1."Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari
Iste’molchi tanlovi va Naflilik konsepsiyasi
Download 180.5 Kb.
|
iqtisod
7. Iste’molchi tanlovi va Naflilik konsepsiyasi.
8. Individual va bozor talabi. Individual (yakka) talab chizig‘i. “Narx-iste`mol” chizig‘i cheklangan byudjet sharoitida iste`molchi uchun eng yuqori naflilikni ta`minlovchi tovarlar majmuasining barcha mumkin bo‘lgan eng yaxshi kombinatsiyalarini ifodalaydi. narx pasayishiga javoban talab va iste`mol hajmini oshishi deyarli har doim kuzatiladigan holat hisoblanadi.individual (yakka) talab chizig‘i alohida bir iste`molchining xarid qilishi mumkin bo‘lgan tovar miqdori bilan shu tovar narxi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. uning ikkita xususiyati mavjud: 1. Iste`mol jaraёnida erishish mumkin bo‘lgan naflilik darajasi chiziq bo‘ylab o‘zgarib boradi. tovarning narxi qancha past bo‘lsa, olinadigan naflilik shuncha ortib boradi. buni tovar narxi pasayganda iste`molchining xarid qobiliyati oshishi bilan izohlash mumkin. 2. Individual (yakka) talab chizig‘i ustidagi bir ne`matni ikkinchi ne`mat bilan chekli almashtirish normasi shu ne`matlarning narxlari nisbatiga teng bo‘lish (MRSX,Y = PX/PY) sharti bajariladigan xar kanday nuktada iste`molchi naflilikni maksimallashtiradi. “Narx-iste`mol” chizig‘i..“Narx-iste`mol” chizig‘i cheklangan byudjet sharoitida iste`molchi uchun eng yuqori naflilikni ta`minlovchi tovarlar majmuasining barcha mumkin bo‘lgan eng yaxshi kombinatsiyalarini ifodalaydi. narx pasayishiga javoban talab va iste`mol hajmini oshishi deyarli har doim kuzatiladigan holat hisoblanadi. dastlab alohida iste`molchi uchun talab chizig‘ini shakllantirish orkali narx va daromaddagi o‘zgarishlarning byudjet chizig‘i va iste`molchi tanloviga ta`sirini qaraymiz. bu talab chizig‘iga tayangan holda tovarlar narxidagi o‘zgarishlarning individual (yakka) iste`molchi talabiga qanday ta`sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqaylik. agar tovarning narxi oshsa u iste`molchi talabiga ikki xil ta`sir ko‘rsatishi mumkin birinchidan, bu tovar narxi qimmatlashgani tufayli iste`molchi uni kamrok miqdorda xarid qilib, narxi oshmagan boshqa tovarlarga talabini oshirishi mumkin. ikkinchidan, qimmat narx iste`molchining xarid qobiliyatini pasaytirib, real daromadining qisqarishiga va oqibatda talabning qisqarishiga ham olib kelishi mumkin. bu kontseptsiyani grafik orqali ifodalash uchun kiyim-kechak narxidagi o‘zgarishning oziq-ovqat iste`moliga ta`sirini ko‘rib chiqamiz. faraz qilaylik, bir kg parranda go‘shti narxi 20 ming so‘m, bir kg mol go‘shti narxi 50 ming so‘m va iste`molchining byudjeti 400 ming so‘m. iste`molchi uchun naflilikni maksimallashtiruvchi tanlov quyidagi slaydda keltirilgan rasmdagi B nuqtada joylashgan va bu holatda u 4 kg mol go‘shti (50 000 x 4 = 200 ming so‘m) va 10 kg parranda go‘shti (20 000 x 10 =200 ming so‘m) xarid kilishi mumkin. endi parranda go‘shti narxi va iste`moli o‘rtasidagi nisbatni karaymiz. gorizontal o‘q bo‘yicha iste`mol kilinadigan parranda go‘shti mikdori, vertikal o‘q bo‘yicha esa parranda go‘shtining narxi joylashgan. quyidagi slaydda keltirilgan rasmdagi B nuktaga uning quyi qismida joylashgan rasmdagi G nukta mos keladi.mol go‘shti narxi o‘zgarmasdan parranda go‘shti narxi ikki baravarga oshib, bir kg.ning narxi 40 ming so‘mga chiqsa nima bo‘ladi? bu holatda iste`molchi uchun parranda go‘shti mol go‘shtiga nisbatan ancha qimmat tuyuladi va u mol go‘shti iste`molini 4 kg.dan 6 kg.ga oshirib, daromad o‘zgarmagan sharoitda parranda go‘shti iste`molini 2,5 kg.gacha qisqartishi mumkin.endi bunga teskari holat, ya`ni mol go‘shti narxi o‘zgarmasdan parranda go‘shti narxi ikki barobarga arzonlashgan (20 mingdan 10 ming so‘mga tushgan) holatni ko‘rib chiqamiz. bu holatda iste`molchi parranda go‘shti xaridini ikki barobarga oshirishi gumon. buning o‘rniga u mol go‘shti iste`molini 5 kg.ga etkazib, parranda go‘shtini esa 15 kg hajmda xarid qilsa naflilikni oshirgan bo‘ladi. bozor talabi alohida bozordagi iste`molchilarning individual talablari yig‘indisi, bozor talabi chizig‘i bozordagi iste`molchilarning individual talablari chiziklarini qo‘shish orkali olinish mumkin. faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida (masalani soddalashtirish uchun) uchta a, b va v iste`molchilar harakat qiladi deylik. quyidagi jadvalda har bir iste`molchining berilgan narxlarda oziq-ovqatga bo‘lgan talabi keltirilgan. oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirilgan va ular iste`molchilarning individual talablarini qo‘shish orqali aniqlangan. masalan, oziq-ovkat narxi 1000 so‘m bo‘lganda, umumiy bozor talabi quyidagicha hisoblanadi:
Download 180.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling