ana shu zig’irdеk okеan parchasining rivojlanishi natijasida
borgan sari murakkab tuzilgan va yеr yuzida sodir buladigan turli xodisalar va xar xil uzgarishlarga chidash bеradigan tirik organizmlar paydo bo’lgan.

Ibob.Globalekalogik muammolar haqida tushuncha
1.1Global ekalogik muammolar va ularning turlari
Xar bir davlatning barkaror rivojlanishida ekologik xavfsizlik masalasi muxim axamiyat kasb etadi. Chunki bunday muammoni bartaraf etish millim
xavfsizlikni ta'minlovchi muxim omillardan biridir. Shuni xisobga olgan
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va xukumati tabiatni muxofaza qilish
xamda tabiiy rеsurslardan samarali foydalanish masalasini xuquqiy jixatdan
tartibga solishga xarakat q qilmoqda. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Yurtboshimiz I.A.Karimov ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish, bizdan kеlajak avlodga ozod va obod Vatan qoldirish goyasini ilgari surdi. 2010 yilda bo’lib o’tgan BMT sammita ming yillik rivojlanish maqsadlariga bagishlangan yalpi yigilishida ham Prеzidеntimiz ekologiya masalalariga aloxida e'tibor qaratib, atrof-muxitni asrab-avaylash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligiga alohida urg’u bеrdi.
Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, Orol muammosi nafakat bizning, balki
butun insoniyat muammosidir. Aynan shuning uchun xam yurtboshimiz uz
nutkida Orol dеngizining xajmi 13 baravarga, maydoni 7 baravarga
kiskarganligini, uning minеrallashuvi unlab baravar oshib, dеngiz tirik
mavjudot yashashi uchun yaroksiz xolga kеlib kolganligini, barcha xayvonot
va nabotot olami tanazzulga uchrab, kirilib kеtganligini va Orolni kutkarish
butun insoniyatning vazifasi ekanligini aloxida ta'kidlab utdi.

Cho’llashish muammosining O’zbekiston Respublikasi iqtisodi va siyosatiga ta’siri borasida xulosa qiladigan bo’lsak, albatta, bu o’rinda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning atrof-muhitga ta’sirining uzoq muddatga mo’ljallangan bashoratlari asosidagi yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosat yuritilishi talab etiladi.

Bizningcha, bu jarayonda, ekologik jihatlar hisobga olingan holda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zarur me’yoriy-huquqiy qonunchilik asoslari va mexanizmlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish kerak bo’ladi.



Bunda ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni xalqaro va mintaqalararo darajada hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Orol muammosi Davlatimiz rahbari  tashabbusi bilan 2008 yilning mart oyida Toshkentda «Orol muammosi: uning aholi, o’simlik va hayvonot olami genofondiga ta’siri, uning oqibatlarini yumshatish bo’yicha xalqaro hamkorlikdagi choralar» bo’yicha xalqaro konferenstiya o’tkazildi. Anjuman doirasida Deklarastiya qabul qilinib, xalqaro tashkilotlarga, moliya institutlariga, xorijiy va boshqa donor davlatlarga Orolbo’yidagi iqlim o’zgarishi bo’yicha yuzaga kelgan holatni yaxshilashga qaratilgan qator loyihalar taqdim etildi
Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qabul qilgan qarorlar ijrosini ta’minlash uchun Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasi Ijroiya qo’mitasining Nukus filiali tomonidan ham qator loyihalar ishlab chiqildi. Jumladan, 1997-2006 yillar davomida jami 13004,9 million so’mlik 22 ta loyiha tayyorlandi. Shu paytga qadar ularning 14 tasi to’lig’icha amalga oshirilib, 6 ta loyiha asosidagi ishlar davom ettirilmoqda. Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi hisoblangan Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni echishda O’zbekiston XEH masalalariga katta etibor bermoqda. Respublikada tabiatni muhofaza qilish ishlari boshqa davlatlar va Xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik qilish orqali amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko’plab Xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi.

O’zbekiston Respublikasi 1985 yilda bo’lib o’tgan ozon qatlamini ximoya qilish (Vena) Konvenstiyasi, 1987 yilgi ozon qatlamini emiruvchi birikmalar bo’yicha Proto­kol (Monreal), 1989 yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat qilish Konvenstiyasi, 1992 yilgi (Rio-de-Janeyro) biologik rang-baranglikni saqlash Konvenstiyasi, 1992 yilgi (Nyu-York) iqlim o’zgarishi tug’risidagi Konvenstiyalarga ko’shildi.

 Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi. Orol dengizi ilgari vaqtlarda dunyoda eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib undan ovchilik transport Amudaryo, Sirdaryo yer osti suvlari hamda atmosfera yog`inlari tushushi va yuzadan suvning bug`lanishini tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5-2 m o`zgarishi, tabiiy iqlimi xususiyatlari biloan bog`liq bo`lib, suvning hajmi 100-150 km3 suv sathi maydoni     4000 km2 ni tashkil etadi.

Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug`orishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg`oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning belgisiga quyidagilar suv miqdori kamaydi.

Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 marta pasaydi. Bunda dengizning hajmi 3 marta yuzasi esa 2 marta sho`rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37 g/l ga ortdi.

Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80-100 sm tashkil etmoqda. Qirg`oq chizig`i 60-80 km ga pasayib ochilib qolgan yerlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoldi. Ekologik tizimlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol janubiy oroldadir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy g`arbiy qizilqum Zaungauz qoraqumi janubiy ustyurt va Amudaryo deltasi kabi lanshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni 437 ming km2 bo`lsa uning janubiy qismi 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Qoraqalpog`iston hududi O`zbekistonning Xorazm viloyati Turkmanistonning Tashovuz viloyatlari kiradi.

Orol va Orol bo`yida sodir bo`layotgan jadal ravishdagi cho`llanish xodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham uni miqdor va sifat jixatidan baxolashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

Dengiz tubini ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 4mln gektar maydon yuzasi mayday tuz zarrachalari bilan qoplanib, yangi shakildahi qum qoplamlari hosil qiladi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududi qum tuz aerozollarini shamol yordamida ko`chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko`ra, yiliga atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang-to`zon ko`tarilishi mumkin.

Dengiz tubidan ko`tarilgan chang tuz to`zoni atmosferani ifloslanishini 5 foizdan ham orttirib bormoqda. Chang tuz to`zonlarini atmosferaga ko`tarilishini birinchi marta 1975 yili kosmosdan kuzatilgan. Bunday to`zonlar yilning uch oy davomida kuzatiladi. Chang-tuz to`zonlarining uzunligi 400 km eni esa 40 km bo`ladi, radiusi 300 km ni tashkil etadi.

Tuzlarning yer yuziga yog`ilishi paxtaning hosildorligi 5-15 foiz, sholining esa 3-6 foizga pasayib ketdi. Orol bo`yida yog`ilayotgan chang-tuz zarrachalarning umumiy miqdori o`rtacha 52 kg ni tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvini asosiy sababchialridan biri bo`lib qoldi. Qoraqalpog`iston respublikasining sug`oriladigan maydonlari chang-tuz fraksiyalari 250 kg dan, Chomboy tumanida 500 tonnagacha boradi. Sho`rlangan qum-to`zonlari yiliga Orol bo`yidagi 15 mingga yaqin yaylovlarni egallab bormoqda. G`o`za uchun ajratilgan maydonlar kasallik qo`zg`atuvchi zararkunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo`jalik mahsulotlarning hosili pasayib ketmoqda.

Amudaryoning yuqori oqimidagi hududlarida meliorativ holati yomonlashishi (Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyadagi yerlarning ko`payishiga olib kelmoqda. Amudaryoning o`rta oqimiga joylashgan Turkmanistonning suv xo`jalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ aholi bilan III va IV kategoriyaga mansub yerlar hisoblanadi. Sho`rlangan, kuchli sho`rlangan maydonlar 35-70 foizni tashkil etadi.

Tuproqlarning sho`rlanishi hisobiga qishloq xo`jalik mahsulotlari hosili O`zbekistonda 30 foiz, Turkmanistonda 40 foiz, Qozog`isotnda 30-33 foiz, Tojikistonda 19 foiz, Qirg`izistonda 20 foizga pasayib ketdi.

Markaziy Osiyoda keyingi yillarda yalpi paxta hosilining ko`payishi sezilmayapti. O`simliklar qatlamining o`zgarishi bilan umumiy yem-xashak zaxirasi 1200 dan 500000 tonnagacha kamaydi. Boshoqli har yil o`tloqzorlardan 3 marta qisqardi. Dorivor o`simliklar zaxirasi kamayib siyraklashib bormoqda. Yaylovlarning qisqarishi va hosildorlikning pasayishi chorva molla;riga o`z ta’sirini ko`rsatmoqda.

Sho`rlangan yerlar maydoni kundan-kunga ortib bormoqda. Qirg`oqchilik tufayli iqlimning keskin kontinentanligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o`rtasidagi haroratni o`zgarishi shamol tezligining ortishi suvning to`lqinlanish xodisasini kuchayishiga olib keldi. Avvali qumlar ortiqcha namlikni yutishi hisobiga, namlikni doimo ushlab turishiga cho`l o`simliklarning rivojlanishiga yordam berar edi. Kuchli sho`rlangan yer osti suvlarining yuza joylanishi, cho`llanish jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlarining pasayishi natijasida daryoning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yubordi. Bu o`z navbatida to`qay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga ilgari gumusga boy bo`lgan o`tloqlar o`tloq botqoqli tuproqlar unumsiz, o`tloq taqir, cho`l, qumli o`tloqlarga ayalanishiga olib keladi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to`lib bormoqda. Orol buyining epidemiologik ahvoli nihoyatda og`ir. Aholining markazlashgan suv bilan ta’minlash 29067 foizni tashkil etadi. Aholining yarmi ifloslangan ochiq suv xafzalaridan foydalanadi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosining asosini uning kdengiz sifatida saqlab qolishni  tashkil etadi. Shuni ta’kidlash lozimki Orol o`z tarixi davomida ilmiy ma’lumotlarga qaraganda ko`p marta o`z shaklini o`zgartirgani va qurib qolgani ma’lum.

Orol dengizi dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun 100 m3km dan ortiq suv kerak bo`ladi. Orolni saqlab qolish haqida hozirgi vaqtda bir necha fikrlar mavjud.



  1. Orolni qanday bo`lmasin qutqarish va avvalgi holatiga qaytarish zarur.

  2. Orol dengiziga sathni barqaror bir sathga saqlab bo`lmaydi, shuning uchun uni to`liq qurishi muqarrar.

  3. Orol sathini ma’lum bir sathda saqlab qolish mumkin va uni amalgam oshirish zarur.

Birinchi fikr 1985 – 1987 yillarda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari tomonidan va boshqa qardosh respublika yozuvchilari tomonidan ko`plab quvvatlangan.

Ikkinchi fikrni ba’zi meliorativ va elegatorlar ko`plab quvvatlamoqdalar. Ular barcha suvni yangi yerlarni o`zlashtirish va sug`orishga sarflash kerak. Dengizni qutqarib bo`lmaydi, uning qurishi muqarrar demoqda. Uchinchi fikr Orol muammosi bilan maxsus shug`ullangan olimlar va mutaxassislar tomonidanm ko`tarilgan. Ular o`z fikrlarini ushbu muammo uslubida olib brogan ko`p yillik ilmiy izlanishlari asosida tushuntirib dengizning barcha ekologik va ijtimiy-iqtisodiy ahamiyati to`g`ri tahlil qilingan holda, uning sathini ma’lum mutloq balandlikda saqlab qolish mumkinligini isbotlab berdilar.

Orol dengizi dastlabki mutloq balandlikka (53 m) ko`tarishni iloji yo`q. Orol sathini ma’lum  bir balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi kunda bir qancha fikrlar o`rtaga tashlanmoqda. Ba’zolar Kaspiy orolining suvlarini Orolga quyish masalasini ko`rmoqdalar. Ekologik ta’lim va tarbiya to`g`risidagi dastlabki oddiy tushunchalar, o`rta maktabda boshlanadi. Maktabda o`tiladigan nazariy ekologiya, biologiya fanlari o`qitilib, o`quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, tashqi muhitni ehtiyotkorlik bilan muxofaza qiluvchilar etib tarbiyalash ishiga yordam berish kerak

Tabiatda shamol va suv ta`sirida tuproqning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Lekin bugungi kunda kishilarning tuproqqa noto`ri munosabatda bo`lishi tufayli, ya`ni tik erlarni noto`ri haydash, bostirib suorish, o`simliklarga noto`ri munosabatda bo`lishi, qayta sho`rlanish, zaxarli kimyoviy moddalar solish va boshqalar tuproq eroziyasini vujudga keltirib chiqaradi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto`ri foydalanishining oqibati bo`lib, uning asosiy sabablari o`rmon va to`qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto`ri usullaridan foydalanish va boshqalardir. Ma`lumotlarga ko`ra, har kuni YEr yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli erlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko`proq to oldi va toli rayonlarda, shamol eroziyasi kuzatiladi.

Eroziya jarayonlarining oldini olish uchun o`simlik qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to`ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o`tkazish va boshqalar kiradi.

Oltmishinchi yillarda almashlab ekish usuli tanqid qilinib, ancha yillar davomida ta`qiqlab qo`yildi. Keyinchalik ko`p mintaqalarda monokultura tufayli almashlab ekishni keng joriy etish imkoni bo`lmay qoldi. Natijada erning unumdorligi borgan sari kamaya bordi.

Respublikamizda qishloq xo`jaligida foydalaniladigan erlarning umumiy maydoni 28 mln ga erlarni tashkil etsa, undan: 23 mln ga yaylovlar, 0,7 mln ga er lalmikor va 4,2 mln ga suoriladigan erlardan iborat. Suoriladigan erlarning 42% ga paxta ekiladi, 12% ga alla ekiladi.

Ilgarilari ekin maydorlari ancha kichik bo`lib, uning atrofi qalin mevali daraxtlar bilan o`ralgan. Bu daraxtlar tuproqni kuchli esgan shamollardan asragan. Daraxtlar biologik drenaj vazifasini ham bajargan, ya`ni er osti suvini ildizi orqali surib, uni tuproqning yuqori qismiga ko`tarilgani qo`ymagan, erni zaxlanishi va sho`rlanishini oldini olishga yordam bergan. Turunlik yillarida xo`jaliklarning erlari atrofidagi mevali daraxtlar qo`porib tashlanib ekinzorlar kengaytirildi.buning oqibatida atrofi ochiq (yalang) qolgan dalalarga kuchli esgan shamol tuproqning unumdor qismini o`chirib, eroziyaga uchrashini kuchaytirdi. Bunday hol Qashqadaryo viloyatining Nishon, Chiroqchi, Qamashi, Muborak, Mirishkor kabi rayonlarda ko`plab sodir etildi.

Keyingi yillarda kimyoviy preparatlarni dehqonchilikka qo`llash ancha tartibda olingan bo`lsa ham, 1993 yilda viloyatimizning Nishon, Dehqonobod, Qamashi, Koson rayonlarida makrokko chigirtkasiga qarshi 12 t geksoxloran, 1,5 t xlorofos, 2t BI-58 kabi juda zaxarli moddalar qo`llanildi. YErda yiilib qolgan bu zaxarli moddalar o`simlik ildizi orqali surilib, uning mevalariga yiildi, xashaklar orqali hayvonlar organizmiga o`tib, uni zaxarlaydi. Kishilar tarkibida me`yoridan bir necha marta ko`p zaharli kimyoviy moddalar bo`lgan suv, oziq-ovaqatli moddalarni iste`mol qilganlari uchun oshqozon-ichak, jigar, nafas olish organlari, nerv sistemasi kasalliklari, shamollash, allergiya, ankologik kabi kasalliklarga ko`p duchor bo`lishdi. Ovqat orqali tushgan kimyoviy zaharli moddalar organizmni, immunitet hosil qilish sistemasini buzadi.

Maqsadimiz halqimizning jismoniy va aqliy jihatdan solom bo`lishga erishishdir. Buning uchun avvalo erimizning xilma-xil zaharli kimyoviy moddalardan soqit qilib, uni solom qilishimiz kerak. Shundagina kishilarni sifatli, to`yimli oziq-ovqat bilan ta`minlay olamiz. Mutaxassislarning fikricha, erni yiilib qolgan zaharli chiqindilardan soqit qilishga 8-10 yil davomida hech qanday preparat qo`llamasdan almashlab ekish va boshqa biologik usullarni keng qo`llash orqali erishish lozim.

Prezidentimiz I.A.Karimovning “O`zbekiston XX1 asr bo`saasida” nomli asarida er haqida quyidagicha ma`lumot berilgan. Ayni vaqtda er ulkan boylik bo`libgina qolmay, mamlakatimizning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir. Bu hol O`zbekistonda ayniqsa yaqqol namoyon bo`lmoqda. Chunki erning iqtisodiy va demografik vazifasi yildan yilga kuchayib bormoqda. Respublikaning 447,4 ming kv.km dan ortiq bo`lgan umumiy er maydonining atigi 10% inigiga ekin maydonlari tashkil etadi. Ekin maydonlari tarkibida so`nggi vaqtlarga (1990 yilga) qadar paxta deyarli 75% maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta ham mamlakatida paxta monopoliyasi bu qadar yuqori darajaga ko`tarilmagandi. Bu hol erning kuchsizlanishiga tuproq unumdorligini, uning suv-fizikaviy xossalari yomonlashuviga tuproqning bo`ilishiga va nurashi jarayonlari ortishiga olib keldi.

Shu sababli O`zbekistonda tabiatni muhovaza qilishdagi oyat muhim vazifa erning holatini yaxshilashdan, tuproqning ifloslanishini kamaytirish bo`yicha chora tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 55-moddasida “YEr, jumladan tuproq, boshqa tabiiy boyliklar singari umummilliy boylik hisoblanadi, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasida turadi” deb qayd etilgan. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi YEr kodeksining 16-moddasiga muvofiq u davlat mulkidir.         Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o`itlarni ishlatishning me`yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.

Har bir o`zini hurmat qiladigan yurt, mustaqil va suveren davlat har qanday ijtimoiy munosabatlarni qonun orqali tartibga solishga harakat qiladi. Tuproq ham bundan istisno emas. Chunki tuproq inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etar ekan, u doimo ijtimoiy munosabat, ya`ni mulkiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`rifiy-madaniy, ekologik-sosiologik xarakterdagi kishilar o`rtasida yuzaga keladigan murosa ob`ekti bo`lib qoladi.



Download 126.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling